TUSH KO’RISH
Uyquda ma’lum taassurot va obrazlarni idrok etish xolati ko’p uchrab turadi. Ongning o’ziga xos bu xolati tush ko’rish deyiladi. Tush ko’rish uyquning tez davrida sodir bo’lishi uning po’stloq hujayralari faolligi natijasi ekanini ko’rsatadi. Bu faollikni doimo mavjud bo’lgan kuchsiz tasirotlar (xonaning isib yoki ivib ketishi, to’shak ostidagi narsaning botishi , tovushlar, chankash va boshqalar) kuchaytiradi. Ular turli tuyg’ularni yuzaga chiqaradi, bu tuyg’ular qurilayotgan tushga aralashib ketadi.
Tushningng mavzusi ongda birin-ketin namoyon bo’ladigan ko’ruv va eshituv obrazlaridan iborat. I. P. Pavlovning fikricha, tush ko’rishning asosi avval kechirgan ko’zg’alishlarning uyku vaqtida o’ziga xos faollikda bo’lgan po’stloq hujayralarida qayta tiklanishidir. Ma’lumki, ko’rgan eshitganimiz po’stloq hujayralarida qayd qilinadi, izsiz yuqolib ketmaydi, nerv tizimida iz qoldiradi. Bedorlik xolatida bu izlar paydo qiladigan qo’zg’alishlar ko’pincha tormozlangan bo’lib, faqat eslaganda tormozlanishdan chiqishi mumkin. Uyqu vaqtida bu iz qo’zg’alishlarning tormozlanishdan chiqishi osonlashadi, ularning kuchi shunchalik ortadiki, tushimizda bo’lib o’tgan voqealarni bevosita ko’rayotgandek bo’lamiz.Tush ko’rishga boshdan kechirilgan voqealar izlarining miyada qayta tiklanishi asos bo’lishini bazi halillar isbotlaydi. Masalan, ko’r bo’lib tug’ilgan bola tushida xech qachon ko’ruv obrazlarni ko’rmaydi. Es-xushini tanib olgandan keyin kor bo’lgan odamning tushida ko’ruv obrazlar namoyon bo’ladi. Tushda avval boshdan kechirilmagan, ko’rilmagan, eshitilmagan hodisalar uchramaydi.Bo’lib o’tgan hodisalar izining markaziy nerv tizimida tiklanishi turli xarakterga ega bo’lishi mumkin. Ba’zan tushda o’tgan hodisalarning vaqtdagi va fa’zodagi tartibi saqlanib qoladi. Ko’pincha tushda ancha ilgari sodir bo’lgan hodisalar kechagi bugungi hodisalarga aralash-quralash bo’lib ketadi. Masalan, tushda ko’p yillar oldin olib ketgan odamni yaqinda tug’ilgan bola bilan ko’rish mumkin.Tushda umuman ko’rilmagan odam yoki tabiatda uchramaydigan xayvon qiyofasini, boshdan o’tmagan hodisalarni ham qo’rish mumkin, degan fikr bor. Ammo, bu fikr xaqiqatdan uzoq. Sinchiklab tekshirilgan tushda qo’rilgan notanish odam yoki antika xayvon haqida qaerdadir o’qilgani, kim bilandir gaplashilgani, bo’lmagan hodisani odam xayolidan o’tkazgani ma’lum bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |