Uyqu, tush ko’rish


It ikki-uch xafta uyqudan maxrum qilinsa olib, qoladi



Yüklə 21,94 Kb.
səhifə3/6
tarix02.01.2022
ölçüsü21,94 Kb.
#43978
1   2   3   4   5   6
UYQU, TUSH KO’RISH, GIPNOZ

It ikki-uch xafta uyqudan maxrum qilinsa olib, qoladi.

Uyquning asosiy ahamiyati miyani ximoya qilishdan iborat, degan olimlar keltirilgan halillarni o’z fikrlarining isboti deydilar. Bu fiqoning isboti sifatida yana bir halilni keltiraylik. Organizm qancha yosh bo’lsa , miyaning ish qobiliyati shuncha kam, uyquning davomiyligi esa shuncha uzoq bo’ladi. Juda tez charchoq miyaga ega bo’lgan chaqaloq kuniga 16—17 soat (bazi ma’lum otlarga ko’ra bun­dan ham ko’p uxlaydi. 4 yoshli bola kechasi 12 soat, kunduzi 1,5—2 soat, jami 14 soatga yaqin uxlaydi. 10 yoshga yetganiqa uyquning davomiyligi 10 soatgacha kamayadi. 15 yoshda bola 9,5 soat chamasi uxlashi kerak. 17—19 yoshdagi yigit-qizlar, katta yoshdagi odamlardek, bir kunda 7—8 soat uxlashi zarur.

So’nggi yillarda uyqu ximoya ahamiyatiga ega tormozlanish jarayonidir, degan fikr anchagina olimlarni shubxaga soldi. Bu­ning sababi shundaki, uyqu vaqtida miya po’stlog’i neyronlarining ko’p qismi o’z faolligini saqlab qoladi. Bu olimlarning fikricha, miya kun bo’yi shunchalik ko’p axborot yig’adiki, kechga borib yangi ma’lumotlarni qayta ishlash qobiliyati yo’qoladi. Shu vaqtda neyronlar faolligining maxsus shakli sifatida uyqu rivojlanadi. Odam uxlaganda neyronlar fao­liyati Tashqi muxit signallarining miyaga o’tishini to’xtatib, kuni bilan qabul qilingan axborotlarni saralaydi. Bu axborotlarning bir qismi davomli xotiraga otkaziladi va kelajakda bajariladigan ishlarning dasturi sifatida saqlanadi. Axborotlarni saqlash va xotiraga o’tkazish asosan uyquning tez davrida sodir bo’ladi. Kun davomida olingan axborotlar avval xotirada yig’ilgan ma’lum ot va taassurotlar bilan taqqoslanadi va organizmning atrofdagi muxit to’g’risidagi mavjud bo’lgan tasavvurlari o’rtasida o’z o’rnini topadi. Yangi axborotlar ipga munchoq tergandek, passiv, yig’ilmaydi, balki idrok etilib, mav­jud tasavvurlarni tug’diradi, bazan ularni tubdan qayta ko’rib chiqilishini talab qiladi. Buning uchun miya zur berib ijodiy faoliyat ko’rsatishi kerak.


Yüklə 21,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin