MEHRI DАRYO
Mehri daryosan-ku, mening suluvim,
Nurga tashna bo‘ldim bamisli giyoh.
Sahroda quduqdek quridi suvim,
Hajringda maysadek kuyib ketdim, oh!
Mehri daryosan-ku, axir, sevgilim,
O‘zing kelib, mening ahvolimni ko‘r.
Qizg‘aldoq misoli so‘lmoqda gulim,
Peshonam sahroning tuprog‘idek sho‘r.
Mehri daryosan-ku, jonim, jonginam,
Senga teng na ko‘z yosh, na yomg‘ir, na sel.
Daryodek bo‘lolmas qor ham, yomg‘ir ham,
O‘zing quchog‘imga daryo bo‘lib kel.
Mehri daryosan-ku, farishtaginam,
Jayxundek, Sayhundek ikki quloching.
Qumlarga o‘tirib qoldi ishq kemam,
Tortib olsin yo‘g‘on o‘rilgan soching.
Mehri daryosan-ku, mening go‘zalim,
Sarg‘aygan yuzlarim barxandek so‘lg‘in.
Ko‘z yosh to‘kdim ikki ko‘zimdan lim-lim,
Oh-zorimdan undi yantog‘-u yulg‘in.
Mehri daryosan-ku, chiroyli ohum,
Yuragimda turdi quyun, garmsel.
Аxir, ko‘zlarimga to‘lib qoldi qum,
Аxir, tuz sochdi-ku ko‘zlarimga yel.
www.ziyouz.com kutubxonasi
BOZBАRАK
99
YOLG‘IZ KULBА
Bugun seni kutdim kun bo‘yi,
Ikki ko‘zim eshikdek ochiq.
Huvilladi vujudim uyi,
Yurak – o‘choq, tutadi achchiq.
Kutdim, yog‘di pag‘a-pag‘a qor,
Ikki eshik yopilgani yo‘q.
Izg‘irinda kutdim intizor,
Kirib ketdi uyimga sovuq.
Yurak – o‘choq, yondi umidvor,
Lovulladi kun bo‘yi olov.
Gupillatib yog‘averdi qor,
Isinmadi o‘choqda birov.
Sen kelmading, omad kulmadi,
Umidlarim go‘yo ho‘l o‘tin.
Olisdagi yolg‘iz kulbaning
Mo‘risidan o‘rladi tutun.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Rustаm MUSURMON
100
ILTIJO
Balki telba bo‘ldim, balki devona,
Xayolimda seni o‘ylayveraman.
Аqlimdan, hushimdan bo‘ldim begona,
Ishqimni tinimsiz so‘ylayveraman.
Barcha oh-u zorim bekor, behuda,
Havoga uchadi bamisli shamol.
Kunim yo‘q, tunim yo‘q sokin, osuda,
Qalbimni tig‘laydi intizor xayol.
Nimalardir yozsam, qog‘oz qoralab,
Faqat sen haqingda so‘zlaydi qalam.
Qaygadir yo‘l olsam hayot oralab,
Yurak sen tomonga tashlaydi qadam.
“O‘ylamayman!” deyman,
Deyman: "Bo‘ldi, bas!"
Bilaman, sen bilan yashay olmayman.
Biroq yasholmayman sensiz bir nafas,
Go‘zal sevgilimdan voz kecholmayman.
Xohla, qatl aylagin,
Xohla, shafqat qil.
Xohlasang, qul kabi ezib, xor ayla.
Xohla, qahr aylagin,
Xohla, himmat qil,
Ne qilsang ham, menga eʼtibor ayla.
www.ziyouz.com kutubxonasi
BOZBАRАK
101
CHIROQ
Xonamda yongan chiroq
O‘chmadi otguncha tong.
Nur taratdi yaltiroq,
Qo‘ng‘iroqdek urdi bong.
Yonimdagi o‘rning bo‘sh,
Uxlolmadim to‘lg‘onib.
Visoling bamisli tush
Xayolimda uyg‘onib.
Yonimda yo‘qsan, jonon,
Yuragimda joying bor.
Qo‘shganman qoningga qon,
Zuvalamda loying bor.
Nozikkina qaddingni
Qovurg‘amdan yaratdim.
Cheklamadim haddingni,
Bor mehrimni qaratdim.
Yonimga kel, yolg‘izim,
Quchsam, bag‘rim to‘ladi.
Sensiz qolsam bir o‘zim,
Menga qiyin bo‘ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Rustаm MUSURMON
102
АRАZ
Kechir, dilbar, intilaverib,
Bezor qilib yubordim seni.
O‘z holingga qo‘yaman, jonim,
Hech bezovta qilmayman endi.
Qo‘lim yetmas ko‘kdagi oyga,
Shashtim sindi, umidim so‘ndi.
Yig‘layverib bekor, behuda,
Sen kelmading, ko‘z yoshim tindi.
Yonib bitdim sog‘inib juda,
O‘zim yig‘lab, o‘zim ovundim.
Tushlarimda ko‘rib gohida,
Murodimga yetdim, sevindim.
Yonginangdan shovullab oqdim,
Daryo kabi, qolmadi qadrim.
Mehring tilab intizor boqdim,
To‘lib-toshib to‘kildi sabrim.
Or qilarsan balki sevgimdan,
Odamlardan uyalib, jonim,
Balki sening tenging emasman,
Men tuproqman, sensan osmonim.
Yerga uraverdim qadrimni,
Oyog‘ingga sajdalar qildim.
Tushunmading mening dardimni,
Senga loyiq emasman, bildim.
www.ziyouz.com kutubxonasi
BOZBАRАK
103
BАHORIM
Seni ko‘rsam, erir tog‘larning qori,
Seni ko‘rsam, ketar ko‘ngil g‘ubori,
Seni ko‘rsam, yangrar yurakning tori,
Seni ko‘rsam, qonar ko‘zim xumori,
Bahorim, bahorim, go‘zal bahorim!
Qoshlariga o‘sma qo‘ygan bahorim,
Ko‘zlariga surma surgan bahorim,
Sochlariga guldan popuklar boylab,
Xushbo‘y atir sochib turgan bahorim,
Bahorim, bahorim, go‘zal bahorim!
Dostları ilə paylaş: |