Rustаm MUSURMON
88
SEVGI SАYQАLI
Tog‘lar cho‘qqisini o‘tkirlar shamol,
Tebratib daraxtni chayir qilar yel.
Tog‘dek
yuragimni charxlar oyjamol,
Daraxtdek qaddimni egar xipchabel.
Oftob olmalarga rang berar qirmiz,
Mevani pishirar otash bilan nur.
Qalbimni olmadek qizartirar qiz,
Yurakni pishirar sohibjamol hur.
Gulning shirasidan yig‘ilar asal,
Rangdor naqshlar bilan serjilo bino.
Muhabbat
ruhimga bermoqda sayqal,
Sevging yuragimga bermoqda jilo.
Qumlarning ichida saqlanar yombi,
Teran dengizlarning tubida olmos.
Sahrodek qalbimda o‘t koni yondi,
Dengizdek keng ko‘nglim chiroyingga mos.
www.ziyouz.com kutubxonasi
BOZBАRАK
89
FEMIDА
Sen
menga shokolad berding, azizam,
Аtirgul qog‘ozli, Femida nomli.
Shirinlikni ko‘rding men bilan baham
Muhabbat mazali, muhabbat taʼmli.
Femida. Yodimga tushdi maʼbuda.
Femida. Balki bu irim, ishorat.
Jonginam,
men seni sevaman juda,
Femida nimani qilur bashorat?
Botir Prometeyni tuqqan Femida
Maʼbudlar taqdirin bashorat qilgan.
Kelajakni ravshan uqqan Femida,
Hatto Zevsning ham sirini bilgan.
Farzandi
Prometey himmati bilan
Olimpdan olovni keltirgan ayol.
Xudoning ilohiy neʼmati bilan
Odamzod baxtini kuldirgan ayol.
Sen mening taqdirim, mening baxtimsan,
Femida bashorat qilib turibdi.
O‘lsam
ham qaytmayman aslo ahdimdan,
Femida sirimni bilib turibdi.
Sen menga shokolad berding, azizam,
Аtirgul qog‘ozli, Femida nomli.
www.ziyouz.com kutubxonasi