SIFATIDA TASHKIL TOPISHI.
Turkiy tillar lahjalarini o’rganishga bo’lgan qiziqish eng qadimgi davrdan boshlangan. Hali u vaqtlarda turkiy xalqlar vakillari urug’-urug’ va qabila- qabila bo’lib yashab kelar edilar. Ulardan qabilalar ittifoqlari va xalqlar shakllanadi.Shuning uchun ham O’rxun-Enasoy daryolari yoqasidan topilgan yozma yodgorliklar boshqa turkiy xalqlar bilan birgalikda o’zbeklarning ham eng qadimgi yozma manbalaridan deb qaraladi. Bu yozma yodgorliklar o’zbek shevashunosligi tarixini o’rganish uchun ham muhim bo’lgan boy materiallar beradi.
Ularni o’rganishda « Qadimgi turkiy yozma yodgorliklari» (1951), « Qadimgi turkiy til» (1982) kabi asarlarning ahamiyati kattadir. Ular ilmiy tadqiqotlarni bajarish uchun ham oliy o’quv yurtlarida talabalarni o’qitish uchun ham birday qimmatlidir. Chunki bu yozma manbalar barcha turkiy xalqlarning, jumladan o’zbek tilining ham qadimgi zamonlarda boy adabiy til an`analariga ega bo’lganligini va O’rxun-Enasoy yozuvi hozirgi o’zbek tilining ham qadimgi yozma yodgorliklardan biri ekanligini ko’rsatadi.
Ma`lumki, A. Navoiy asarlarining tili qarluq-chigil- uyg’ur guruhiga kiruvchi shevalar tiliga, ayniqsa Andijon shevasiga, yaqin keladi. Hatto shoir asarlaridan bir necha asr oldin yuzaga kelgan asarlar ham ana shu guruhga mansub qabila tillarida yozilgan. Masalan, Yusuf Xos Xojibning « Qutadg’u bilig» nomli yirik asari chigil qabilasi tilida yozilgan. Bu esa chigil qabilasi tiliga asos bo’ladi. O’zbek xalq shevalarini o’rganish natijasida adabiyot tarixi va xalq og’zaki ijodiyotiga taalluqli ko’pgina qimmatli materiallarga ega bo’lish mumkin. Chunonchi, bundan qariyb o’n asr ilgari maydonga kelgan M. Qoshg’ariyning «Devoni lug’otit turk», Y. X. Hojibning « Qutadg’u bilig» asarlari o’zbek adabiyoti tarixi, o’zbek shevashunosligi va til tarixi uchun ham zarur manba bo’lib xizmat qiladi. Shevashunoslik fani sohasida yetarli ma`lumotga ega bo’lish har bir yozuvchi, shoir hamda dramaturg uchun suv va havo singari zarurdir.
Mahalliy lahja va shevalar xususiyatlarini yaxshi bilgan shoir, dramaturg va yozuvchilar asar qaxramonining bilim saviyasi, madaniyat darajasi, uning adabiy tilda yaxshi gaplasha bilishi yoki uni yetarli bilmasligi, qaysi shevada gapirishi, mashg’uloti kabilar to’g’risida uzundan- uzoq tushuntirishlar va izohlar berish yo’li bilan tasvirlab o’tmasdan, shu umumiy xususiyatlarning hammasini bir xususiyat orqali, ya`ni personaj tilida qo’llaniladigan sheva orqali ochib berish mumkin.
Muqimiy, Furqat, A. Qodiriy, H. H. Niyoziy, H. Olimjon,G’. G’ulom, Oybek, A.Qahhor, M. Ismoiliy, K. Yashin kabi san`atkorlar o’z asarlarida o’zbek tili boyliklaridan yaxshi foydalanganliklari o’quvchilarning diqqatini o’ziga jalb etadi.Shuning uchun ham bu asarlar kitobxonning qo’lidan tushmaydigan sevimli asarlariga aylanib qolgan.
O’zbek shoir-yozuvchilari asarlaridan ba`zilarini qayd etish o’rinlidir. Masalan, A. Qahhorning «Qo’shchinor chiroqlari» romani va «Sinchalak» qissasi Farg’ona shevalariga xos xususiyatlar, Oybekning «Qutlug’ qon», «Oltin vodiydan shabadalar» romanlarida Toshkent va ularga o’xshash shevalarning xususiyatlari; M. Ismoiliyning «Farg’ona tong otguncha» romanida Farg’ona shevalarining o’ziga xos belgilari; J.Sharipovning «Xorazm» romanida janubiy Xorazm shevalarining xususiyatlaridan foydalanib ish ko’rildi.
2 – MAVZU: O’zbek tilining dialektal bo’linishi.
Reja
1.O’zbek shevalarini tasnif qilish tomoyillari.
2.K K Yudaxin ,E D Polivanov, A K Borovkov, G’ozi Olim, V V Reshetov tasniflari.
3.O’zbek dialektologlari.
Adabiyotlar
1.Reshetov V V, Shoabdurahmonov Sh . “O’zbek dialektologiyasi”, Toshkent, “O’qituvchi” , 1978- yil
2.Mirzayev M M , “O’zbek tilining Buxoro guruh shevalari” ,Toshkent, 1969- yil.
3.Ashirboyev S, “O’zbek dialektologiyasi”Toshkent, 2000 -y / ma’ruza matni/
4.Rajabov N “O’zbek shevashunosligi” Toshkent, “O’qituvchi” 1996 -yil.
5.Murodova N “O’zbek tili Navoiy viloyati shevalarining lingvoareal talqini”,Toshkent , “Fan”2007- yil
6.Doniyorov X “Qipchoq dialektlarining leksikasi”, Toshkent, “Fan”, 1997- yil.
O’zbek shevalarini tasnif qilish tomoyillari.O’zbek asosan 20-30 yillardan boshlab ilmiy asosda o’rganila boshlandi va uning dastlabki tasniflari paydo bo’la boshladi.Inqilobgacha bo’lgan davrda V Nalivkin, M Nalivkina, A Starchevskiy, A Vishnegorskiy, Z Alekseyev, N Ostroumov, T G’iyosbekovlar jonli til faktlari asosida o’zbek tili lug’ati,qisman fonetik va morfologik xususiyatlarini yoritgan ishlarni amalga oshirganlar.Ularni sof dialektologik ishlar deb ham , adabiy til faktlari deb ham qarash qiyin, inqilobdan keyingi yillarda o’zbek adabiy tiliga asos bo’ladigan sheva va dialektlarni aniqlash , milliy tilning imkoniyatlarini belgilash shiori bilan o’zbek shevalari keng miqyosda o’rganila boshlandi.Shu jarayonda o’zbek shevalari tasnif qilindi.
O’zbek shevalarini tasnif qilishda bir necha tomoyillardan foydalaniladi. Ular quyidagilar:
o’zbek (turkiy) tilga xos bo’lgan unli va undosh tovushlarning mavjudligi yoki amalda bo’lishi;
ma’lum fonetik qonuniyatlarga amal qilishi jumladan singormanizm va umlaut.
tarixiy qatlamga oid leksik birliklarning miqdori, o’zlashgan qatlam so’zlarining ishtirogi.
o’zbek shevalariga qarindosh va qarindosh bo’lmagan til va shevalarning ta’siri.
shevaning asosiyxususiyatlarini belgilovchi xarakterga ega bo’lgan tovush va fonemaning tarqalish darajasi.
so’zga affikslarning qo’shilish xususiyatlari, so’zning fonetik strukturasi va boshqalar.
O’zbek shevalarini tasnif qilishda bir qator olimlar qatnashgan.O’zbek shevalarini I I Zarubin ham tasnif qilishga harakat qilgan va uning Xiva, Farg’ona , Toshkent va Samarqand-Buxoro kabi to’rt guruhga bo’linishini ta’kidlaydi, lekin ularga xos bo’lgan asosiy tamoyillarni bayon qilmaydi va hatto “j” lovchi va shimoliy o’zbek shevalari uning e’tiboridan chetda qoladi.
O’zbek shevalarini dastlab professor K K Yudaxin tasnif qilishga musharraf bo’ladi.U o’zbek shevalarining tojik tili bilan munosabati va singormonizmni saqlash darajasiga ko’ra tasnif qilib,4 guruhini belgilaydi:
asl turkiy tovush tizimi va singormonizmni saqlagan o’zbek shevalari;
o’z tovush tarkibini qisman o’zgartirgan, singormonizmni yo’qotganShevalar;
eron tili unlilar tizimini saqlagan o’zbek shevalari;
o’zbek va tojik tillarida so’zlashadigan tojik shevalari.
Keyinchalik olim K K Yudaxin o’zbek shevalari bilan mukammalroq tanishib , uni 5 guruhga ,ya’ni Toshkent, Farg’ona, Xiva, qipchoq vaShimoliy o’zbek shevalariga ajratadi.
O’zbek shevalarini o’rganish va ilmiy asosda tasnif qilishda professor Y D Polivanovning ulug’ xizmatlari bor. U o’zbek tili va shevalari bo’yicha 250 ta nomda yirik asarlar va ilmiy ishlarni yaratgan. Hozirgi kunda uning 150 dan ortiq ishlari e’lon qilingan.Professor Y D Polivanov o’zbek shevalari bo’yicha “O’zbek dialektologiyasi va o’zbek adabiy tili”(1933 y), “Toshkent shevasining tovush tizimi”(1922 y), “O’zbek tilining singormanizmni yo’qotgan shevalari namunalari” (1928 y) kabi ishlar mavjud .
Professor Y D Polivanov o’zbek shevalarining birinchi ilmiy tasnifini yaratgan . Keyingi davr dialektologlari Y D Polivanov o’zbek shevalarini tasnif qilishda 2 ta tomoyilni – birinchisi-metisatsiya (qardosh tillar chatishuvi) va ikkinchisi-gibridizatsiya (qardosh bo’lmagan tillarning aralashuvi)ni hisobga olgan holda tasnif qilgandegan fikrni ilgari suradilar.Bu e’tibordan chetda qoladigan fikr emas , lekin Y D Polivanov tasnifini metisatsiya va gibridizatsiya bilan bog’lab bog’lab qo’yish ham mumkin emas, balki Y D Polivanov turkiy tillar, o’zbek tili va uning eroniy tillar bilan munosabati kabi holatlarni hisobga olgan . Aslida ,u deyarli, barcha o’zbek shevalarini o’rganib chiqib, uning taraqqiyot tarixi , urug’, qabila davri xususiyatlarining saqlanib qolishi nuqtai nazardan shevalarni tasnif qiladi hamda o’zbek tili tarkibida uch lahja mavjudligini belgilab beradi:
1.Chig’atoy lahjasi. Bu lahjani 7 ta tipga ajratadi:1.Samarqand-Buxoro, 2.Toshkent, 3.Qo’qon-Marg’ilon, 4.Andijon-Shahrixon, 5.Namangan guruh shevalari, 6.Shimoliy o’zbek shahar shevalari, 7.Shimoliy o’zbek qishloq shevalari.
2.Qipchoq lahjasi. Uni ham bir necha tipga ajratadi:1.O’rta Xorazm (Gurlan, Bog’ot, Shobboz) shevalari, 2. “a” lovchi qozoq-nayman,Farg’ona-Qoraqalpoq shevalari, 3. Qurama shevalari, 4. Shimoliy o’zbek (So’zoq, Cho’laqo’rg’on) , 5.O’rta o’zbek (qirq) shevalariva janubiy o’zbek shevalari (laqay, Afg’onistondagi qipchoq-o’zbek) .
3.O’g’uz lahjasi . Bu 2 tipdagi shevalarni o’z ichiga oladi: 1.Janubiy Xorazm (Xiva, Yangi Urganch, Shovot, G’azovot, Xazarasp, Yangiariq) shevalari. 2.Shimoliy o’g’uz guruhi (Iqon,Qorabuloq) shevalari.
Chig’atoy lahjasiga qarashli,ayniqsa,Samarqand-Buxoro shevalarini kuchli eronlashgan shevalar deb hisoblaydi.
Professor G’ozi Olim tasnifi. U shevalarni leksik, morfologik va fonetik xususiyatlariga ko’ra tasnif qilish lozimligini uqtirgan holda shevalarni 1.o’zbek-qipchoq, 2. turk-barlos, 3.Xiva-Urganch lahjalariga ajratadi.
O’zbek-qipchoq lahjasini qirq, jaloyir-laqay, qipchoq, gurlan; turk-barlos lahjasini Sayram-Chimkent, Toshkent-Xos,Andijon, Namangan; Xiva-Urganch lahjasini Xiva,qarluq guruhlariga ajratadi.
Professor A K Borovkov tasnifi . A K Borovkov shevalarning fonetik xususiyatlarini hisobga olib,dastlab “a” lovchi va “o” lovchi shevalarni farqlaydi. “o” lovchi shevalarga Toshkent, Xonabod, Xos, Taqachi, Yangiyo’l, Chinoz shevalarini; “a” lovchi shevalarni esa o’z navbatida “y” lovchi va “j” lovchi shevalarga ajratadi, “y” lovchilarga – Chimkent, Mankent, Turkiston, “j” lovchilarga – Shimoliy Xorazm, Surxondaryo, Samarqand viloyati qishloq shevalari kiritiladi.
A K Borovkov o’zbek tili shevalarining tarixiy taraqqiyotini hisobga olib , uni 4 dialektga ajratishni tavsiya qiladi:
1.O’rta o’zbek dialekti . Uni ikki guruhga – 1 .O’rta o’zbek shevalari:Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg’ona va boshqalar; 2.Shimoliy o’zbek shevalari:Chimkent, Sayram, Jambul, Marki va boshqalar.
2.Shayboniy o’zbek yoki “j” lovchi dialekti .
Bunga Samarqand, Buxoro, Surxondaryo, Ohangoron vodiysi,Shimoliy Xorazm va Farg’ona vodiysidagi “j” lovchi shevalarni kiritadi .
3.Janubiy Xorazm dialekti .bunga Xonqa, Hazorasp,Shovot, Yangiariq, G’azovot, Sho’raxon kabi shevalarni kiritadi .
4.Alohida gruppa shevalarga ; 1.Qorabuloq , Iqon , Mankent; 2.umlautli shevalarga (Namangan )ni kiritadi.
Professor V V Reshetov tasnifi .Uning tasnifida professor Y D Polivanov g’oyalari asos bo’lgan va u hozirgi shevalarning shakllanishida muhim ahamiyatga molik bo’lgan qabila-urug’larning tarixiy taraqqiyotini hisobga olgan holda tasnif qiladi. Uningcha , o’zbek shevalarini uch lahjaga birlashtirish mumkin:
Qarluq – chigil – uyg’ur lahjasi .Bu lahja uyg’ur tiliga yaqin va oz yoki ko’p darajadatojik tili bilan aloqada bo’lgan. Bu lahjaga O’zbekiston Respublikasidagi yirik shahar (Urganchdan tashqari) vaShahar tipidagi qishloq shevalari kirgan.
Qipchoq lahjasi. Bu lahja esa qozoq va qoraqalpoq tillariga yaqin turadi va unga O’zbekiston Respublikasidagi Qurama, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg’ona vodiysidagi “j” lovchi va singarmonizmli shevalar kiritiladi.
O’g’uz lahjasi. Bu lahjaga til jihatidan turkman ,ozarbayjon, turk tillariga yaqin turadi va O’zbekiston Respublikasidagi Xorazm, Qoraqalpog’iston, Turkmanistondagi o’zbek shevalari hamda Qorako’l, Forish shevalari ham shu lahjaga kiritiladi.Bu shevalarning o’ziga xos fonetik,leksi va grammatik xususiyatlari yoritib beriladi.
O’zbek dialektologlari. O’zbek shevalarining o’rganilishi va tasnif qilinishida jahon ahamiyatiga molik bo’lgan professor ye D Polivanov, mashhur professorlar K K Yudaxin, G’ozi Olim, A K Borovkov , V V Reshetov kabi olimlarning buyuk xizmatlari bor. Bu olimlar rahbarligida mahalliy o’zbek olimlarii yetishib chiqdi. O’zbek shevalari akademik Sh Shoabdurahmonov, professor vafan doktorlari M Mirzayev, F Abdullayev, S Ibrohimov, H Ibrohimov, H G’ulomov, Y G’ulomov, A Aliyev, A Shermatov, O Madrahimov, T Yo’ldoshev, N Rajabov, X Doniyorov, Q Muhammadjonov, T Nafasov, A Jo’rayev kabi olimlarimiz tomonidan tadqiq etilgan. Bu proyessor va fan doktorlari bilan birga 50 ga yaqin fan nomzodlari, dotsentlar o’zbek shevalari bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borganlar va olib bormoqdalar.Bu olimlar ishlari tufayli o’zbek dialektologiyasi fan sifatida shakllandi va deyarli barcha lahja va shevalar sinxronik tarzda o’rganib chiqildi, lug’atlar tuzildi.
O’zbek dialektlari hamon taqqiqot ob’ekti bo’lishi mumkin,ya’ni endilikda o’zbek shevalarining barcha masalalari bo’yicha nazariy muammolar : o’zbek shevalari fonologiyasi, turkiy dialektologiya, etimologiya, turkiy tillar bilan qiyosiy jihatlardan o’rganilishi o’zbek tilshunosligini yanada boyitishga xizmat qiladi.
Takrorlash uchun savollar:
1.Shevalar qanday tamoyillar asosida tasnif qilinadi.
2.O’zbek shevalari kimlar tomonidan tasnif qilingan va ulardagi farqlari nimadan iborat ?
3.Professor Zarubin o’zbek shevalarini tasnifi haqida nimalarni bilasiz ?
4.K K Yudaxin o’zbek shevalarini qay tarzda tasnif qilgan ?
5. Y D Polivanov o’zbek shevalarini nimaga asoslanib , tasnif qilgan ?
6.G’ozi Olim tasnifida asosan tilning qaysi tamonlariga e’tibor berishga harakat qilgan ?
7. V V Reshetov tasnifining mukammallik tomonlari haqida fikrlang.
8.Hozirgi kunda shevaning eng dolzarb o’rganilmagan tomonlari haqida to’xtaling.
9.Shevashunoslikka oid qanday yangi ko’rinishlar yuzaga kelmoqda.
10.Qaysi o’zbek dialektologlarini bilasiz va ular qanday tadqiqot ishi olib borishgan ?
Tayanch tushunchalar:
1.Shevalarni tasnif qilish – shevalardagi o’xshash va noo’xshash xususiyatlarini hisobga olib,ularning guruhlarini belgilash.
2.O’zbek shevashunosligini birinchi ilmiy tarzda o’rgangan olim Y D Polivanov hisoblanadi.
3.O’zbekistonda joylashgan shaharlardan Urganch shahri aholisi shahar shevasida so’zlashmaydi.
4.Metisatsiya – qardosh tillar va shevalar chatishuvi.
5.Gibridizatsiya – qardosh bo’lmagan til va shevalarning aralashib ketishi.
3 – MAVZU LINGVISTIK GEOGRAFIYA. LINGVISTIK GEOGRAFIYA HAQIDA QISQAChA MA`LUMOT.
Reja
1.Lingvistik geografiyaning mohiyati.
2.Milliy til va uning shevalarga ta’siri.
3.Shevalarni yozib olib o’rganish.
Adabiyotlar.
1.Reshetov V V,ShoabdurahmonovSh . “O’zbek dialektologiyasi”, Toshkent, “O’qituvchi” , 1978 -yil
2.Mirzayev M M , “O’zbek tilining Buxoro guruh shevalari” ,Toshkent, 1969 -yil.
3.Ashirboyev S, “O’zbek dialektologiyasi”Toshkent, 2000-y / ma’ruza matni/
4.Rajabov N “O’zbekShevashunosligi”Toshkent, “O’qituvChi” 1996 -yil.
5.Murodova N “O’zbek tili Navoiy viloyati shevalarining lingvoareal talqini”,Toshkent , “Fan” 2007- yil
6.Doniyorov X “Qipchoq dialektlarining leksikasi”, Toshkent, “Fan”, 1997 -yil.
7.Shermatov A “Lingvistik geografiya nima”,Toshkent, 1981- yil
Lingvistik geografiya til hodisalarining tarqalish o’rinlarini, ularda tarixiy taraqqiyot jarayonida yuz bergan o’zgartirishlarni o’rganish uChun xizmat qiladi. Masalan, turkiy tillar geografiyasi haqida so’z ketganda, til egalarining tarix takozosi bilan muayyan o’zgarishlarni o’z boshlaridan keChirishlari, turli joylardan ko’Chib yurishlari va hozirgi vaqtda o’troqlashib qolish sabablarini o’rganish tushuniladi. Jumladan, Turkiyadagi aholining qadimda Turkistonda, ya`ni Sirdaryo buylarida yashab, so’ngra hozirgi zaminga ko’Chib kelganliklari va muqim hayot keChirishga o’tib qolganliklari, skiflarning ham tarixan turkiy xalqlardan bo’lib, eramizgaCha bo’lgan davrning oxirlari va eramizning boshlarida zaminimizdan, jumladan, Movarounnahrdan ko’Chib borib, hozirgi joylarida – Vengriya, Bolgariya kabi Bolqon davlatlari yerlarida o’troqlashib qolganliklari fikrimizning dalilidir.
Lingvistik georafiya lahja vaShevalarni o’rganishda ham ahamiyatlidir. CHunki ularning tarixiy taraqqiyot yo’llarini belgilashda, fonetik, grammatik va leksik xususiyatlarni o’rganishda xalq tarixi va til tarixi bilan ularning tarqalgan joylari bilan o’zviy bog’liq holda olib tekshiriladi. Masalan, o’zaro umumiy xususiyatga ega bo’lgan Toshkent, Parkent, Piskent, Qarnob kabiShevalarning yoki janubiy Xorazm,Shimoliy Buxoro, Forish-Bog’don,Shimoliy o’zbekShevalari vakillari kabilarning turli joylarda o’troqlashib qolish sabablari, ulardagi umumiy til xususiyatlari tarixi qabilalarni hisobga olish va o’ziga xos tomonlarini asos qilib olib, ularning xaritalarini Chizib berish hamda lingvistik atlasini yaratish muhimdir. Bunday ishlarning amalga oshirilishi ko’rgazmali tavsifiy qurol vositasini o’taydi.
Tillarning,jumladan, ularning quyi tarmoqlari hisoblangan lahja va shevalarning hozirgi vaqtdagi tarqalish holati turli belgilar bilan ko’rsatiladi. Ana shunday belgilar bilan til yoki lahjaning joylashgan o’rinlari ifodalab berilishiga umumiy lingvistik geografiyada yunoncha «izoglassa» deb yuritiladi va bir xil, o’xshash, teng kabi tomonlarni bildirishga xizmat qiladi. Bunda fonetik, grammatik va leksik xususiyatlarni aniq ko’rsatish uchun har xil belgilar ishlatiladi.
Qisqasi, lingvistik geografiya lahja va shevalarning tarixiy taraqqiyoti yo’llarini aniqroq belgilashga, ularda so’zlashuvchi xalqlarning hozirgi joylarda o’troqlashib qolish sabablarini, guruhlarga aloqadorligini, til taraqqiyoti va xalq tarixi bilan aloqasini to’laroq aniqlashga, ular to’g’risida ishonchli ma`lumotlar berishga xizmat qiladi.
Turkiy tillar geografiyasi ma`lumotlari M. Qoshg’ariy, A. Navoiy, G’ozi Olim Yunusov, A. K. Borovkov, U. Tursunov, V. V. Reshetov, S. Ibrohimov, Sh.Shoabdurahmonov, B. Jo’rayev, A. Aliyev, X. G’ulomov, X. Doniyorov, A.Shermatov, A. Jo’rayev, M. Mirzayev, K. Nazarov singari zukko olimlarning nomlari bilan bog’langan. Ular o’zbek xalq shevalarini o’rganish, ularning o’ziga xos xususiyatlarini yozib olish, tahlil etish va ularni xaritalarga tushurib, shevalarimiz atlasini yuzaga kelishiga o’z hissalarini qo’shib kelmoqdalar.
Dostları ilə paylaş: |