ShEVALARGA MUNOSABATI.
Xalqimiz o’zining ko’p asrlik hayoti davomida boy madaniyat va adabiyotni vujudga keltirdi. O’zbek xalqi boy an`analari asosida o’zining adabiy tilini yaratdi. Adabiy til xalq tili asosida shakllandi, o’zining fonetik tuzilishi, grammatik qurilishi va lug’at boyligini ma`lum bir me`yorga kiritdi va qoidalarga bo’ysundirdi.
Adabiy tilning ikki asosiy shakli – og’zaki adabiy til va yozma adabiy til ko’rinishi mavjud. Yozma adabiy til ham, og’zaki adabiy til ham o’zining boy an`analariga ega. Lekin og’zaki adabiy til yozma adabiy tildan ilgari paydo bo’lgan.
Yozma adabiy til materiallari sifatida qo’llangan so’zlar umum xalq tili asosida adabiy tilning shakllanishiga xizmat qiladi va uzoq vaqt iste`molda bo’ladi, ularninng ayrimlari vaqt o’tishi bilan tarixiy so’zlarga aylanib qoladi.
«Adabiy til» atamasi ikki ma`noda qo’llaniladi. Bu, bir tomondan, feodal tarqoqligi davrida davlat idoralarida ish yuritish, adabiyot, din, ilm-fan kabilar uchun ishlatiladigan til bo’lsa, ikkinchi tomondan, adabiy asarlar tilidir. Shu bilan birga, turli iqtisodiy-ijtimoiy va tarixiy sabablarga ko’ra, adabiy til ma`lum lahja asosida tashkil topgan yozma adabiy til yoki majburan qabul qildirilgan boshqa adabiy til sifatida mavjud bo’lishi mumkin.
XI – XI asrlardan boshlab, Markaziy Osiyodagi va boshqa zaminlardagi turkiy tillarning, jumladan o’zbek tilining ahamiyati kuchaya bordi. Bu esa o’z navbatida o’zbek adabiy tilining shakllanishini o’zida aks ettira boshladi. U jonli xalq tili asosida vujudga keldi. Demak, o’zbek xalqining tashkil topishi bilan asta-sekin adabiy tilga xos xususiyatlarShakllana boshladi. Biz bu holni o’sha davrda maydonga kelgan M. Qoshg’ariyning mashhur «Devoni lug’otit turk» nomli lingvistik asari Y. X. Hojibning « Qutadg’u bilig», A. Yugnakiyning «Hibbatul haqoyiq» kabi ilmiy va badiiy asarlari namunasida ko’ramiz. Yuqoridagi kabi asarlar o’zbek xalq tili va adabiy tili taraqqiyotiga munosib hissa bo’lib qo’shilgan nodir durdonalardir.
A. Navoiydan so’ng ham o’zbek adabiy tili rivojlanib keldi. Masalan, XVII asrda yashab ijod etgan Abulg’ozi Bahodirxonning «Shajarai tarokima» va «Shajarai turk» asarlari o’zbek adabiy tili tarixini o’rganishda ayniqsa qimmatlidir. Muallif o’z asarlari tilini xalq tiliga yaqinlashtirib, sodda bir holda ifoda etishga harakat qilgan, mumkin qadar chet tillar xususiyatlarini qo’shmaslikka uringan. Bu esa uning «Besh yashar og’lon ham tushunsin uchun» degan so’zlaridan ham ko’rinib turibdi.
O’zbek adabiy tili XVIII– XIX asrlarda ham boyidi va taraqqiy etdi.
MAHALLIY LAHJALAR VA IJTIMOIY
JARGONLAR.
Mahalliy lahjalarni atroflicha o’rganish, ularning farqlarin ko’rsatish va adabiy tilga bo’lgan munosabatini aniqlash o’zbek tilshunosligidagi hozirgi muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Mahalliy lahjalar umum xalq tilining quyi bosqichini tashkil etadi.Ular ma`lum davrda milliy tilga asos bo’lishi va rivojlanib milliy til darajasiga ko’tarilishi mumkin. Ularning grammatik qurilishi va asosiy lug’at boyligi mavjud. Bu holat ularning milliy adabiy til uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatuvchi omil bo’lib xizmat qiladi.
Ijtimoiy jargonlar esa milliy tilning buzilgan, tubanlikka va chirishga yuz tutgan shaklidir. Ularning rivojalnib, mustaqil milliy til darajasiga ko’tarilishi haqida mulohaza yuritmasa ham bo’ladi.Chunki ular xalq ommasiga emas, balki ba`zi bir ijtimoiy qatlamlarga, ayrim guruh kishilariga (o’g’ri, savdogar, qassob kabi) xizmat qiladi. Buning ustiga jargonlar grammatik qurilishga va lug’at boyligiga ega emas. Ularda chet tillardan kirgan yoki umum xalq tilidan olinib, boshqacha ma`noda ishlatiladigan ayrim so’zlar uchraydi, holos.
KASB - XUNAR LEKSIKASI VA IJTIMOIY
JARGONLAR.
Kasb-xunar egalariga oid so’zlar xalq xo’jaligining turli ishlab chiqarish sohalarida xalqimiz tomonidan uzoq yillar, hatto bir necha asrlar davomida, ularning mehnat jarayonida bunyod qilinadi. Bunday so’z va atamalar har xil kasb egalarida turli ma`nolarda qo’llaniladi. Bunda leksik farqlardan tashqari, fonetik va morfologik o’zgarishlarning ham mavjudligi Shubhasizdir. Masalan, chaydish – choydish (choyjush); abdasta – obdasta; pichaq – pichoq; ketman – ketmon; nay – noy; parma – parmi; chumak – jumak; ko’zliy uzuk – ko’zli uzuk – ko’zli jujuk; bilag o’zuk – bilarzik – bilanzik – bilovzik; do’ppi – kalavach – kalapush – kalavash – to’ppi va boshqalar shular jumlasidandir.
Kasb-xunar leksikasida u yoki bu buyumlar yoki narsalarning nomlari butun turlari bo’yicha ifoda qilinadi. Ma`lumki, adabiy tilda bularning umumiy nomi yoki qismi aytiladi, holos. Chunki kasb-xunar egalari o’z sohalaridagi har bir narsani, uning mayda-chuydalarigacha nomlash va o’zlari ishlab chiqargan joyi bilan bog’liq bo’lgan hayotdagi buyum va narsalarning atroflicha tushuntirishga harakat qiladilar. Jumladan qulfning turlari: burama qulf, zanjirgar qulf, katta qulf, kichik qulf, kishan qulf, o’roq-bolg’a qulf, shkaf qulf, sandiq qulf, darvoza qulf, kalitsiz qulf. Yoki qaychi so’zini olib qaraylik: latabur qaychi, mashina qaychi, uy qaychi. Dukart, dukartcha, tokbur, tok qaychi, katta qaychi, Qirqlik va boshqalar.
ShEVALARNI O’RGANISH, YOZIB OLISH,
MATERIAL TO’PLASH USULLARI.
XI asrda hayot kechirgan mashhur olim M. Qoshg’ariy (uning to’liq ismi Mahmud Ibnul Xusayn ibn Muhammad-il Qoshg’ariydir)turkiy tillarning dastlabki tasnifini yaratgan. Bu turkiy tillar sohasidagi yagona tasnif edi. Mahmud Qoshg’ariygacha turkiy tillar tasnifi bilan maxsus shugullangan olimni uchratmaymiz.Shuning bilan birga u o’z davrining ulug’Shevashunos olimi sifatida chindan boshlab, butun Movarounnahr, Xorazm, Buxoro, Farg’ona kabi keng zaminda yashagan urug’ – kabilarning tillarini sinchiklab o’rgangan.
Mahmud Qoshg’ariyning bu ishi turkiy tillar, jumladan, shevashunoslik tarixida tung’ich va yagona bo’lib, uni yakka holda tekshirish usuli bilan qilingan ish deb aytishimiz mumkin. Demak, yakka holda shevalarni o’rganish tirixi Mahmud Qoshg’ariy nomi bilan chambarchas bog’lanadi.
Lahjalar va shevalarni yakka holda o’rganishni istagan har bir shaxs o’zini qiziqtirgan shevani tekshirish asosini tanlab olishi mumkin.Shevashunos tekshiriladigan joyga borib, mahalliy sharoit va aholi bilan tanishadi hamda sheva ustida kuzatish ishlari olib boradi.Shevalarni tekshiruvchilar o’zlarini qiziqtirgan sohalarga alohida e`tibor beradilar va uning o’ziga xos xususiyatlarini yozib olishga kirishadilar. Ba`zan savol- javob usulidan ham foydalanish qimmatli materiallar yig’ishga yordam beradi. Ishning muddati tadqiqotchining oldiga qo’ygan maqsad va rejasi bilan belgilanadi. Masalan, Mahmud Qoshg’ariy o’z ishi uchun 15 yilcha vaqt sarflagani ma`lum.
M. Qoshg’ariydan so’ng o’zbek xalq shevalarining maxsus holda tekshirilganligi aniq emas. Bu usul bilan material yig’ish XIX asrning XX yarmi va XX asrning boshlarida bir muncha rejali yo’lga quyildi. Shevalarni shu tariqa o’rganish 20 – 30 – yillarda, ayniqsa, keng miqyosga ega bo’ldi. Bu sohada G’ozi Olim Yunusov, Ulug’ Tursunov, E. D. Polivanov, Sobirjon Ibrohimov, V. V. Reshetov, Abdurauf Fitrat, Shonazar Shoabdurahmonov-larning ajoyib tadqiqotlari bor.Shevalarni yakka holda o’rganishda respublikamizdagi ko’pgina oliy o’quv yurtlari va ilmiy- tadqiqot institutlarining ilmiy xodimlari faol ishtirok etmoqdalar.
Shunday qilib o’zbek xalq shevalarini o’rganishda qo’llaniladigan usullarning eng muhimlari uch xil ekan, degan xulosaga kelish mumkin: a) yakka holda o’rganish; B) tajriba o’tkazish usuli; v) savol-javob usuli.
Kuzatish joyini tanlash. U tadqiqotchining o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalari bilan bog’liq bo’ladi. Agar shevashunos o’z oldiga tarixiy vazifalarni yoritib berishni maqsad qilib qo’ygan bo’lsa, u vaqtda muayyan shevaning tarixiga oid materiallarni to’plashi lozim. Shu bilan birga, mahalliy xalq ichidagi eng eski an`anaviy shevalarni ham tasvirlab berishi kerak.
An`anaviy shevalar o’zlarining joylashgan o’rinlariga qarab, bir-birlaridan tarixiy, hozirgi nuqtayi nazaridan apcha farq qiladi. Agar biz an`anaviy shevalarni o’rganmoqchi bo’lar ekanmiz, birinchi navbatda ularning asosiy xususiyatlarini tashuvchi shevalar ustida ish olib boramiz. Shuningdek, xalqning ilg’or guruhi – yoshlar va qishloq, faollarning ham nutqi ustida ish olib borishi lozim bo’ladi. Bunday kuzatishlar lahjalardagi xususiyatlarning saqlanganligi, ilg’or aholi nutqida yangi so’zlarning paydo bo’lishi va aksincha, ba`zi bir so’zlarning yo’qolib borishini ko’rsatib beradi.
Biroq shevani tasvirlash o’z oldiga boshqa vazifalarni ham qo’yadi, ya`niShevalarning tarixiy va kelib chiqish tomoniga e`tibor bermay, hozirgi zamon shahar va qishloq shevalarining xususiyatlarini o’rganishni ham o’z oldiga maqsad qilib kuyadi. hozirgi zamon shevalarini tekshirganda, kariyalar va yoshlar, xotin-kizlar, erkaklar va turli kasb egalari bo’lgan kishilarning nutqlari ustida tadqiqot ishlari olib boriladi. Bir guruh aholining o’zida turli uslublar va lahja turlari bo’lishi mumkin. Ularning turmushdagi erkin suhbatlari, majlislardagi nutqlari, xalq og’zaki ijodi materiallarining tili turlicha bo’ladi. Bunday hollarda ularning har biriga xos bo’lgan muhim til xususiyatlari ham alohida hisobga olinadi.
Shevalarni o’rganishning asosiy yo’llaridan biri shu shevada so’zlashuvchilarning nutqlari ustida ko’zatish ishlari olib borish va ularni yozib borishdan iborat.
Shevashunosning ishi juda og’ir va mas`uliyatlidir. Undan ko’p harakat qilish, ehtiyotlik bilan ish ko’rish talab qilinadi. U o’ziga ishonch tug’dirishdan tashqari, xalq bilan do’stona munosabatda va mustahkam aloqada bo’lishi lozim. Qishloq faollari orqali keng mahalliy xalq bilan aloqani bog’lanadi. Biroq bu aloqa hali etarli emas.Shevashunos mahalliy xalq bilan aloqani kuchaytirish uchun qishloqning ijtimoiy va ishlab chiqarish hayotidan uzilib qolmasligi lozim.
Tadqiqotchining qishloqdagi ishi. tadqiqotchi qishloqqa kelgach, ko’p yozishga o’rinishi shart emas. Aksincha, u bir qapcha vaqt shu shevaning xususiyatlarini tinglashi va kuzatib borishi kerak. Ana shundan so’ng tasodifiy kishilarning nutqiga e`tibor qilmay,shu shevaga oid vakil shaxslarning nutqini o’rgana oladi. Boshlang’ich davrning uzoq va qisqaligi shevashunosning yoz oldiga qo’ygan maqsadi va vazifalari bilan belgilanadi.
Shevashunoslik materiallari to’plash uchun qishloqning tarixi, o’lkashunoslik, ishlab chiqarish va turmushga oid mavzular bo’yicha suhbat qilinadi. Odatda, bir kishi suhbat o’tkazadi, ikkinchi kishi yozib boradi. Materiallar ko’proq butun hayoti shu erda o’tayotgan, ko’p vokealarni boshdan kechirgan kishilarning nutqidan yozib olinadi. Chunki, ularning nutqi bo’zilmagan hamda ularda urganilayotgan shevaga xos xususiyatlar saqlangan bo’ladi.Shuningdek, yoshlar, maktab o’quvchilari, qishloq ziyolilari, jumladan, o’qituvchilarning nutq jarayonini ham ko’zatish va yozib olish maqsadga muvofiqdir.
Sheva vakillarining nutqini kamida 2 – 3 kun k o’zatib boish maqsadga muvofiqdir.Shundan so’nggina yozib olishga kirishiladi. Shevalarning xususiyatlarini o’zida aks ettiruvchi materiallarni yozib olishda 2 – 4 kishidan iborat kichik guruh ishtirok etadi. Ulardan bir-ikkitasi suhbatni boshqarib boradi, qolganlari suhbat materiallarini tezlik bilan yozib olishga harakat qiladi.Shu yo’l bilan ko’plab materiallar yozib olinadi va bu ma`qul usul hisoblanadi.
Materiallarni o’z vaqtida ishlamasdan, safardan so’ng bir necha kundan keyin ishga kirishiladigan bo’lsa, ba`zi materiallarni to’ldirish qiyin bo’ladi, ayrimlari esa uchib ketishi ham mumkin. Bunday vaqtda sheva xususiyatlarini yozib olishga ikkinchi marta borishga to’g’ri keladi.
Sheva materiallari bir kishi tomonidan yozib olingan bo’lsa, uning o’zi tomonidan ishlanadi va ilmiy yozuv bilan ta`minlanadi. Agar bunday materiallar jamoa tomonidan yozib olingan bo’lsa, uning ishlanish jarayoni jamoa tomonidan bajariladi.
TRANSKRIPSIYA HAQIDA UMUMIY MA`LUMOT.
Transkripsiya lotincha so’z (transcriptio) bo’lib, qayta yozish demakdir. Umuman, tarnskripciya ilmiy yozuv bo’lib, bir tildagi hamma nozik tomonlarni hisobga olgan holda, ilmiy maqsadlar uchun talaffuzga ko’ra yozib olish degan ma`noni beradi. Geografik va tarixiy nomlarning rejada va xaritada berilganiga moslashtirib yozib olishda ham ilmiy yozuvdan foydalaniladi. Bulardan tashqari xalq og’zaki ijodiyoti materiallarini yozib olishda va biror musiqa asbobi uchun yozilgan asarni boshqa bir musiqa asbobiga moslab qayta yozish ham tushuniladi. Ularning talaffuzini yozuvda berish uchun belgilar sistemasi qo’llaniladi. Shunday qilib, odatda, biror narsaning ilmiy asosda yozib olinishiga transkripciya deyiladi. Bu mazkur so’zning umumiy va keng ma`noda qo’llanilishidir.
Bu atama tor ma`noda ham qo’llaniladi. Uning tor ma`nodagisi faqat lahja va shevalarning o’zlariga xos tomonlari, xususiyatlarini talaffuzga moslab yozib olish tushuniladi. Bunda u yoki bu tilda mavjud bo’lgan alfavitdagi belgilar etarli bo’lmaydi. Shunga ko’ra, lotin, rus va o’zbek tili alfavitlariga tegishli o’zgartirishlar kiritish talab qilinadi. Bu belgilar odatda mavjud alfavitdagi harflarning ustidan, yonidan va tagidan shartli belgilar quyish yo’li bilan amalga oshiriladi. Yoki boshqa alfavitdan shartli ravishda belgi (harf) qabul qilinadi. Natijada ilmiy yozuvda belgilar soni asos qilib olingan alfavitdagi belgilar sonidan ko’p bo’lishi mumkin.
Transkripciya bilan transliteratciya o’zaro mustahkam bog’liqdir. Transliteraciya so’zi ham lotincha bo’lib, orqali, vositasi bilan va harf ma`nolarida keladi. Ikki atamani bir-birlari bilan almashtirmaslik kerak. Ular bir-birlariga o’xshash bo’lsa ham, o’z xususiyatlari jihatidan bir-birlaridan tubdan farq qiladi. Chunki transkripsiya til yoki lahjadagi tovushlarning turli ko’rinishlarini talaffuziga moslab yozish, ya`ni uni yozuvda ifodalash uchun foydalaniladi. Transliteraciyada esa tilimizning turli davrlarda yozib qoldirilgan yodgorliklarini, masalan, O’rxun-Enasoy arab yozuvidagi yozma yodgorliklarni hozir amalda bo’lgan yozuv tizimi bilan ifodalash ko’zda tutiladi. Bunda bir yozuv ikkinchi bir yozuv harflari bilan o’quvchilarga tushunarli alfavitga keltiriladi.
Qiyosiy va tarixiy grammatika, filologiya lug’atlar tasvirini izohlab va nashr etishda ham tranliteraciya ishlatiladi.
TRANSKRIPSIYANING TURLARI.
Transkripsiyaning bir qapcha turlari bor. Tekshiruvchining vazifasi va maqsadlari bilan bog’liq holda uning turli ko’rinishlari qo’llanilishi mumkin. Masalan, qardosh tillarning fonetikasi, aniq bir tilning fonetikasini tarixiy jihatdan bayon etishda fonetik transkripciyadan foydalaniladi. Lahja va shevalarni yozib olish va ularni tahlil etishda esa faqat transkripsiya bilan ish ko’riladi. Xalq orasida nomi keng tarqalgan dostonlar, ertaklar, termalar va boshqa xalq og’zaki ijodi materiallarini yozib olishda, nashr etishda ham fonetik transkripsiyadan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Aks holda ularning qimmatiga putur etadi yoki kamayadi.
Fonetik transkripsiya boshqa maqsadlar uchun ham qo’llaniladi. Masalan, fransuz, ingliz kabi chet tillarni o’rganishda ishlatiladi. Bu o’rinda L. V. Shcherbaning «Fonetika franc uzbekskogo yazika» asarini o’tish o’rinlidir.
Ma`lumki, fonetik transkripsiya keng doirada qo’llaniladi. Lekin fonetik transkripsiya o’z xususiyati nuqtayi nazaridan bir xil emas. Ba`zi bir fonetik transkripsiyalar aniq bir til yoki lahja uchun mo’ljallangan bo’lib, u nisbatan tor doiraga ega bo’ladi. chunki undagi shartli belgilar faqat shu tor doira uchun moslab olingan bo’ladi. Ayrim fonetik transkripciyalar keng miqyosda qo’llanilishi mumkin. Ular lotin alfaviti asosida tuzilgan bo’lib, xalqaro fonetik alfavit (XFA) deb yuritiladi. Bunday transkripsiya, so’zsiz, keng doirada qo’llaniladi va uning ahamiyati cheksizdir. Ana shunday transkripsiyalardan biri akademik L. V.Shcherba tomonidan yaratilgan. Uning transkripsiyasi boshqalarga nisbatan birmuncha afzalliklarga ega va ommaviy ahamiyat kasb etadi.
Turkiy tillarni o’rganishda turqologlar tomonidan turlicha transkripciyalar qo’llanilgan. Ularning ko’plari lotin alfavitiga asoslanib ishlangan transkripsiyalardir. Ba`zilari esa har bir aniq tildagi alfavit asosida berilgan. Masalan, G’ozi Olim Yunusov, N. A. Baskakov, S. Ibrohimov, V. V. Reshetov kabilarning bu sohadagi tajribalarini qayd etish kifoyadir. Ulardan V. V, Reshetovning transkripsiyasi keng doirada ishlatiladi. Hozirgi vaqtda oliy o’quv yurtlarida o’tiladigan mashg’ulotlarida, ilmiy tajriba vaqtlarida va har xil ilmiy tekshirishlarda amalda ana shu transkripsiyalardan foydalaniladi.
Takrorlash uchun savollar:
1.Lingvistik geografiya nima ?
2. O’zbek shevalari atlasi deganda nimani tushunasiz ?
3.O’zbek shevalari kimlar tomondan xaritalashtirilgan?
4.Transkripsiyaning qanday turlarini bilasiz ?
5.Fonematik transkripsiyadan kam ishlatilishining sababini tushuntiring ?
6.Fonetik transkripsiyaning qanday afzalliklari bor ?
7.Shevani o’rganishda tadqiqotchi nimalarga e’tibor berishi kerak ?
8.Kuzatish ishlarini olib borishda, geografik joyning o’rni ?
Tayanch tushunchalar:
Atlas – sheva, dialekt, lahjalarni turli ranglar va shartli belgilarda yaxlit idrok etish uchun xizmat qiladigan o’quv quroli.
Izoglossa – til,sheva faktlarining teng kelish holatlari.
Lingvistik geografiya – o’zbek shevalarini o’rganishning bir metodi , shevalardagi til faktlarini maxsus o’rganadigan soha.
Birinchi bo’lib dunyoda Jyul Jileron fransuz tilining dialektal xaritasini tuzadi.
Shevaning nozik fonetik tomonlarida o’rganishda transkripsiyadan foydalaniladi.
4 – MAVZU ShEVALARNING FONETIK XUSUSIYATLARI.
Reja
O’zbek shevalaridagi va adabiy tildagi unlilar munosabati.
O’zbek xalq shevalarining konsonontizmi.
Fonetik qonuniyatlar.
Adabiyotlar.
1.Reshetov V V,Shoabdurahmonov Sh . “O’zbek dialektologiyasi” , Toshkent, “O’qituvchi”,1978 -yil
2.Mirzayev M M , “O’zbek tilining Buxoro guruh shevalari” ,Toshkent, 1969- yil.
3.Ashirboyev S, “O’zbek dialektologiyasi”Toshkent, 2000 -y / ma’ruza matni/
4.Rajabov N “O’zbek shevashunosligi” Toshkent, “O’qituvchi” 1996- yil.
5.Murodova N “O’zbek tili Navoiy viloyati shevalarining lingvoareal talqini”,Toshkent , “Fan”2007- yil
6.Doniyorov X “Qipchoq dialektlarining leksikasi”, Toshkent, “Fan”, 1997 -yil.
Adabiy til va shevalarni o’rganish ilmiy - nazariy jihatdan ham, amaliy jihatdan ham unli tovushlar tarkibi bilan mustahkam bog’langan. Tilshunoslikning hamma bo’limlarini bir - biriga bog’lab o’rgangandagina ularning taraqqiyot qonunlarini to’g’ri tushunish mumkin. Morfologiyadagi egalik kategoriyalari, ularning turlanish, so’z yasash, leksikasida esa so’zlarning ma`nolarini o’rganish, so’zlarning turli – tuman shakllarini aniqlash kabi masalalarni fonetik qonunlarini hisobga olmasdan turib tasavvur etish qiyin. Bu hol, ayniqsa shevalar uchun muhimdir.
Qarluq - chigil – uyg’ur lahjasida unli tovush uyg’unligi yoki ohangdoshlik hodisasi uchramaydi.Shuning uchun ham ulardagi unlilar miqdori ko’p emas, unlilar fonemasining soni 6-8 dan oshmaydi. Jumladan, Toshkent shevalarida oltita (‘, e, u, o), Namangan shevasida sakkizta (`, a, o, u, e, `), Marg’ilon shevasida ettita unli (`, a, o, u, e) fonema bor. Bu shevadagi unli fonemalar sifat jihatidan farqlanadi. o’zlariga xos xususiyatlar alohida qayd etiladi. Buxoro, Urgut, Qarshi, Xo’jand, Chust shevalarining unlilar tarkibida ham oltitadan unli fonema bo’lib, ular miqdori jihatdan Toshkent va Samarqand shevalardagi holatga tengdir. Vodiy va Jizzax shevalari, Toshkent atrofidagi ayrim (Parkent, Piskent, Chinoz) va Qarnob shevalarida unlilar Toshkent shevasidagi singaridir, Qo’qon va Marg’ilon shevalarida esa unli fonemalarning soni yuqoridan keltirilgan shevalardan bitta ortiqdir. Unda a fonemasi ham ishlatiladi.
Yuqorida qayd etilgan shahar shevalaridagi unlilarning ko’plari g’arbiy Samarqand qarluq – chigil – uyg’ur shevalarida ham qo’llaniladi, ba`zilarida esa uchramaydi.
A) Bu guruh shevalaridagi … fonemalarining qo’llanilishi Toshkent shevasidagi fonemalarning qo’llanilishiga mos keladi;
B) Yuqoridagi guruhni tashkil etuvhi shevalardagi ikki unli fonema o’rnida Marg’ilon shevasida uch fonema ( . . a ) qo’llaniladi;
V) `, e, o, u fonemalari yuqoridagi shevalarning hammasida ham bir xil ishlatiladi.
G) Namangan shevasidagi .. unli fonemasi g’arbiy Samarqand, Toshkent, Marg’ilon shevalarida uchramaydi.
Qipchoq shevalarida 10 ta unli fonema qo’llaniladi:
a - e, o - e, u - u, iu - i, s - e. Bu shevalarda unlilar ohangdoshligi hodisasi saqlangan, lab va qisman ohangdoshligi mavjud. Shunga ko’ra, unli fonemalarning sakkiztasi juft holda qo’llaniladi. Bu o’zbek tilining hamma qipchoq shevalari uchun umumiy xususiyatga ega. Bunda ularning ba`zilarida hali s fonemasining to’la shakllanib etmaganligini qayd etish mumkin. Natijada s va a unlilarning almashinib qo’llanish holatlari ko’zga tashlanib turadi. Shunday qilib,shevalarning materiallarida tovushlarning o’zgarishi jaranglashish yoki jarangsizlanish, tushib qolish yoki orttirilish, o’rin almashish yoki kuchsizlanish kabi hodisalarning nutq jarayonida hosil bo’lishi, ohangdoshlik, undoshlarning o’rin almashishi, assimilyasiya, dissimilyasiya, qo’sh undosh kabilarni qamrab oladi.
FONETIK JARAYONLAR. PROTEZA
Proteza hodisasi Qarnob, Burgut Uyshun, Ming – Mang’it, Xitoy, Qirq, Saroy, Nayman, usmjniy - turk, Xo’jatug, Ispanza, Yangiravot kabi qarluq- chigil- uyg’ur, qipchoq hamda o’g’uz guruh shevalari vakillarining talaffuzida ko’plab uchraydi. Ushbu shevalarda ikki yoki undan ortiq undosh tovushlar(r hamda ayrim sirg’aluvchi tovushlar ) so’zning boshida kelganda, talaffuz qulaylik tug’dirishi uchun titroq r va boshqa xil sirg’aluvchi undosh tovushlardan oldin iu, i, o, u, y, kabi unli fonemalardan biri orttiriladi. Bunday o’zgarishlar o’zlashtirma so’zlarda ko’proq uchraydi. Masalan, ishkep-shkaf, `r`sk`- rizk, `r`skul- rizkul, stul va stol – ustel, smega – itsmete, sirga – isirga (qipchoq) kabilar. Adabiy tilda ro’mol, r o’zak so’zlari qipchoq shevalarida uramal, oraza tarzida qo’llaniladi. O’g’uz shevalarida bu so’z protezaga uchramaydi, balki sof holda romal, roza tarzida qo’llaniladi.
Rus tili orqali kirib kelgan stol o’zida esa bu qoidaga amal qilinmaydi, ya`ni stol so’zi ham o’g’uz shevasa vakillari talaffuzida proteza hodisasiga uchraydi va uster deb qo’llaniladi.
Demak, boshqa shevalardan farqli o’laroq, o’g’uz lahjasi bu shevani chetlab o’tadi. Qiyqim (Ishtixon tumani), Ming(Urgut tumani), Qipchoq va Burkut (Poyariq tumani) shevalarida ham ikki undosh ketma- ket, qator kelgan har bir so’zning oldida bir unli tovush orttirish hodisasi uchraydi. Bunday xususiyatlar Toshkent, Andijon, Uychi, Vodil, Parkent singari o’zbek shevalari materiallarida ham uchrab turadi.
EPITEZA
Epiteza hodisasi o’zlashtirilgan so’zlarda mavjud bo’lib, ular Qarnob, Ispanza, Baxmal, Saroy, Qirq, Mang’it, Parkent, Vodil, Andijon, Kattaqo’rg’on kabi shevalar vakillarining talaffuzida aniq seziladi.
Masalan, o’zbek adabiy tilidagi bank va propusk so’zlari Urgut va Ispanze shevasida banka, propuska tarzida qo’llaniladi, yoki Qarnobliklar bu so’zlarni benke, proposke deb talaffuz etadilar. Parkent shevasining vakillari bonke hamda propuske tarzida talaffuz etadilar.
O’zbek tilining Mang’it hamda Vodil shevalarida mazkur hodisa bir muncha chegaralangandir. Masalan, Vodil shevasi vakillirining talaffuzida boshqa shevalardagi kabi otpuskege elbete boremen, bonkeden piuld`old`zm` kabi so’zlardagina uchraydi.
Epiteza hodisasi Samarqandda: ucheske - uchastka, otpuske - otpusk, kabi; Qarnobda: `sp`ske - spisok – ruyxat, benke - bank, k`eske - uchastok singari; Urgutda; kiyeska - kiosk, otpuska - otspuk,banka- bank kabi.
Yuqoridagilar kabi epiteza hodisasi Andijon shevasi vakillarining nutqida ham uchraydi. Masalan, otspuk (ad. imloda: ta`til) – etpuska, uchastok – uchestke - uchesteke, kios - k`eske, propusk - p`ropuske.
Epiteza hodisasini qator o’zbek shevalarida uchratganimizdek, o’zbek adabiy talaffuzida ham mavjud ekanligini qayd etmog’imiz lozim. So’z oxirida qatorlashib kelgan ikki undoshdan keyin a unlisini qo’shib talaffuz qilinadi. Bu hol ko’pincha undoshlarning sk, nk.shakllaridan so’ng yuz beradi. Masalan, otpusk - otpuska, blank - blanka, tank - tanka, bank- banka kabi.
Shuni aytish kerakki, 1956-yilgi o’zbek tili imlosi me`yori qonunlashganiga qadar hozirgi o’zbek adabiy tilida ham epiteza hodisasi hisoblangan so’zlar faqat lahja va shevalar bilan bog’lanar edi. 1956 -yildan boshlab o’zbek adabiy tili qoidasi qabul kilindi va to’la rasmiy tus oldi.
Qisqasi, epiteza hodisasi o’zlashtirilgan so’zlarda ko’proq mavjud bo’lib, o’zbek xalq shevalari vakillarining talaffuzida uchraydi.
EPENTEZA
Epenteza hodisasi o’zbek tilining hamma shevalarida qo’llaniladi. ayniqsa, Qarnob, Xo’jatug’, Qang’li, Baxmal, Mang’it, Ming kabi shevalarda esa u yanada oydinlashadi. Masalan, adabiy tilidagi davr so’zi Qarnob shevasida esa duvir shaklida uchraydi.
Qiyos kiling: Qarnobda – dekelet, kerekt`r, t`renvey; Urgutda – daqolot, tirektir, tiranvoy. Adabiy tilda - doklad, traktor, tramvay.
O’zbek tilining Kattaqo’rg’on va uning atrofidagi shevalarda ham xuddi Qarnob va Urgut shevalaridagi singari epenteza hodisasi kuchli saqlangan. Masalan, `skelet - skalad, kensert - koncert kabi.
Yuqoridagilar singari fonetik hodisalarni G’allaorol tumani Qang’li qishloq shevasida ham ikki undosh o’rtasida bir i unli fonemasining orttirilib talaffuz qilinishini ko’ramiz. Masalan, ilm- ilim, kosib- kasb- kesip, kaft- kepit kabi.
Shuningdek, o’zbek tilining qipchoq shevalari vakillarining talaffuzida ham i, a, u unlilari chetdan qabul qilingan so’zlarda orttirilib talaffuz qilinishi xosdir. Masalan, rus tilidan qabul etilgan traktor - tirektir taraktiur, krovat` – kerevot kerevet, plenum - pilinum pul`num, zveno - zuvine z`v`ve kabi so’zlarda ko’rinadi.
Epenteza hodisasi birgina o’zbek xalq shevalari uchun xos bo’lib qolmasdan, balki boshqa turkiy tillar uchun ham xosdir. Masalan, yoqut tilida birat - mladshiy brat, kilass – klass, kulus – klyuch, kiurabaat – krovat`, yoqut tili shevalarida esa ispiravka – spravka, pumala - smola kabilar uchraydi.
Epinteza bir shevada ko’proq mavjud bo’lsa, ikkinchisida nisbatan kamroq bo’ladi.
Ma`lumki, o’zbek adabiy tilida yonma - yon kelgan ikki undosh tovush o’rtasida qipchoq shevalarida, ayniqsa, Mang’it shevasida `, a, u, singari unli tovushlarni qo’shib talaffuz qilinadi. Masalan, aks - ekis, asl-es`l, kasr - kos`r, akl - akiul, krovat` - kerevet kabi.
Biroq, o’zbek tilining Vodil shevasida esa bu hodisa nisbatan kamroq uchraydi. Bori ham so’z o’rtasi va so’z oxirida yonma-yon kelgan undoshlar orasiga bir unli qo’shib talaffuz etish natijasida vujudga keladi. Masalan, o’g’limni konspekt daftari yo’q kabi.
Qisqasi, epenteza hodisasi maktab, maorif va matbuotning ta`siri tufayli o’zbek xalq shevalarida tobora chegaralanib bormoqda. Ular hozirgi kunda keksalar nutqida uchraydi. O’quvchi, talaba va boshqa ma`lumotli kishilar nutqida borgan sari kamayib bormoqda.
SINKOPA
Sinkopa hodisasining hosil bo’lishi bevosita urg’u masalasi bilan bog’langan bo’ladi. Urg’usiz bo’g’inlarda bir unli fonemaning tushib qolishi sinkopa hodisasi hisoblanadi. Masalan, maorif – merup// mer`p, Fotima – petme, silos – sles kabi. O’zbek tilining Kattaqo’rg’on, Qarnob, Parkent, Urgut, Mang’it kabi shevalarini va o’g’uz lahjasini olaylik. Bu shevalar vakillarining talaffuzida ayrim so’zlardagi ba`zi tovushlarni ishlatmaslik hollari (sinkopa) ko’plab uchraydi. Masalan, Parkent shevasida: kutubxona – biblioteka – bubleteke, billiard – bil`yart (Sh. Afzalov kuzatishicha) tarzida qo’llaniladi.
Shuningdek, hozirgi-kelasi zamon fe`llarining ikkinchi bo’g’inidagi i, iu, u, u unlilar talaffuzda bevosita tushib qolishi natijasida vujudga keladi. Masalan, chaqiraman – chaqraman, yuguraman – yugremen, o’tiraman – otraman kabi.
Yuqoridagi kabi buyin, og’iz, egin, burun, korin kabi so’zlarning ikkinchi bo’g’inidagi unli tovush shu so’zlarga yangi bo’g’inlarga egalik qo’shimchasi qo’shilgach, urg’uning bevosita yangi bo’g’inga ko’chishi bilan kuchsizlanadi va tushib qoladi. Bu adabiy til uchun xosdir. Masalan, buyin – buyni, og’iz – og’zi, egin – egni, burun – burni, o’rin – o’rni, qorin – qorni kabi. O’zbek xalq shevalari materiallarida bu hodisa keng ko’lamda ishlatiladi.
Sinkopa hodisasi o’zbek tilining qipchoq hamda qorluq-chigil- uyg’ur lahjalari materiallarida ko’p hollarda bir xil xususiyatga ega bo’ladi. Masalan, adabiy tilda «xaridor» so’zi qipchoq shevalarida hardar – hariudar, Toshkent shevasida xerder, Namangan shevasida xerdor shakllariga ega bo’ladi.
Shuningdek, so’z o’rtasida yonma-yon kelgan ikki unlidan biri kuchsizlanadi va ikkinchisi cho’ziq talaffuz qilinadi. Yuqoridagi holatlar turli o’zbek shevalari materiallarida uchraydi. Lekin sinkopa o’zbek adabiy tili tarixi taraqqiyoti bosqichida mavjud bo’lib, adabiy til uchun o’ziga xos xususiyat hisoblanadi.
APOKOPA
So’z oxirida tovushlarning tushib qoldirilishi urg’uning odatdagidan boshqacha bo’lganligi sababli yuzaga kelishi mumkin. Bunday holatda so’z oxirida urg’usiz unli yoki bo’g’in talaffuzda kuchsizlashadi va tushib qoldiriladi. Bu apokopa hodisasidir.
Ma`lumki, apokopa hodisasi butun o’zbek shevalari uchun xos hodisa sanalib, qisman o’zbekcha, ayniqsa, baynalminal so’zlarda ko’plab uchraydi. Shuningdek, Payshanba, Uyshun, Nayman, Qarnob, Xo’jatug’, Chuvallok, Parkent, Mang’it kabi shevalarda bu fikr yanada oydinlashadi.
O’zbek tilining qipchoq shevasida o’zlashtirilgan ayrim so’zlarda unli tovushlar so’z o’rtasida ham, tushib qoladi. Masalan, minuta – minit, gazita – gezit, mashina – mashiun, apteka – aptik kabi. Urgut shevasida ham mino’t, gazit, meshin, eptik tarzida ishlatiladi. Masalan, gazetti elli, mashin minan elip kelli kabi.Shuningdek, gazeta – gez`t, mino’ta – m`n`t, mashina – mesh`n, kvartira – kuvert`r, telegramma – telegrem kabi apokopa hodisasi Qarnob, Chuvalloq, Kattaqo’rg’on tumani ayrim jamoa xo’jaliklaridagi qishloq shevalarida hamda Uyshun shevasi vakillari talaffuzida bir a unlisining tushib qolishdan hosil bo’ladigan o’ziga xos xususiyat hisoblanadi. 1905 – 1917 yillardagi adabiy til materiallarini olaylik. Bu davrda ham, tarixiy manbalarning ko’rsatishicha, apokopa hodisasi yuz bergan. Jumladan, o’sha yillarda rus tili orqali kirib kelgan kvartira, palata, fabrika, granat, kontora, minuta so’zlari kuvartir, palat, pabrik, giranat, kontor, mino’t shakllarida qo’llanilgan.
ELIZIYA
Eliziyaning hamma turlari o’zbek lahja va shevalari uchun xos bo’lib, ularning deyarli hammasi uchraydi:
A) eliziyaning birinchi turiga: o’ta olmaydi – otolmayd`// otelmeydu,shu erda –she:r, bu yokka – beke,shu yoqqa –sheqe, bu er – be:r kabilar kiradi;
Men sheqe boremen ( Marg’ilon), sen shatte turetur (Jizzax), beke ke, akke kett` – kettene, ettete (Uychi) kabi. eliziyalanish hodisasini Urgut va Samarqand shevalarida ham ushratamiz: bora olmay – borolmay, bu yoqdan – baxdan, olti oy – oltoy, yoza oladi – yozoladu, yozayotgan – yozotkan, kila oladi – k`loladu so’zlarida u va a unlilari to’liq eliziya hodisasiga uchrayapti. Masalan, bizlar kecha borolmay qolduk; she:ga//she:rga bizardi tushurdi, sogra buyozotkan kishi aytti; be:rga kel ( Samarqand); oltoygacha moshin xaydamayman;she:k karap kelaverdi. Mardonqul xatti yozoladu ( Urgut) kabi.
Bu hol Kattaqo’rg’on tumani qipchoq shevalarida ham mavjud.Masalan,shaxta, manaxta, sheke, biyeke, ketuvdii, ekkilevdi, eytkendim kabilar Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi Nayman shevalari vakillarining talaffuzida ham unli tovush bir vaqtda yonma-yon kelsa, biri tushib qoladi. Masalan, bora oladi – baraladi; qola oladi – qalaladi kabilar;
B) ikkinchi turiga: bu erga – bu:rda, u er – u:r, qaysi er – qe:r (Qarnob) kabilarni ko’rsatish mumkin;
V) eliziya hodisasining bu turi ham o’zbek xalq shevalari materiallarida uchrab turadi. Bu to’liqsiz fe`llarning mustaqil so’zlar bilan birikma holda kelishi bilan bog’liqdir: bo’lar ekan – boleyken, bir edi – b`rd`,shuning uchun –shun`ychun, olgan edim – olgend`m kabilar. Shevadagi kelgan edim – kelgend`m, yuvib kel – yubke, o’qir ekan – ak`yken kabilar ham eliziya hodisasiga xosdir.
Yuqoridagi singari xususiyatlar o’zbek tilining Poyariq tumanidagi qipchoq shevalarida ham uchraydi; bunday paytda birinchi so’zning oxiridagi unli fonema tushib qoladi va har ikki so’z va o’zagi, bir bosh urg’u bilan aytiladi. Masalan, to’liq ot, torat – toriat; Solih aka – Soli aka – Salaka, Malla aka – Melleyeke – Meleke kabilar deyarli hamma qipchoq shevalari uchun xosdir.
Bunday xususiyatlar arab tilidan kirgan va birdan ortiq o’zakdan yasalgan kishi otlarida ham uchraydi. Masalan, Abdusattor –Epsetter – Epsettor, Podsho Ali – Poshsheli// Posheli, Abdualim – Abdalim// Ebdelim, Abdulla aka// Ebdelem singari.
Yuqoridagilardan tashqari, o’zlarining paydo bo’lish yo’llari xarakterli bo’lgan eliziya hodisasining mavjudligi ham ko’zga tashlanib turadi. Masalan, Toshkent, Jizzax,Shahrisabz, Qo’qon kabi shevalarda ene shu – ensh` tarzida uchraydi. Andijon shevasida esa one shu - ensh`/esh` shakliga ega bo’ladi. O’g’uz guruh shevalari materiallarida ene shu/ enshu deb ishlatiladi. Qipchoq shevalaridagi nimish – nima ish, bag’da ochiugan – bog’da ochilgan, ekqoliuniu – ikki qo’lini, shakkarap –shu yokka qarab kabilar ham eliziya hodisasi bilan bevosita bog’liqdir.
V. V. Reshetov o’zbek tilining qipchoq shevalarida eliziya hodisasining bir muncha kengroq qo’llanilishini alohida ta`kidlaydi. Chunonchi: hardar – haridar, Namanganda – xordor, adabiy tilda – xaridor; xemsha – xemishe, adabiy tilda – hamisha. qorluq-chigil- uyg’ur shevalarida esa olt`ov – oltov;
eliziya hodisasi boshqird, turkman, tatar tillari materiallarida ham mavjud. Chunonchi, boshqird tillarida kilgeynom – kelgennem, turkman tilida: meninchun – meninuchin, tatar tilida: nerse – neirse kabi. Shuningdek, ozarbayjoncha: abri – abiri, anri – anari, grov – girov; no’g’ay xalq shevalarida: burni – buruni, vaqti – vaqio’ti; brev – biravi, oturshi – oturushi kabi.
UNDOSHLAR TARKIBI.
O’zbek shevalaridagi undosh fonemalar, asosan, adabiy tildagi holatga mos keladi. Unda hozirgi adabiy tildagi ba`zi undoshlar qo’llanil-maydi.Shevadagi c, f, j undoshlari shular jumlasidandir. O’zbek adabiy tilidagi c undosh tovushi bu shevalarda ham ts yoki s undoshlari tarzida ishlatiladi. Shevalarda mustaqil fonema sifatida k o’zga tashlanmaydi va p undoshi bilan almashinib keladi. U ba`zi bir yachiy hamda undov so’zlarda hamda o’zlashtirilgan bir necha so’zlarda ham uchraydi, holos. Samarqand – Buxoro shevalari esa bundan mustasnodir. Adabiy tilimizdagi j undoshi shevada j va j deb ikki xilda qo’llaniladi.
J – undoshi boshqa tillardan fors, arab va rus tili orqali kirib kelgan ba`zi bir so’zlardagina keladi. J undoshi qipchoq guruhi shevalarida ko’proq ishlatiladi. Qipchoq guruhini tashkil etuvchi shevalarning ayrimlarida x tovushi o’rnida k, boshqa bir xildagi shevalarda esa k undoshi o’rnida k undoshi keladi. qolgan undosh tovushlarning hammasini o’zbek adabiy tilidagi holatdan deyarli farq qilmaydi. Ularda uchraydigan ayrim o’zgarishlarga duchor bo’lib turadi.
FONETIK JARAYONLAR.
ANAKOPA.
Anakopa so’z oxirida keluvChi undosh tovushlarning tushib qolish hodisasidir. Bu fonetik hodisa o’zbek lahja vaShevalarida mavjud. Jumladan, AndijonShevasida ll, ss, mm, zd, st kabi undosh fonemalar o’zaro birikib kelganida, o’sha biriktirilgan undoshlardan biri tushirib talaffuz qilinadi. Masalan, gramm – g`rem, poyezd – poy`z kabi.
Ba`ziShevalarda bir bo’g’inli so’zlar oxirida ham anokopa hodisasi uchraydi: to’rt – to’r, qasd – qas, rost – ros, kel – ke, do’st – do’s, g’isht – g`sh kabi.
O’zbek xalqShevalari vakillarining talaffuzida qator unlilarning so’z oxirida keladigan t undoshi talaffuzda tushib qolishi xosdir. Samarqand viloyatidagi UyshunShevasida: dust – dos, gusht – gosh, YomShevasida: gusht – gosh, poytaxt – poytax; VodilShevasida: Toshkent – Toshken, juft – jup; Farg’ona, Andijon, Qo’qonShevalarida: kaft – kep; UrgutShevasida: gusht – gosh, payvand – payvan; SamarqandShevasida: Samarkan, posh`s, darax; Bulungur tumani YAngiravot qishloqShevasida: pas – pes, gisht – giush, Toshkent – Teshken, gusht – gosh tarzida talaffuz qilinadi.
ASSIMILYATSIYA.Assimilyatsiya hodisasi undoshlarning yon tovush ta’sirida yumshalishi, jarangli va jarangsiz bo’lish, paydo bo’lish o’rniga ko’ra o’zgarishi natijasida yuzaga keladi. Assimilyatsiyani progressiv va regressiv, to’liq va qisman deb farqlarga ajratish mumkin. Assimilyatsiya hodisasini shu tariqa guruhlashtirish odat tusiga kirib kelgan, barcha darslik va qo’llanmalarda shu holga rioya qilinadi.
Progressiv assimilyaciya. Bunda so’zlarda oldingi tovushning bevosita ta`siri natijasida keyingi tovush o’z xususiyatini o’zgartiradi va oldingiga o’xshash tovushga aylanadi. Masalan, ld – ll: soldat – sollat, td – tt: o’tdi – o’tti, nd – nn:shundan –shunnan – unnan kabilar.
Ular Toshkent, Namangan, Qarnob, Yom, Nayman, Xorazm, Uychi, Baxmal, Burko’t, Qang’li, Urgut, Kattaqo’rg’on, Samarqand, Ispanza, Yangiravot kabi shevalarda ishlatilishi bilan ajralib turadi. Biroq mazkur hodisaning tarqalish doirasi bir xil emas.
qorluq-chigil- uyg’ur guruhi shevalarida Kattaqo’rg’on shevasi vakillarining talaffuzida esa mazkur hodisa ko’proq uchraydi. hatto, Shevachilikda eng kam tajribaga ega bo’lgan kishi ham buni tezda farqlay oladi. Masalan, bo’ldi – boll`, oldi – oll`,shunday –shunnayey, nonday – nonney, indamay – innemay, bu yokka – bakka, sandan – sennen, jondan – jonney, sanday – senney kabilar.
Progressiv assimilyatsiya Samarqand viloyati Ming hamda Uyshun shevalari vakillarining talaffuzida ham mavjud. Masalan, aldadi – elledi, soldat – sollat; Saroy, Mang’it, Xitoy, Nayman shevalarida: ishim tuvriu dep mani allama; avkattiu tes – tes jeger; jetti olchep bir kes degan maqol bor; exmet xemme nerselerni sattiu va boshqalar.
Qiyos qiling:
Urgut shevasi
|
Burkut shevasi
|
Adabiy til
|
Chomma
Ottiu
Ottei
Sotti
Etti
|
Choppa
Atti
Attei
Sotti
Jetti
|
Chopma
Otni
Otdan
Sotdi
Etti
|
Bunday assimilyaciya hodisasi qo’mik, boshqird kabi turkiy tillarga ham xosdir.
DISSIMILYASIYA.
Bu hodisa ham o’zbek shevalarida ma`lum darajada uchrab turadi. Qarnob shevasida: zarur – zaril, kassir – kest`r, amma – embe, zarar – zelel; Urgut shevasida: zarur – zalul, bilan – minen; Parkent shevasida: zarar – zalal kabilar.
Dissimilyasiya hodisasi Yom, Xorazm, Niyozboshi, Ming kabi sheva vakillarida nisbatan kam uchraydi. Masalan, zarar so’zi Xorazmda zelel, Niyozboshi, Ming shevalarida zelel/zerel shakllariga ega bo’ladi.
Qipchoq lahjasida dissimilyasiya hodisasi apcha keng tarqalgan. Masalan, nodon – leden, zarur – zeril, biror – biuran, kassir – kestir, mumkin – munkin kabi.
Dissimilyaciya hodisasi assimilyaciya kabi ikki xil: progressiv va regressiv dissimilyaciya shaklida bo’ladi.
Progressiv dissimilyasiya: zarar – zerel//zelel, zarur – zerul//zeril kabi.
Regressiv dissimilyasiya: cht >sht: uchta – ushte, pochta – poshte ( qorluq-chigil- uyg’ur); gu > vu: bugdoy – buvday; gm > ym: tugma – tiyme, tegma – tiyme; gn > yn: igna – iyne, egnim – iynim (qipchoq) kabilar.
METATEZA.
O’zbek tilida metateza u yoki bu so’z tarkibidagi undosh tovushlarni o’zaro o’rin almashishidir. Masalan, qarluq-chigil- uyg’ur lahjasida: tuproq – turpok, yomgir – yogm`r, aylanay – eyleney, daryo – deyre//dere, supra – surpe, dunyo – duyne, devor – devol shakllari uchraydi.
Bu fonetik hodisa til taraqqiyotining yaqin davrlari ichida paydo bo’lmasdan, balki juda qadimgidir. Chunonchi, «Devoni lug’otit turk» da ham metateza hodisasi mavjud bo’lib, uning qadimiyligini ko’rsatishga xizmat qiladi. Ushbu borada Mahmud Qoshg’ariyning quyidagi so’zlari muhimdir: «Kajo qabilasi bug’doy so’zini budg’oy talaffuz qiladi. U qabila kishisini bilish uchun shu so’zni ayttirib ko’rish ham odat edi» (II, 9 - bet).
Hozirgi o’zbek adabiy tilidagi o’rgan so’zi «Devoni lug’otit turk» va « Qutadg’u bilig» da ug’ran shaklida ishlatilganligini ko’ramiz.Shuningdek, yomg’ir so’zi XI asr yozma yodgorliklarida yog’mir < yog’mir deb ishlatilganligi aniqdir.
SPIRANTIZASIYA.
Spirantizasiya hodisasi bir portlovchi undosh tovushning portlovchilik xususiyatini yo’qotib, sirg’aluvchi tovushga o’tishi natijasida sodir bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, bu hodisani undoshlarning yumshoqroq talaffuz etilishi deyish o’rinlidir.
Qipchoq shevalarida: f > p: fabrika – pebrike, fo’tbol – po’tbal; k > x: kunori – kexneri//ke:neri, maktab – mektep; k > y: eshagiga – eshsheyine//eshshegiga; b > v: sabr qildi – sevir kildi; ch >sh: uch – ush, chuchka – choshka, och – ach//ash, kuch – qo’sh; k >x: ekinner gulge kiredigen vax bop kavdiu: erpe talkanniu//talxanniu tuyup mekkege ketedi kabi.
Qorluq-chigil-uyg’ur shevalarida: k > x: k`z eytt`k`, undey mexsed`n`zbose eytt`n; qol`n`z b`len y`n; eltoy saxlan bersay`r ded`; ch >sh: kochdi – kasht`, ichdi – `sht`; t > ch: tish – ch`sh ( Marg’ilon); k > x:shoy` koylekt` k`y`p Toshkan bormoxch` voll`m: kal katta akas`ya xurmayi kat`x alip borgan chokka yolga yogmir yokkan ( Qarshi); u kishinan meni korketkon jey`m yox; kob don kimesulle; qolini pichox kesip ketipto (Shaxrisabz); men butun bel`xler` podshos` ed`m (Namangan); ishka chixtillama ( Urgut); exm`lt`x, korem m`lt`x ot`shem`s yor – yor ; dolege ch`x degende, bezgey kur`sh kiled` ( Farg’ona) kabilar.
QO’SH UNDOSHLILIK.
Bu fonetik hodisa so’zlarning o’rtasida ikkita bir xil undoshlarning qo’shaloq holda kelishidan hosil bo’ladi. Bu xususiyatni o’zbek adabiy tilidagi so’zlarda ham, o’zbek xalq shevalaridagi so’zlarda ham uchratish mumkin. Shevalarda ularning hosil bo’lishi turli xil fonetik o’zgarishlar bilan bog’liqdir. Shuning uchun ham, o’zbek xalq shevalari materiallarida undoshlarning qo’shaloq holda kelishi adabiy tildagiga qaraganda ko’proq uchraydi. Masalan, kassir, chinni, ittifoq kabi so’zlar qator shevalarning materiallarida kest`r ( qorluq-chigil- uyg’ur), chinni, intiupak (qipchoq) deb qo’llaniladi va o’zidagi, ya`ni qo’shaloq kelish xususiyatini yo’qotadi. Shuningdek, adabiy tildagi «tizza» so’zi ko’pincha shevalarda t`z (Qarnob) deb qo’llaniladi. Janubiy Xorazmda dyz deb qo’llaniladi. Demak, adabiy tildagi geminaciya, ya`ni qo’sh undoshlik hodisasi hisoblangani holda, sheva materiallarida o’z xususiyatini yo’qotadi: tok`o – to’qqiz, chaqan – chaqqon, mekejuver` – makkajo’xori, sek`s – sakkiz, onek` – o’n ikki ( Farg’ona), dadam ikkovgayam koylayliy optila ( Qarshi), koyd`n ushtas`n` soyd` ( Marg’ilon).
O’zbek adabiy tili va xalq shevalarida quyidagi grammatik usullar va so’z yasalishlar bilan geminatsiya hodisasi yuzaga keladi:
A) sifatning kuchaytiruv shakli orqali: ok – oppok, sog-sog – soppa sog, (ad. imlo); ak-ak – appak, sag-sag – sappa –sag (qipchoq) kabi;
B) juft so’zlarning yasalishi natijasida: bitta yarimta, opten-soppon, oppon-s`ppon, shartta-shurtta – shertte-shurte ( qorluq- chigil- uyg’ur);
V) tasviriy so’zlar vositasida: ukki, kakku, pirra, chippa-chippe, ushshaymok (ad.imlo); ikki, kekki, pirre, chippe-chippe, ishsheymok (qipchoq) va hokazo.
Qo’sh undosh ma`noni farqlash xususiyatining mavjudligini alohida qayd etishga to’g’ri keladi. Masalan, qorluq-chigil- uyg’ur shevalarida: qoteq (kishilar iste`mol qiladigan sut maxsuloti), qatiq/qott`q ( yumshoqning aksi, qattiq), kalla (organizmning bir qismi, kele jamlovchi son qo’shimchasi, ikkalamiz), sallox sifat, ism, solox, Xayriddin Salox, oppe sifatning kuchaytiruvchi shakli, oppa-oydin (qarindoshlik atamasi) va boshqalar.
Shunday qilib, qo’sh undoshlarning so’z o’rtasida kelishini kurdik. Ular so’zlarning oxirida ham o’zbek adabiy tili va shevalarida uchramaydi.
Takrorlash uchun savollar:
1.Qorluq – chigil –uyg’ur lahjasidagi shevalarda qaysi unlilar qatnashgan ?
2.Qipchoq lahjasidagi unlilar qanday sifatlarga ega ?
3.O’g’uz lahjasidagi unlilarning xususiyatlarini ko’rsatib bering.
4.O’zbek shevalaridagi unlilar qanday xususiyatlarga ega ?
5.Singormanizm nima , uning qanday turlari bor ?
6.Umlaut qanday xususiyatlarga ega ?
7.Unli va undoshlar bilan bog’liq yana qanday qonuniyatlarni bilasiz ?
8.Unlilar cho’ziqligining qanday sifat turlari bor ?
9.Diftong va diftongoid nima ?
10. Kontrast unlilar deganda nimani tushunasiz ?
Tayanch tushunchalar :
Vokalizm – unlilar tizimi.
Konsonantizm – undoshlar
Fonetik qonuniyat – o’zbek shevalarida amal qilinadigan tovush talaffuzi va u bilan bog’liq aql bilan boshqarilmaydigan fonetik hodisalar.
Singormanizm – unlilar uyg’unligi .
Lingval singormanizm – old qator va orqa qator unlilar uyg’unligi.
Labial singormanizm – lablangan unlilar uyg’unligi.
Assimilyatsiya – unli va undoshlarning o’xshab ketishi yoki bir-birlariga singishi.
Dissimilyatsiya – undosh tovushlarda noo’xshashlik.
Unlilar Cho’ziqligi – unlilarning boshqa tovush ta’sirida va uning ta’sirisiz cho’zilishi.
Diftong va diftongoid – bir tovush xususiyatlarining bo’lishi va shunday tovush .
Kontrast unli –old qator va orqa qator xususiyatlariga ko’ra zidlangan unlilar .
Tovush mosligi – so’z ma’nosiga putur yetkazmaydigan tovush o’zgachaliklari.
Spirantizatsiya – nutq jarayonida portlovchi tovushning sirg’aluvchi variantga ega bo’lishi.
Sandhi – bunda ikki so’zning talaffuzi jarayonida oldingi so’z nihoyasidagi undosh keyingi (boshlanuvchi so’z) tovushga moslashadi yoki dastlabki so’zning oxirgi tovushi keyingi so’z unli bilan boshlansa jaranglashadi.
Umlaut – bu qonuniyat fanda unlilarning regressiv assimilyatsiyasi deb ham yuritiladi.Bu qonuniyatga ko’ra affikslardagi old qator unlisini o’z xarakteriga moslab oladi.
Metateza – o’zbek tilida metateza u yoki bu so’z tarkibidagi undosh tovushlarni o’zaro o’rin almashishi .
Anakopa – so’z oxirida keluvchi undosh tovushlarning tushib qolish hodisasidir.
Proteza – ma’lum fonetik sabablarga ko’ra so’zning boshida tovush orttilishi.
Prokopa – so’z boshidagi tovushning tushishi .
Epenteza – so’z ichida tovush orttirilishi .
Epiteza – ma’lum fonetik sabablarga ko’ra so’zning oxirida tovush orttirilishi .
Eliziya – unli tovush bilan tugagan so’zga unli bilan boshlangan so’zning qo’shilishi natijasida oldingi unlining tushishi .
Sinkopa – so’z tarkibidan tovush yoki tovushlar guruhining tushishi ; singilim-singlim, arslon-aslon.
Apokopa – so’z oxiridagi tovush yoki tovushlarning tushib qolishi; kel-ke, to’rt-to’r .
5 – MAVZU MORFOLOGIYA.
MORFOLOGIK XUSUSIYATLAR HAQIDA .
Reja
1.Kelishik kategoriyasi.
2.Egalik kategoriyasi.
3. Fe`l zamonlari.
4.SHaxs-son kategoriyasi.
Adabiyotlar.
1.Reshetov V V,Shoabdurahmonov Sh . “O’zbek dialektologiyasi”, Toshkent, “O’qituvchi”,1978- yil
2.Mirzayev M M , “O’zbek tilining Buxoro guruh shevalari” ,Toshkent, 1969 -yil.
3.Ashirboyev S, “O’zbek dialektologiyasi”Toshkent, 2000 -y / ma’ruza matni/
4.Rajabov N “O’zbek shevashunosligi” Toshkent, “O’qituvchi” 1996 yil.
5.Murodova N “O’zbek tili Navoiy viloyati shevalarining lingvoareal talqini”,Toshkent , “Fan”2007 yil
6.Doniyorov X “Qipchoq dialektlarining leksikasi”, Toshkent, “Fan”, 1997 yil.
So’z turkumlarini aniqlashda morfologik-leksik va sintaktik belgilar asos qilib olinadi, hamda ular turli xil guruhlarga, kategoriyalarga ajratiladi. So’z turkumlarini tasnif qilishda, bu sohadagi qator noaniqliklarni bartaraf etishda Chuqur mulohaza yuritib, ularni ilmiy-nazariy jihatdan asoslash va isbotlab berishda E. D. Polivanov, X. Komilova, U. Tursunov, V, V, Reshetov, A, G’ulomov,Sh.Shoabdurahmonov kabi olimlarning xizmatlari katta bo’lgan.
O’zbek shevalarining morfologiyasini bayon etib berishda mavjud fikr-mulohazalarga asoslanib ish ko’rildi.Shunga ko’ra o’zbek shevalarining morfologiyasi ham mustaqil so’z turkumlari, yordamchi so’z turkumlari va alohida guruhlarga bo’lib o’rganiladi. Ushbu sohalarda sheva materiallarida o’zaro umumiyliklar bilan bir qatorda, o’ziga xos tomonlar ham ko’zga tashlanib turadi. Bu holni kelishiklarning egalik va ko’plik kategoriyalari; fe`l zamonlari, fe`l mayllari hamda fe`lning funkcional shakllarini o’rganish kabi sohalarda aniq tasavvur etish mumkin.Shevalar morfologiyasidagi bunday o’ziga xos tomonlar boshqa so’z turkumlari va kategoriyalarida ham mavjud.
KELISHIK KATEGORIYASI.
Kelishik kategoriyasi otning yoki otlashgan so’zning boshqa gap bo’laklari bilan bo’lgan grammatik bog’lanishini ko’rsatib keladi, ularning gapdagi vazifasini ifodalash uchun xizmat qiladi. Bu xususiyat o’zbek adabiy tili uchun ham umumiydir.
O’zbek adabiy tilida oltita kelishik, beshta grammatik ko’rsatkiCh mavjud. Chunonchi bosh kelishikning qo’shimchasi bo’lmaydi. O’zbek xalq shevalarining bir qismi adabiy tildagi holat bilan umumiylikka ega boshqa bir qismi esa bu jihatdan farqlanadi.Qorluq-chigil-uyg’ur lahjasi guruhiga kiruvchi shevalarning aksariyatida oltita kelishikning to’rtta ko’rsatkichi bor. Bunda qaratqich va tushum kelishiklari bir shaklda, ya`ni tushum kelishigi shaklida keladi. Samarqand, Buxoro, Urgut, Shahrisabz, Kattaqo’rg’on va ularga o’xshash shevalarda jo’nalish va o’rin-payt kelishiklari ham aralash holda qo’llanilib, o’zlarining shakli jihatidan jo’nalish- o’rin-payt kelishigiga o’xshaydi. O’g’uz lahjasida ham qaratqich va tushum kelishiklarining ko’rsatkichlari ko’p hollarda bir xil ko’rinishga ega bo’ladi. Faqat ayrim hollardagina farqlanish ko’zga tashlanib turadi.
Qipchoq lahjasi tarkibini tashkil etuvchi shevalarda ham ba`zan qaratqich-tushum kelishigi holida kelishi uchraydi.
Qaratqich va tushum kelishiklari ko’pgina o’zbek shevalarida bir xil ko’rsatkichga ega bo’lishiga qaramasdan, ularning har biri mustaqil kelishik sanaladi. Jo’nalish va o’rin-payt kelishiklari haqida ham xuddi shu fikrni takrorlash lozim. Mazkur kelishiklar qo’llanilishi , vazifalari, ma`no xususiyatlari kabilar bilan o’zaro farqlanib turadi. Bu, ayniqsa, gap ichida yaqqol ko’zga tashlanadi. Qaratqich birikmada, ya`ni qaratqich kelishigi qaralmishda egalik qo’shimchasining kelishini talab qiladi. Bunga o’xshash xususiyat tushum kelishigida bo’lmaydi va hokazo.
O’zbek adabiy tili va uning lahja va shevalarida quyidagi kelishiklar mavjud: bosh kelishik, qaratqich kelishigi, tushum kelishigi, jo’nalish kelishigi, o’rin-payt kelishigi, jo’nalish kelishigi, o’rin-payt kelishigi, chiqish kelishigi.
BOSH KELISHIK.
Bosh kelishik hech qanday qo’shimchaga ega bo’lmaydi. Bu xususiyat o’zbek adabiy tili uchun ham, o’zbek xalq shevalari uchun ham umumiydir. Bosh kelishikda kelgan so’z o’zining shakli jihatidan so’zning o’zak yoki negiziga teng keladi. Demak, bosh kelishikdagi so’z otda ega bo’lib keladi. Masalan, Isrofil narsalarni yig’ip bitta choynak bilan piyolani olip jonadi ( Samarqand), ene b`r odom kelept` ( Qo’qon), Ker`m b`zen`k`ge edi ( Kattaqo’rg’on) kabi.
Shunday qilib, bosh kelishik shaklidagi so’z gapda kesim bo’lib keladi yoki tarkibli kesimda uning ajralmas qismi sifatida qo’llaniladi. Bunday vaqtda ular egaga bog’lamalar yoki ohang orqali birikadi. Masalan, Joldash okuvch` (qipchoq), dekanchilikdi sakasayam – bugday (Mankent).
Bosh kelishikda kelgan so’z boshqa kelishiklarni hosil qilish uchun boshlang’ich, ya`ni dastlabki shakl deb qabul qilinadi: paxtaniu talasiu, exmetti ishte kordim, choynekde chay damnep chikardi, suvdi mexmannardi ald`ga koydi (Qipchoq).
QARATQICH KELISHIGI.
O’zbek adabiy tili materiallarida qaratqich kelishigi faqat bir qo’shimcha bilan, ya`ni - ning qo’shimchasi bilan hosil qilinadi. O’zbek xalq shevalarida esa u turlicha qo’shimchalar yordamida kelishini ko’ramiz. Jumladan, qipchoq shevalarida - niun, - nin ko’rsatkichlari bilan bir qatorda - niu, - ni va ularning turli ko’rinishlari bilan yuzaga keladi. Qorluq-chigil- uyg’ur guruh shevalarida qaratqich kelishigi tushum kelishigining shaklin` bilan ishlatiladi . O’g’uz lahjasidagi shevalarda esa qaratqich kelishigi – nin ,
- nin, tushum kelishigining shakli - ni, - ni va qadimiy shakli bo’lgan - in, - in bilan ishlatiladi. So’nggi xususiyat qorluq-chigil- uyg’ur va qipchoq lahjalari materiallarida - niu, - ni va uning fonetik k o’rinishlari bo’lgan - d`, - t` ko’rsatkichlari ham ishlatiladi: Niqolaydi voktiga mani uch min tannaga sortilar ( Samarqand); et`yd` `ch` hol (turk), kore kekel ki o’zd`, qo’sht` (Andijon), men` `sh`m bitti ( Kattaqo’rg’on) kabi.
Qaratqich kelishigi belgisiz holda ham qo’llaniladi: okuvch`, q`shloq rey`s` ( Kattaqo’rg’on, Qarnob), alma guli naparman, men yariumniu taparman (Qorabuloq) kabi.
Shunday qilib qaratqich kelishigida kelgan otlar belgili va belgisiz holda qo’llaniladi. Bu, ayniqsa, yuqoridagi shahar va ularga o’xshash bo’lgan shevalar uchun xosdir. Bunday vaqtlarda otlarning qaratqich yoki tushum kelishigi shaklida ekanligi qaralmishdagi egalik qo’shimchasi yoki shu ot bilan bog’lanib kelgan fe`l orqali aniqlanadi.
Qipchoq lahjasida ham qaratqich kelishigi qo’shimchalari bir qapcha k o’rinishlarga ega bo’ladi. Bu, bir tomondan, so’z o’zaklarining qattiq yoki yumshoqligiga bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomondan, assimilyativ hodisalar bilan ham bog’lanadi. Masalan, jetmishki o’zniun enesi xeli-xeli kelinchek; atamdin kadri otti; attin jilavini mekkem ushledi, besh koydun goshi bomas nexeri kabi.
Qaratqich kelishigining belgisiz holda qo’llanilishi qipchoq shevalarida ham mavjud: tav echkisi, minlise xadiumiu, goza bergi, bexer xevesi kabi.
O’g’uz lahjasida qaratqich kelishigi qo’shimchasining qo’llanilishi o’ziga xos xususiyatga ega. Uning belgilarini shartli ravishda uchga bo’lib ko’rsatish mumkin:
A) qaratqich kelishigining qo’shimchasi qattiq- yumshoq ko’rinishlarga ega bo’lib, - niun va - nin deb qo’llaniladi: yanniu kishinin, bir qizi bar edi, unin tarjimayi hali;
B) qaratqich kelishigi shakli tushum kelishigi qo’shimchasi - niu, - ni orqali ifoda etiladi: mana uchragan kishini adiuniu bilmeymen;Shuni bilen birge;
V) Qadimgi yozma yodgorliklarga xos bo’lgan - in, - in tarixiy shakllari bilan ishlatiladi. Bu shakllar qattiq va yumshoq undoshlar bilan tugagan so’zlarning o’zak va negizlari bilan qo’shilib keladi: kerekli dashiun agramiyok, kopin ishi qol bolur (o’g’uz) kabi.
Qorabuloq va Iqon shevalarida ham qaratqich kelishigining shakli - in, - in qo’shimchasi bilan ishlatiladi: mene bu uk uzun ketteligi, atiun bashiu kabi.
O’g’uz lahjasida ham qaratqich kelishigi belgisiz qo’llanish xususiyatiga ega: yaxshilik ki o’z yanina girdi, ki o’z xiyoli yarina getken kabi.
Til tarixi materiallarida ham qaratqich kelishigi qo’shimchalari hozirgi adabiy tildagi singari shaklga ega bo’lganligini ko’ramiz. Masalan, O’rxun-Enasoy yozma yodgorliklari, «Devonu lug’otit turk», Alisher Navoiy va uning zamondoshlari asarlarida - niun, - nin qo’shimchalari qaratqich kelishigini hosil qilgan.Shuning bilan birga, qo’shimchaning - nun, - nun kabi variantlari ham uchrab turadi. O’rxun-Enasoy yozma yodgorliklari materiallarida esa - iun, - in shakllari ham mavjud. So’nggi qo’shimcha qisman XI asr yozma yodgorliklarida ham uchrab turadi.
TUSHUM KELISHIGI.
Qorluq-chigil-uyg’ur lahjasiga oid shevalarda tushum kelishigi – n` qo’shimchasi bilan shakllanadi: kiumdakium olse, un` mozorge obor`p koy`shs`n (Toshkent); bu odamlarni kochaga chiqardi ( Samarqand); un` kuv`p ch`karvered` ( Farg’ona); Ker`mn` bozorga kord`m ( Kattaqo’rg’on); n`nen` berver (Jizzax) va boshqalar.
Ayrim hollarda tushum kelishigi - d`, - t` qo’shimChasi bilan qo’llaniladi. Masalan, kore ke:k`l k`zd`, qo’sht`, ott` ote-enesini old`ge obord` (Andijon), `tt` koppas, ott` teppas deb bomayd` ( Qarshi), togd` taman bosiptu ( Urgut) kabi.
Qorluq-chigil-uyg’ur shevalarida assimilyaciya hodisasi bilan bog’liq holda tushum kelishigining shakli - z`, - m`, - l`, -sh`, - p`, - ch` kabi ko’rinishlarga ega bo’ladi. Bu ayniqsa, Toshkent, Namangan,Shahrisabz, Urgut, Kattaqo’rg’on kabi shevalarda ko’proq ko’zga tashlanib turadi: u o’z`n chochch` yexsh` kored` (Toshkent); b`zz` mextep okuvchiler` ( Kattaqo’rg’on); konullig’am bosiptu ( Urgut) kabi.
O’g’uz guruhidagi turkiy tillarda gund uzun, kishin (kishda) kabi so’zlar ham uchraydi. Bular qadimgi yozma yodgorliklar tilida alohida kelishikni, ya`ni qurol kelishigini tashkil etgan bo’lib, hozirgi vaqtda bu xususiyat ayrim turkiy tillarda - n, - in, - un kabi shakllari saqlanib qolganligini ko’ramiz. Ularning ba`zilari hozirgi vaqtda holat va vaqt ravishlarini ifoda etadi.
- in, - in qo’shimchasi O’rxun-Enasoy yozma yodgorliklari, Alisher Navoiy va uning zamondoshlari asarlarida ham uchraydi va apcha keng miqyosda ishlatiladi. Tarixiy yozma yodgorliklarda hozirgi - niu, - ni ko’rsatkichlari ham to’la ravishda qo’llanilgan.Bulardan tashqari – iug, - ig, - ug, - ug kabi ko’rinishlari ham mavjudligi yodgorliklar materiallarida uchrab turadi.
Qipchoq guruhi shevalarida tushum kelishig quyidagicha shakllarga ega bo’ladi: - di, - di, - ti, - ti, - ni, - ni. Bulardan, - ni, - ni qo’shimchasi unli tovushlar bilan tugagan so’zlarga qo’shilib keladi: atasiuniu eytip keldi, gav echkisini ushlep aldi kabi.
- di, - di, - tiu, - ti qo’shimchalari undosh tovushlar bilan tamom bo’lgan so’zlarga qo’shiladi. Bulardan - ti, - ti qo’shimchasi assimilyaciya natijasida yuzaga keladigan hodisadir: Kerimdi bazarga jiger; suvdiu miymannardi aldiga koydiu; to’tti jegeni tavush kiyin; hozir atti korish emirmexel; pishekti kuvip ketti kabi.
Yuqorida qayd etilgan qaratqich va tushum kelishiklari materiallarida ularning shakllari jihatidan ham farqlanishi aniq ko’rinib turibdi. Lekin bu chegara hamma vaqt ham qat`iy bo’lib qolavermaydi. Bu shevalarda qorluq-chigil-uyg’ur lahjasidagi singari bir xil shakl kelishik- qaratqich va tushum kelishigi shaklida qo’llanilishi va o’zida ularga xos ma`no vazifalarini o’tash hollari uchrab turadi.Qaratqich va tushum kelishiklarining umumiy qo’shimchali holati hamma qipchoq shevalari uchun umumiy deyish mumkin. Masalan, bovaydiu uch uliu boreken; mexmannar suvdi choynig bilen otiup jugerdi, vu qaykini vaxtini xush etsenchi kabilar.
Bulardan tashqari, so’zlarning o’zak-negizlarida lablanish-lablanmaslik, qattiq- yumshoqlik va boshqa fonetik qonuniyatlarga muvofiq qipchoq shevalari – nu, - nu, - du, - du, - tu, - tu singari bir qapcha tushum kelishigi qo’shimchalari ko’rinishlariga ham ega bo’ladi. Bu, asosan, Yangiqo’rg’on tumanining qipchoq shevalari uchun xosdir.
Qipchoq shevalarida ham tushum kelishigi belgili shakl qo’llanilishi bilan bir qatorda, belgisiz holatda kelishi apcha keng tarqalgan. Masalan, suv ichip ke, ish bajar, ash je kabi.
O’g’uz lahjasiga kiruvchi shevalarda so’zlarning o’zak-negizlari qattiq- yumshoqligiga qarab, - ni, - ni qo’shimchasi bilan qo’llaniladi; … sunnatla:niu bakaredi, u jekleni bakiup yurdi, balalariuniu chaqirdi kabi. Bu lahjada tushum kelishigi vazifasida - iu, - I shakllari ham ishlatiladi. Masalan, mallardini kele ekit dedi kabi.
Tushum kelishigining belgisiz holda kelishi o’g’uz lahjasida ham uchraydi. Qorluq-chigil- uyg’ur, qipchoq va o’g’uz lahjalarida qaratqich kelishigidagi singari tushum kelishigi ham belgili va belgisiz kelishi mumkin. Har ikkala holatda ham turli xil aniqlovchilik vazifalarini bajaradi. Ular narsaning aniq va noaniq, umumiy va xususiy ma`nosiga aloqador bo’lmaydi.
Ba`zan lingvistik materiallarda tushum kelishigining belgisiz holati bilan bosh kelishikni aralashtirmaslik lozim. Bunda hech vaqt ikki kelishik shaklini bosh va tushum kelishigining shakli deb qaralmasdan, faqat tushum kelishigining belgili va belgisiz shakli deb karash lozim. Masalan, bitta kitob ko’rsating, xat yozmoq, ish bitilmoq, observatoriyani tomosha qilmoq kabi to’g’riroq bo’lsa kerak deb o’ylaymiz.
So’nggi vaqtlarda ayrim manbalarda, o’zbek adabiy tilida oltita kelishik va ularning o’ziga xos oltita shakli bor degan fikr qayta- qayta takrorlanmoqda. Bunda bosh kelishikda ham ko’rsatkich mavjud deb gumon qilinadi. Bizningcha, bu yanglish fikrdir. Chunki o’zbek tilining tarixiy taraqqiyot yo’llarini belgilovchi materiallar,hatto, qadimgi yozma yodgorliklar, jumladan, O’rxun-Enasoy yozma yodgorliklarida ham bosh kelishikning ko’rsatkichi borligi tasdiqlanmaydi. Demak, bosh kelishikning qo’shimchasining mavjudligi til tarixi manbalarida ham o’z ifodasini topmagan, hozirgi shevalar ham bu haqda guvohlik bera olmaydi.
JO’NALISH KELISHIGI
Qorluq-chigil-uygur shevalarida jo’nalish kelishigining qo’shimchasi – ge shaklida qo’llaniladi. Bu ko’rsatkich unli va undoshlar bilan tugagan so’zlarga farqsiz qo’shilib kelaveradi; Murod mexsed`ge yet`pt` (Toshkent); bu odamlarniu bitta-bitta kochaga chikordi ( Samarqand); `lon erige shunday dept` ( Farg’ona); eyemle delege bored`le ( Kattaqo’rg’on) kabi.
Chuqur til orqa k, g undoshlari kabilar bilan bitgan so’zlarga – ge qo’shimchasi qo’shilganda, jo’nalish kelishigining shakli – kelishigiga ega bo’ladi. Masalan, bokke borov o’z, d`yd`le (Toshkent, Qarnob); ochokka ot kele, dept` ( Farg’ona); nond` ol`p k`shlokka boremen ( Marg’ilon;) yog yokka tomed`, moshavaya jazam yoq ( Qarshi) kabi.
So’zlarning oxiri k, p, s, t,sh, x kabi jarangsiz undoshlar bilan tugaganda, jo’nalish kelishigining ko’rsatkichi - ke holatida qo’llaniladi. Masalan, tagim b`r kiyin `shke yuberemiz (Namangan); oshka polvon, `shka shol ( Qarshi); esh`kke surkelmey `chker`ge k`r ( Kattaqo’rg’on); pelukke eluk yokov o’z (Qarnob) singari.
Shevalarning ba`zilarida - ge qo’shimchasi g, g undoshlari bilan bitgan so’zlarga qo’shilganda ham o’zgarishsiz qo’llanilish hollari uchrab turadi. Bu Qarnob shevasi uchun xos xususiyatdir. Masalan, toqqe xemmes` bor`shge joned`; bergge borotm`z va boshqalar.
Jo’nalish kelishigining - e qo’shimchasi bilan qo’llanish holati mavjud bo’lib, ko’proq y, m, l, r, p, n sonor undoshlari bilan tugagan so’zlarga qo’shilib keladi. Masalan, uye k`r`p k`key (Jizzax); ekeme aytt`; men` depterlerim uye kopt` ( Kattaqo’rg’on); men sene n`me ded`m (turk); Baxmale qoy xeydeyb`z, bozorge borov o’z (Qarnob) kabi.
Ushbu shevalarda jo’nalish kelishigining qo’shimchasini qabul qiladigan so’z unli tovush bilan tugagan bo’lsa, bunday holda uning ko’rsatkichi - ye ko’rinishiga ega bo’ladi. Masalan, xovl`e, bedoneye, deleye (Toshkent); odem ko(r)kkan vekke tili kelimeye kemey qoleyken (Shaxrisabz) : tepeye ch`kd`le ( Kattaqo’rg’on) va boshqalar.
Bayon etilayotgan guruh shevalarining ayrimlarida - ge va - ye o’rnida tushum kelishigining qo’shimchasi qo’llanilishi bu guruh shevalaridagi o’ziga xos tomonlardan sanaladi. Masalan, xojani borip aytin, mani turing, navbat sizniki dedi ( Samarqand) kabi.
Qorluq-chigil-uyg’ur shevalarida jo’nalish kelishigining belgisi yashiringan holda kelishi mumkin. Lekin tushirib qoldirilgan shakli, jumladan, aniq anglashilib turadi: ekemle bozor bordile (bodd`le); ule Semerken kett` ( Kattaqo’rg’on); yek`nda Toshkon borovo’z, Bumot desh ketgan (Qarnob) singari.
Qipchoq guruhi shevalarida jo’nalish kelishigining qo’shimchasi quyidagicha ko’rinishlarga ega bo’ladi: - ga, - ge, - a, - e, - ka, - ke. Ko’rinib turibdiki, bular qattiqlik va yumshoqlik, til oldi va til orqa unlilari hamda qisman yonma-yon kelgan ayrim undosh tovushlar ta`sirida yuzaga keladi va qo’llaniladi. Bu esa singormonizmning shevalardagi o’ziga xos xususiyatlaridan hisoblanadi: uyam ishiga jonadi, uniu gevige kirmedi,bu balaga bir jash toldiu, siz bilekke ishemmen, atama massiualdium; atana bar, enene bar, uyime barganium jok kabilar.
Jo’nalish kelishigining ko’rsatkichi kishilik olmoshlarining birinchi, ikkinchi, uchinchi shaxs birlik shakllariga ega bo’ladi. Bu xususiyat qipchoq lahjasini tashkil etuvchi ko’pchilik shevalar uchun umumiy xususiyatdir. Bu shevalarning ba`zilarida esa boshqacha manzarani ko’ramiz. Ularda kishilik olmoshlarini jo’nalish kelishigida qo’llaganda, magan//megen, sagan//segen, ugan//ogan deb qo’llaniladi. Bu xususiyat Qurama va Bulung’ur, Poyariq, G’allaorol va Ishtixon kabi tumanlardagi qipchoq shevalarining vakillari nutqida ishlatiladi. Ayrim qipchoq shevalaridagi magan, sagan, ogan kishilik olmoshlari hozirgi qozoq, qirg’iz, qoraqalpoq va qo’mik tillarida ham mavjud. O’zbek tilining qipchoq lahjasidagi bu xususiyat bilan yuqoridagi turkiy tillarning qipdhoq guruhiga kiruvchi tillarda bu shakllarning mos kelishi ulardagi o’zaro umumiyliklar bilan izohlanadi.
Jo’nalish kelishigining kishilik olmoshlariga qo’shilib ishlatilishidagi bu shakli boshqa grammatik ko’rsatkichlarga nisbatan shevalar vakillari nutqida apcha mustahkam saqlanib kelmoqda. Natijada ular adabiy til me`yorlarini egallagan ziyolilar va o’qituvchilar, jumladan, filolog o’qituvchilar nutqida ham uchrab turadi. Bunday hollarda sheva vakillarining nutqiga qarab, ular qipchoq shevasining qaysi biriga oidligini osongina aniqlash mumkin.
O’g’uz lahjasida ham jo’nalish kelishigi bir qapcha shakllarga ega bo’ladi: - ge, - k, - a, - e, - na, - ne. Masalan, kirk diyege yuklep yigitke kop dunya beripti; paxtage, arkasina, muradina etti, shakllari o’g’uz lahjasida apcha faol qo’llanuvchi qo’shimchalardandir. Jo’nalish kelishigida qo’llaniladigan qo’shimchalarning hammasini yuz foiz deb olinsa,Shundan kamida 50 foizini - a, - e qo’shimchalariga ajratishga to’g’ri keladi.
Til tarixining asosiy manbalari hisoblangan O’rxun - Enasoy yozma yodgorliklari, «Devonu lug’otit turk», Navoiy va uning zamondoshlari asarlarida jo’nalish kelishigi qo’shimchalari o’zbek xalq shevalaridagi qo’shimchalar bilan umumiylik va birlikka ega. Ulardan ba`zilari arxaiklashib, iste`moldan chiqib ketgan. - garu, - geru, - karu, - keru, - ra, - re, - ru kabilar shular jumlasidandir. - ra, - re, - ru, - ru qo’shimchalari - garu, - geru, - karu, - keru ko’rsatkichlariga nisbatan qadimiydir.
Hozirgi turkiy tillar, jumladan, o’zbek tili materiallarida bu kelishik qo’llanilmydi. Ularning ayrim ko’rinishlari jo’nalish kelishigida ifodalanadi, ba`zan ravishlar va ko’makchilar doirasida ishlatiladi.
O’RIN-PAYT KELISHIGI.
Qorluq-chigil- uyg’ur lahjasi guruhlariga kiruvchi shevalarda o’rin-payt kelishigi - de, - ge qo’shimchasi bilan shakllanadi. - de unli va jarangli undosh tovushlar bilan tugagan so’zlarning o’zak va negizlariga qo’shilib qo’llaniladi. Masalan, keto se iu olde b`r ok dervoze kor`n`pt` (Toshkent); dunyode n`men` et`Sh`r`n tur`pt` (Andijon); odemd` odem seperde b`ledi (Jizzax); men borsem egde hech: k`m yogeken ( Kattaqo’rg’on). So’zlarning oxiri jarangli undoshlar bilan tamom bo’lganda esa – te holida ishlatiladi; bizardi zavo’tte ishlaysan dedi ( Samarqand); to’tt` xos`l kopu, berekes` yog (Turkiston) kabi.
Ushbu guruhlarga kiruvchi shevalardan Samarqand, Buxoro, Qarshi, Kattaqo’rg’on, Urgut, Shahrisabz kabilarda o’rin-payt kelishigi bilan jo’nalish kelishigi ko’rsatkichlari bir-biridan kam farq qiladi va aralash holda kelaveradi. Bu xususiyatni mashhur shevashunos olim E. D. Polivanov ham o’zining Samarqand shevalariga bag’ishlangan ishlarida o’z vaqtida alohida qayd qilgan edi: bachala maktabga okuydi; tor kishi yoniya tapponchasi bor ( Samarqand); biza qishloqqa turamiz (Buxoro); Samarqandga yashaydi ( Qarshi). Bu xususiyat ba`zan, JizzaxShevasida ham uchraydi. Masalan, oz`nge yoq, olemge yoq; epem delege `shleyd` kabi.
Yuqorida keltirilgan misolardan ko’rinib turibdiki, o’rin-payt kelishigi qo’shimchasi (-de) vazifasida qo’llanilayotgan - ge oxiri unli va jarangli undosh tovushlar bilan tugagan so’zlarga, - ke esa oxiri jarangsiz undoshlar bilan tamom bo’lgan so’zlarga va - ke qo’shimchasi oxiri chuqur til orqa undoshlari bilan bitgan so’zlarga qo’shilib keladi. Ba`zan - ge qo’shimchasi yumshoq holatga ega bo’lib, - ye shaklida ham ishlatiladi va uchraydi. Bu ko’proq so’zlarning oxirgi tovushlari unlilardan iborat bo’lganda yuz beradi va Kattaqo’rg’on, Shahrisabz, Qarshi kabi ayrim guruh shevalarigagina taalluqli bo’ladi: mol kassopt` qoliya halol ( Qarshi); ekemle b`zen`k`e tez-tez kep tured`le ( Kattaqo’rg’on) kabi.
Ikkala kelishik ham faqat jo’nalish kelishigi shakli bilan ifodalanadi, uning aksincha holati bo’lmaydi.Shahrisabz shevasida esa tojik tili unsurlari va uning ta`siri bo’lmasligiga qaramasdan jo’nalish kelishigining o’rnida o’rin-payt kelishigi kelishi ko’zga tashlanib turadi. Bu xususiyat ziyoli va o’quvchilar nutqiga xos tomonlardan hisoblanadi. Masalan, kinoda boru:duk, choyxonada kett` kabi.
Qipchoq lahjasini tashkil etuvchi shevalarda o’rin-payt kelishigi - da, - de, - ta, - te qo’shimchasi bilan qo’llaniladi. So’zlarning oxiri unli va jarangdosh unlilar bilan tugaganda - da, - de qo’shimchasi bilan, ya`ni o’rin-payt kelishigi bilan hosil qilinadi: qolda bejerish shert emes, deyrede kuriu tosh jok kabi. Agar so’zlarning oxiri jarangsiz undosh tovushlar bilan tamom bo’lsa - ta, - te qo’shimchasi qo’llaniladi: jaz javin chin teshleme, kishta ozun bilesen kabi.
O’g’uz lahjasida ham kelishik qo’shimchasi qipchoq lahjasidagi shevalar singari - da, - de, - ta, - te shakllari bilan keladi. Bu ko’rsatkichlar ham so’zlarning o’zak va negizlariga qo’shilib kelishi jihatidan qipchoq shevasidagi singari bo’lib, qattiq o’zak va negizlarda unli va jarangli undoshlardan so’ng - da va jarangsiz undoshlardan so’ng - ta qo’shimchasi bilan ifodalanadi (ular bazarda yoli ukiushkanda kabi). Yumshoq o’zak va negizlarda esa unli va jarangli undoshlardan so’ng - te qo’shimchasi qabul qilinadi.
Yuqoridagilardan tashqari O’rxun-Enasoy yozma yodgorliklari materiallarida o’rin-payt kelishiklari qo’shimchasi sifatida – a, - e, - ya, - ye kabi shakllarning qo’llanganini ham uchratamiz. Masalan, oti o’z yashiuma, biriye kabi.
Demak, o’zbek tili tarixini belgilovchi nodir yozma yodgorliklarda, hozirga vaqtda amalda qo’llaniladigan adabiy til ham o’zbek xalq shevalarida o’rin-payt kelishigi shakli bir xil yoki umumiydir.Shu bilan birga, uning o’ziga xos xususiyatlarini ko’rsatuvchi turli xil shakllar ham uchraydi. Lekin baribir o’zak va negizga qo’shilib kelishi jihatidan deyarli farqlanmaydi.
Xalq maqollari, topishmoqlar va ba`zan og’zaki nutqda o’rin-payt va jo’nalish kelishiklari belgisiz holatga ega bo’lib, bosh kelishik shaklida kelishi mumkin. Lekin bunday vaqtda ularni bosh kelishik deb qaramasdan, o’rin-payt va jo’nalish kelishiklarining belgisiz shakllari deb izohlash kerak.
CHIQISH KELISHIGI.
Qorluq-chigil-uyg’ur shevalarida chiqish kelishigining qo’shimchasi –dan shaklida qo’llanadi. U so’zlarning o’zak va negizlariga qo’shilib kelishi jihatidan adabiy tildagi holatdan farq qilmaydi: «…borse kemes kocheden ketovurupt`»; boriup `lon er`den sorept` ( Farg’ona); y`t`nch` osmonden (Namangan) kabi.
So’zlarning jarangsiz o’zak va negizlari oxiriga - gen, - ten qo’shimchasi qo’shilib keladi: itten pas, ltten balan (Buxoro); u s`re gepten komeyd` (Andijon); oshatan opkelmed` ( Marg’ilon); toshten qattiq , gullan nozuk ( Urgut) kabi.
- den, - ten (- tan) ko’rsatkichlaridan tashqari, turli xil fonetik o’zgarishlar bilan bog’liq bo’lgan - ney, - nen, - len, - dem, - tem kabi k o’rinishlari ham uchraydi: oshtem b`r oshem old`m (Andijon); tunna gullen tegd` (turk) kabilar.
Qipchoq lahjasida chiqish kelishigini hosil qiluvchi shakllar bir necha xil bo’ladi. Bular so’zlarning o’zak va negizlari qattiq yoki yumshoq holatga ega bo’lishi bilan bog’liqdir; seni suygennen aytaman; payi o’zdan tuship qaldium; darak beliden sinedi; ishten ketti; Chumchuqtan qorqqan tari ekmes, xovlisiden bitte non chixmadi.
O’g’uz lahjasida ham so’z o’zak va negizlarning qattiq va yumshoqligiga amal qilgan holda chiqish kelishigining qo’shimchasi qipchoq lahjasidagi singari quyidagicha ko’rinishga ega bo’ladi: - dan, - den, - tan, - ten, - nan, - nen: Sharqdan geledigan shamal; men gemesten, bu altiunnan saliungan, uch gunen son kabi.
O’zbek tilining Turkiston, Iqon, Mankent va Qorabuloq shevalarida chiqish kelishigining shakli - diun (endin, tamdin); - din: bitidin, ata-enemdin; - tiun: Choqtin; - tin: gettin, ittin kabi qo’shimchalar bilan shakllanadi.
O’rxun-Enasoy yozma yodgorliklari, «Devonu lug’otit turk» kabi o’zbek tiliga oid yozma yodgorliklarda chiqish kelishigini hosil qilish uchun - dan, - den, -tan, - ten, - din, - dun shakllari qo’llaniladi
Chiqish kelishigida kelgan so’zlar adabiy tildagi singari harakatning boshlanish paytini, o’rnini, uning sababini, biron joy yoki narsaning uzoqlashishini bildirib kelgan. Gapda otlar uyushib kelganda, chiqish kelishigi qo’shimchasini ana shu uyushib kelgan otlarda qo’shilish usullari, ularning vazifalari kabilar hamma o’zbek shevalarida ham adabiy tildagi holatga, asosan, to’g’ri keladi.
Chiqish kelishigi shakli tarixiy nuqtayi nazardan boshqa kelishiklarga nisbatan bir muncha keyinroq shakllangandir. Chunki u eng qadimgi yozma manbalarda kam qo’llangan. Uning o’rniga ko’p vaqtda o’rin-payt kelishigi qo’shimhasi ishlatilgan.
Shunday qilib eng qadimgi yozma yodgorliklarda kelishlarning soni apcha ko’p bo’lib, ularning shaklari ham xilma-xil bo’lgan. Ularning ko’pchiligi hozirgi o’zbek tili va uning lahjalarida ishlatilmaydi. Yodgorliklardagi – din, - tin, - a. – e, - ye, - n, - in kabi shakllar o’zbek xalq shevalari materialarida, qisman, hozirgi o’zbek adabiy tilida ham ( ayniqsa, poyeziyada) uchrab turadi. Ayrim o’zbek shevalarida kelishik qo’shimchalarining miqdor jihatidan ko’p belishi ularda assimilyasiya, ohangdoshlik kabi hodisalarning mavjudligi bilan izohlanadi. Lekin qo’shimchalarning xilma-xil ko’rinishlarga ega bo’lishi ularning miqdoriga ta`sir etmaydi, ya`ni o’zbek lahja va shevalarining hammasida oltita kelishik mavjud.
Fe’l – so’z turkumi.
Fe`l narsa - buyumning harakat va holatini ifodalovchi so’z turkumi sanaladi. Fe`llar shaxslar va narsalar harakatini bildirish bilan birga turli holatni, belgining o’zgarishini ham harakat tarzida anglatadi: bu odamnikida to’rt yildan beri ishlayman; o’zi bir kun jazosi tortar, bir kun izo bo’lar.
So’z turkumlari ichida eng kattasi va murakkablaridan biri fe`ldir. Navoiyshunoslarning statistik ma`lumotlariga ko’ra, Navoiy asarlarida qo’llanilgan so’zlrning umumiy soni 26 mingdan ko’proq bo’lib, ularning 1000 ga yaqini fe`l va fe`l shakllarini tashkil etadi. Fe`llar gap tuzishda kuchli uyushtiruvchilik xususiyatiga ega bo’lib, ko’pgina boshqa so’zlarini o’ziga ergashtirib keladi. Otning kelishiklar bilan turlanishi, asosan, fe`lda ifodalangan ma`no talabiga qarab bo’ladi. Masalan, Bahor keldi, gullar ochila boshladi, men ishdan kelyapman, bu yil maktabni tamomlayman. Gap bo’lak-laridan hol va to’ldiruvchi, asosan, fe`lga bog’lanadi. Ular fe`lda nutq qismlarini birlashtiruvchilik xususiyati – sintaktik holatning kuchli ekanligini ko’rsatishdan iborat. Otda turlanish, fe`lda esa tuslanish asosiy morfologik belgilardan biridir. Bunda leksik jihatdan o’zgarish yuz bermaydi, faqat shaxs - son, zamon singari ma`nolarni ifodalaydi, kesimlik ham ko’rsatilidi. Fe`lning asosiy sintaktik vazifasi kesimlik bo’lib, o’zining turli vazifalarida (sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi) gapning boshqa bo’laklari – ega, to’ldiruvchi, aniqlovchi, hol vazifalarida ham kela oladi.
Fe`l zamon, mayl,shaxs - son, nisbat, bo’lishli - bo’lishsiz kategoriyalari, vazifadoshlik shakllariga ega bo’lib, ularning aksariyati fe`lning ma`nosi bilan bog’liq va faqat unga xos kategoriyalardir.
Fe`l zamonlari.
Hozirgi o’zbek adabiy tilida fe`l zamonlarining tasnif qilinishi, zamonlarin belgilash va qo’llashda xilma - xil qarashlar mavjudligiga qaramasdan, fe`l zamonlari uchga bo’linadi. va quyidagi nomlar bilan ishlatiladi: o’tgan zamon fe`li, hozirgi zamon fe`li, va kelasi zamon fe`li.
O’tgan zamon fe`lini besh guruhga bo’lib o’rganish an`anaga aylanib qolgan. Bu o’qitish jarayoni uchun ham, ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun ham qulaydir:
Yfqin o’tgan zamon fe`li: somsepezz` don`den top`b opkeld`m; Chekuruvd`m kemed`n. Oz`m yep qoyd`m, d`pti (Toshkent); hamma `sht` qip qoydim, ekemner ketti (Qipchoq); u `shtekke k`rd`, bold`m men sen`k` (Jizzax).
Uzoq o’tgan zamon fe`li; olt` kun turip yaan keytip ketamman ( Qarshi); men bu k`topt` oko’p ch`kken; ulelrd` one t`l`s` toj`y t`l` bogeyeken (Jizzax); Cherek yovup koygandim (Shimoliy Xorazm); b`r poden` `shk` shu k`zge tushup qolgen ed` (Namangan).
O’tgan zamon xikoya fe`li: men koy`md` yoqatibdim, dedi; manav korgen eken; bir qoyimni bergey debidim (Qorabuloq).
O’tgan zamon davom fe`li: to olgun`m`z yaxsh`l`k kiul`rd`m (Andijon); ule (r) `shlerd`ler (Payshanba).
O’tgan zamon eshitilganlik fe`li: Kore ke:k`l»etten yshl`k k`ppen» dep xapa bold` (Andijon); karga pichenchige baripti (Turkiston).
O’tgan zamonni hosil qiluvchi fe`l shakllari bilan hosil bo’lgan fe`llarning ma`nolarida umumiy xususiyat, ya`ni ma`no umumiyligi mavjud.Shunga ko’ra, ular ikki guruhga jamlanadi. Lekin ushbu fe`l shakllari har biri o’ziga xos ma`no nozikliklilari bilan ajralib turadi. Bu farqlarni yuzaga keltirish uchun har guruhda boshqa - boshqa qo’shimchalar qo’llaniladi. Ularning ayrimlari o’zaro xususiyatlargi ega. Ana shularni hisobga olgan holda fe`l zamonlariga, ayniqsa, fe`lning aniq o’tgan zamon, aniq hozirgi zamon, aniq kelasi zamon fe`li shakllariga alohida - alohida to’xtalib o’tamiz.
Yaqin o’tgan zamon fe`li.
Yaqin o’tgan zamon fe`li ma`no jihatidan harakatining nutq so’zlanib turgan paytdan oldin bajarilganini anglatib keladi. Bunda so’zlovchi uning bajarilganligini ko’rgandek yoki shu harakatning guvohi bo’lgandek xabar qiladi. Yaqin o’tgan zamon fe`llari o’zlaridagi qo’shimchalarning turli - tumanligi bilan ajralib turadi va bu jihatdan o’tgan zamon fe`llarining boshqa turlaridan farq qiladi.
O’zbek xalq shevalarida yaqin o’tgan zamon fe`lining qo’llanilishi, hosil bo’lish yo’llari, ma`no xususiyatlari vazifalari o’zbek adabiy tilidagi holatdan deyarli farq qilmaydi. Lekin har bir ayrim yoki bir guruh shevalarda adabiy til bilan umumiylikdan tashqari, ulardan har birining o’zigi xos tomonlari mavjud.
Shevalardagi ayrim o’zigi xos xususiyatlarni aniqlashtirish maqsadida O’rxun – Enasoy yozma yodgorliklari, »Devonu lug’otit turk» va Alisher Navoiy asarlaridagi ba`zi fe`l shakllarini chog’ishtirish ularni aniqroq va to’laroq tasavvur etishga yordam beradi.
Yaqin o’tgan zamon fe`lida fe`l shakllarining xilma – xilligi uning o’zak va negizlarida jarangli va jarangsiz undosh tovushlvrning kelishi va qadimgi fe`l hosil qiluvchi qo’shimchalarning saqlanib qolganligi bilan izohlanadi. Bunday fe`llarni hosil qilish uchun fe`l o’zaklariga – di zamon yasovchi qo’shimchasi va tegishli shaxs - son ko’rsatkichlari qo’shiladi. Umumiy tasavvur hosil qilish uchun namuna sifatida bir - ikkita misollarni keltirib, har uchala shaxsning birlik va ko’pliklari buyicha tuslab ko’raylik. Masalan, Toshkent shevasida:
Dostları ilə paylaş: |