I shaxs keld`m kord`m
II shaxs keld`n kord`n
III shaxs kel`d kord`
Ko’plik.
I shaxs kelduk//kelduv// kelduv o’ze,
keld`m`z, kelduv o’z, keld o’z
kord`m`z, korduv o’z, kord o’z
II shaxs keld`n`z, keld`y`z, keld`z
keld`yle, kord`n`z, kord`y`z
kord`z, kord`yle
III shaxs kel`sht`, kor`sht`.
O’tgan va kelasi zamon fe’llarining hosil qilinishi bo’yicha shevalar bir-biridan jiddiy farq qilmaydi.Ma’lumki , bunday fe’llar ravishdosh va sifatdosh shakllari va tuslovchi affikslarningqo’shilishidan hosil bo’ladi. Hozirgi zamon fe’llarida tuslovchi affiksdan oldin qo’llaniladigan zamon ko’rsatkichlari shevalarda turlicha bo’ladi.Masalan, bu shaklda Toshkent shevasida - vot (keyingi “t” undoshi regressiv assimilyatsiyaga uchraydi.Buxoro shevalarida – op, “j” lovchi shevalarda -djatir , - vatir, Xorazm shevalarida –yatir , Qorabuloq shevasida – ayt kabilarni keltirishimiz mumkin
Takrorlash uchun savollar :
1.O’zbek shevalaridagi morfologik xususiyatlar qaysi turkum va kategoriyalarda namoyon bo’ladi ?
2.Ko’plik affiksining adabiy tildan farq qiladigan o’rinlarini aytib bera olasizmi ?
3.Egalik affislaridagi adabiy tildan farq qiladigan o’rinlarni aytib bering ?
4.Shevada turlovchi qo’shimchalarining qo’llanish doirasini ko’rsatib bering ?
5.O’zbek shevalaridan qaysi biri to’rt kelishikli, qaysi biri besh kelishikli holatda hisoblanadi ?
6.Shevalardagi tuslovchi affikslarning tiplarini izohlab bering.
7.Sifatdosh, ravishdosh, va harakat nomi shakllarining hosil qilinishini izohlab bering.
Tayanch tushunchalar :
Egalik affikslari – ot va otlashgan so’zlarning nutqdagi 3 shaxsdan biriga taalluqligini ko’rsatuvchi affikslar .
Turlanish – so’zlarning kelishik affikslarni qabul qilishi.
Tuslanish – fe’llarning shaxs-son affikslarini qabul qilishi .
Yasalish – yangi so’z yasash jarayoni .