2. Quyida “Chorsu gilamlari” firmasining investitsiyalar jalb qi-lish maqsadida ishlab chiqilgan biznes rejasida aks ettirilgan 7 yillik faoliyat haqida ma’lumotlar berilgan:
Million so‘mlarda
|
2006
|
2007
|
2008
|
2009
|
2010
|
2011
|
2012
|
Sotuv hajmi
|
9
|
16
|
20
|
25
|
25
|
25
|
27
|
Sotuv bilan bog‘liq xarajatlar
|
6
|
8
|
9
|
10
|
10
|
9
|
9
|
Qo‘shimcha xarajatlar
|
5
|
3
|
4
|
5
|
5
|
4
|
4
|
Soliqlar miqdori
|
-
|
1
|
2
|
3
|
3
|
4
|
4
|
Soliqdan so‘ng qolgan foyda
|
-2
(9-6-5)
|
4
(16-8-3-1)
|
5
|
7
|
8
|
9
|
10
|
Inventar
|
27
|
8
|
6
|
-
|
-
|
-
|
-
|
Ushbu investitsiyaning ichki qaytaruv normasini hisoblang va unga izoh bering. Agarda inflatsiya darajasi 12% bo‘lsa, investitsiyaning ichki qaytaruv normasi qanchaga o‘zgaradi?
Olingan natijalarni guruhda muhokama qiling.
3. “DVD-Cinena” korporatsiyasining biznes rejasi yillar miqyo-sida amalga oshirilgan investitsiyalarni quyidagi tartibda aks ettiradi:
Investitsiyalar: Y I L L A R
Ming so‘mlarda 0 1 2 3 4 5 6 7 8
Asosiy fondlar 8000 4000 1000 – – – – – –
Ishchi kapital 3000 2000 2000 – – – – – –
Qoldiq qiymat - 1000
Daromad: Y I L L A R
Ming so‘mlarda 0 1 2 3 4 5 6 7 8
Sotuv hajmi:- 3000 5000 5000 7000 7000 8000 8000 8000
Sotuv bilan bog‘liq
xarajatlar – 1800 3000 3000 4200 4000 4400 4400 4400
Brutto marjin (VM) = Sotuv hajmi – Sotuv bilan bog‘liq harajatlar
Operatsion
harajatlar (OX): 700 1200 1200 1400 1400 1500 1500 1500
Soliqqa tortishdan oldingi
operatsion pul oqimi (STOPO) = VM – OX
Soliqlar: – 100 200 200 400 400 500 500 500
Soliqqa tortishdan keyingi pul oqimi (STKPO) = STOPO – Soliqlar
Bilvosita effektlar (Indirect effects) – ishlab chiqarishinig ko‘payishi tufayli “DVD-Cinena” korporatsiyasi pul oqimining qo‘shimcha ra-vishda o‘sishiga erishdi va bu o‘sish birinchi yili 300 ming so‘mni, keyingi yillarda esa 600 ming so‘mni tashkil qildi. Ya’ni,
Bilvosita effektlar: – 300 600 600 600 600 600 600 600
Sizdan ushbu investitsion loyihaning ichki qaytaruv normasini aniq-lash va olingan natijalarni guruhda muhokama qilish talab qilinadi.
4. Amerika qit’asiga yevropaliklar kelmasidan burun u yerda Inklar sivilizatsiyasi bo‘lib, ularning tarkibi ovchilik, dehqonchilik va baliq-chilik orqali avtonom ravishda hayot kechiradigan bir qancha qabila-lardan iborat bo‘lgan. Bu qabilalarning orasida eng kuchlilari Siu va Apachi qabilalari bo‘lgan. Bu ikkala qabila orasida doimo o‘zaro raqo-bat mavjud bo‘lib, ularning har biri boshqasidan o‘zib ketishni maqsad qilgan. Ularning faoliyatiga qabila sardorlari boshchilik qilib, ular ikki paragrafdan iborat bo‘lgan qonunga (konstitutsiyaga) asosan qabila-larini boshqarganlar:
A) Qabila boshlig‘i doimo haq.
B) Agar u nohaq bo‘lsa, A) punktga qaralsin!
Har ikki qabila o‘z kuchlarini ko‘paytirish va o‘zaro raqobatda yen-gib chiqish uchun o‘z o‘lkalaridagi ozod insonlarni qabilalariga jalb qi-lish maqsadida sa’y-harakatlar qilganlar. Qabilaga a’zo bo‘lmoqchi bo‘lgan insonlardan o‘ziga xos jismoniy imtihon olingan – bunda ular o‘zlarining ishga layoqatliliklarini, kuch-quvvatlarini va hunarlarini namoyish qilishlari kerak bo‘lgan. Har bir qabila a’zosi yangi nomzod topsa va u imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirsa, mukofot olishga loyiq deb topilgan. Shuning uchun qabilaning har bir a’zosi kattaroq muko-fot olish va sardor nazariga tushish uchun iloji boricha ko‘proq nom-zodlar topishga harakat qilgan. Tekshiruv hay’ati qabila sardori tomo-nidan tanlangan va uning tarkibi sardorning alohida ishonchiga sazo-vor bo‘lgan va hurmat-e’tiborga loyiq qabiladoshlardan iborat bo‘lgan. Ammo ba’zi tadbirkor va chaqqon qabiladoshlar imtihon topshira ol-maydigan nomzodlarni ham tekshiruv hay’ati bilan kelishgan holda qabila tarkibiga kiritishga harakat qilganlar. Tekshiruv hay’ati a’zolari va nomzodni taklif etganlar bu xizmatlari uchun asli nobop bo‘lgan nomzoddan tegishli mukofotlar olganlar, albatta. Qabila sardori ham xazinani to‘ldirish maqsadida bu ishlarga ko‘z yumishga majbur bo‘lgan. Bu esa birinchidan, nomzod topishni katta foyda keltiradigan faoliyatga aylantirib, bir qancha tadbirkor qabiladoshlar bu ezgu ishni osonlik bilan foyda topish va farovon yashash manbyaiga aylantirib olganlar. Ikkinchidan, bu amal qabila tarkibida ishga layoqatsiz, hunar-lari bo‘lmagan va kasal-majruhlarning ko‘payishiga olib kelgan. Bu salbiy amallar natijasida qabiladoshlarning noroziligi kuchaygani ham-da qabila tarkibida ishga layoqatli insonlarning kamayib ketishi oqiba-tida ikkala qabila – Siu va Apachilar asta-sekin inqirozga yuz tuta boshlaganlar. Ammo Apachi qabilasi sardori Lochin ko‘z bir qancha ijobiy islohotlar yordamida bu inqirozdan qutulish va qabilaning mav-qeyini tiklash yo‘lini topgan. Siu qabilasi sardori Jasur burgut esa o‘z yo‘li to‘g‘riligiga astoydil ishongan holda hech qanday islohotlar o‘tkazmagan va shu tufayli Siu qabilasi tez orada o‘z mavqeyini yo‘-qotib, Apachilarga qaram bo‘lib qolgan.
Dostları ilə paylaş: |