Pedagogik kuzatuv – bizning pedagogik kuzatuv jarayoni Buxorot viloyat futbol federatsiyasiga qarashli 3 – sonli IBO’SMda olib borildi. Pedagogik kuzatuv davri 2016 yilning sentyabr oyidan 2017 yilning may oyigacha olib borildi.
Pedagogik nazorat sinovlari - pedagogik nazorat sinovlari [testlar, maxsus adabiyotlar tahlili va olingan anketalar natijalaridan kelib chiqib, ushbu testlar orqali futbolchilarda tezkorlik sifatini oshirish mumkin bo’ladi;
15 metrga yugurish;
60 metrga yugurish;
uzunlikka sakrash;
balandlikdan sakragandan so’ng uzunlikka sakrash;
uch xatlab sakrash;
yuqoriga sakrash.
Pedagogik tadqiqot –pedagogik tadqiqot tuzishdan maqsad yosh futbolchilarda tezkorlik sifatini tarbiyalash, jismoniy tayyorgarligini baholashdir.
Matematik statistik usullar – tadqiqot jarayonida mashqlarning samaradorligini tahlil kilish uchun o’rta arifmetik [X], srednee kvadraticheskoe otklonenie [G], variastii koefistienti [V%] va dostovernost razlichii po t-kriteryu Styudenta matematik statistik usullardan foydaliniladi.