Texnik usullar
|
Yosh (yil)
|
8-9
|
9-10
|
O‘quv soatlar
|
%
|
O‘quv soatlar
|
%
|
|
To‘pga oyoq bilan zarba berish.
|
48,5
|
28,8
|
38,8
|
21,5
|
|
To‘pni olib yurish.
|
15,7
|
9,3
|
15,7
|
8,7
|
|
Aldash harakatlari (fintlar)
|
11,8
|
7
|
15,4
|
8,5
|
|
To‘pni to‘xtatish
|
17,8
|
10,6
|
17,1
|
9,5
|
|
To‘pga bosh bilan zarba berish.
|
18,8
|
10,8
|
19,1
|
10,6
|
|
To‘pni tashlab berish.
|
6,4
|
3,8
|
8,1
|
4,5
|
|
To‘pni olib qo‘yish.
|
8,1
|
4,8
|
14,3
|
7,9
|
|
Darvozabonning o‘yin texnikasi.
|
-
|
-
|
4,6
|
2,6
|
|
Boshqalar.
|
40,9
|
24,9
|
46,9
|
26,2
|
Shunday qilib, dastur guruhlari va sport takomilashtirish guruhlaridagi o‘quv-mashq ishlari mazmunini alohida mashg‘ulotlargacha izchil tarzda detallashtiradi.
O‘quv-mashq guruhlari o‘quvchilarini tayyorlash vazifalari umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasini futbolchilar uchun eng muhim harakat sifatlarini ustuvor tarzda takomillashtirish bilan oshira borishni; futbolning zamonaviy texnikasini chuqur o‘zlashtirish va uni o‘yinda samarali qo‘llashni; jamoali taktik harakatlarni o‘zlashtirishni; har bir o‘quvchiga o‘yindagi vazifasini belgilashni; musobaqalashuv tajribasini oshira borishni ko‘zda tutadi.
Sport takomillashtirish guruhlari o‘quvchilarini tayyorlash vazifalari umumiy va, ayniqsa, maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasini yanada oshirishni; o‘yinchining alohida xususiyatlari va o‘yindagi belgilangan vazifasidan kelib chiqib, texnik-taktik mahoratini oshirishni; yoqib qolgan texnik usullarni takomillashtirish va ulardan o‘yin jarayonida samarali foydalanish malakasini tarbiyalashni; ma’naviy-irodaviy sifatlarni, musobaqalashuv tajribasi va alohida tayyorgarlikni takomillashtirishni ko‘zda tutadi.
Texnik tayyorgarlikning nazariy asosi quyidagilardir:
1) to‘pga egalik qilishning yuqori texnikasi-sport mahoratining asosi;
2) to‘pga egalik qilish alohida texnikasining sifat ko‘rsatkichlari bajarishning oqilona va tezkorligi, muayyan o‘yin sharoitlarida qo‘llash samaradorligi.
Tayyorgarlik tuzilishini tashkil etuvchi asosiy elementlar barcha yosh guruhlari uchun o‘zgarmas bo‘lib, dastlabki o‘rgatishga mos keladi.
Sport maktabi oldida turgan vazifalarni echishning zarur sharti o‘quv materialini sifatli rejalashtirish hisoblanadi. U ko‘p yillik tayyorgarlik jarayonining mazmunini belgilashga, faoliyatning asosiy yo‘nalishlarini, mashg‘ulotning samarali vosita va usullarini tanlashga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: |