Узбекистон давлат жисмоний тарбия институти


Yillik mashg’ulotlar davridagi o’quv-mashg’ulot ishlari tahlili



Yüklə 482,5 Kb.
səhifə28/41
tarix04.01.2022
ölçüsü482,5 Kb.
#50991
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41
Yosh futbolchi bolalarda tezkorlik jismoniy sifatini tarbiyalash

2.1. Yillik mashg’ulotlar davridagi o’quv-mashg’ulot ishlari tahlili
Bizga ma’lumki, maxsus bolalar va o’smirlar sport maktablarida o’quv-mashg’ulot jarayonlari maxsus ishlab chiqilgan va tasdiklangan dastur asosida mashg’ulot jarayonlari olib boriladi. Yosh futbolchilarning yillik mashg’ulot davridagi o’quv-mashg’ulot jarayonlarining hajmi va tarkibini o’rganish maqsadida 2 xil yoshli guruhlarning 11 va 12 yoshli futbolchilarning o’quv-mashg’ulot jarayonlarini tahlil qildik.
2.1.1. Yillik mashg’ulot davridagi o’quv-mashg’ulot ishlarining yosh futbolchilarning tayyorgarligidagi tahlili
Yillik mashg’ulotlar davridagi o’quv-mashg’ulotlar ishlarining tahlil natijalariga ko’ra 260 ta o’quv-mashg’ulot darslari tashkil qilindi va kalendar bo’yicha 430 soatni tashkil etdi. Oylik hisobda o’quv-mashg’ulot yuklamalarini o’rtacha 35,8 soatni tashkil etdi. Lekin bu soatlar to’g’ri taqsimlanmadi. Agar 2016 yilning noyabr va dekabr oylarida o’quv-mashg’ulotlar soati 37-38 soatni tashkil etsa, 2017 yilning yanvar va fevral oylariga kelib yuklama 33-34 soatga tushib ketdi. Keyin esa oyiga yana ko’tarilib va yana o’rtacha 35-37 soatni tashkil etdi. 2017 yilning sentyabr, oktyabr, noyabr, va dekabr oylarida yuklamalar yana to’g’ri taqsimlanmagan.

Shuni ta’kidlash kerakki, Buxoro shahar futbol internatlari murabbiylari uz ishlarida BO’SM lar uchun ishlab chiqilgan dasturlarga juda muhim ravishda yondoshishadi. Unda to’p bilan ishlangan mashqlarning vaqt miqdori va to’psiz bajarilgan mashqlarning vaqt miqdorlari 1 yillik o’quv-mashg’ulot jarayoniga to’g’ri taqsimlangan.

Tadqiqot natijasida shu narsa ma’lum bo’ldiki, futbolchilarning o’quv-mashg’ulot jarayonlarida to’p bilan bajargan mashqlari hajmi 87 % dan 93 % gachani tashkil etdi. To’psiz bajarilgan mashqlar miqdori esa 7 % dan 12 % gacha bo’lgan vaqtni tashkil etdi.

Tahlil natijalariga ko’ra 7 oy davomida o’tkazilgan o’quv-mashg’ulot jarayonlarida quyidagilar ham aniqlandi. O’quv-mashg’ulot ishlarida katta hajmdagi mashg’ulotlar umumiy chidamkorlikni tarbiyalashga yunaltirilgan. Mashg’ulotlarning umumiy hajmi esa 179 soatni tashkil etdi [45,3 %]. Shuni ta’kidlash kerakki, katta hajmdagi o’quv-mashg’ulot ishlari umumiy chidamkorlikni tarbiyalashga qaratilgan, metodika nuqtai nazaridan olib qaralganda bu ish unchalik ham to’g’ri emas. Mualliflarning ta’kidlashicha, yosh futbolchilarga mashg’ulotlar jarayonida katta hajmda mashg’ulotlarni, jismoniy sifatlarni tarbiyalashga, chaqqonlikni, egiluvchanlikni, tezkorlik sifatlarini tarbiyalashga qaratilishi kerak. Umumiy chidamkorlikni tarbiyalash esa 12-13 yoshdan 15-16 yoshgacha bo’lgan davrlarni o’z ichiga oladi. Bu jarayonda tezkorlik va chidamkorlikni tarbiyalashga 23,7 soat [64%] vaqtni ajratdi.

Chaqqonlik va egiluvchanlikka ajratilgan mashq miqdori 22,3%, kuch imkoniyatlariga esa 6,8 % mashq miqdoriga vaqt ajratildi.

Yugurish tezligini tarbiyalashga esa 46,2 soat vaqt ajratildi. Bu esa har bir mashg’ulotda 10,7 daqiqa vaqt demakdir. Bu degani ushbu bosqichda tezkorlik sifatlariga murabbiylar juda kam vaqt ajratishgan.

Tezkorlik sifatini tarbiyalashga 31,9 soat vaqt ajratilgan. Bu esa o’rtacha 8,2 % o’quv-mashg’ulotlar jarayoni vaqtini tashkil etadi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, tezkorlik va tezkorlik sifatini tarbiyalashga ham deyarli bir xil vaqt ajratilgan.

Izlanishlar natijasida tezkorlik ishlari hajmi shuni ko’rsatadiki, musobaqa davrida futbolchilar tomonidan bajarilgan umumiy tez yugurishlar soni deyarli bir xil. 3 jadvaldan ko’rinib turibdiki, o’yinlar bo’yicha umumiy masofa 4840 metr, to’p bilan tez yugurishlar esa 1860 metr, bu esa 38,4% to’psiz tezlik 2890 metr [61,6%] bu dalil esa o’quv-mashg’ulot jarayonida tezkorlik sifatini tarbiyalash uchun nomaxsus bo’lgan mashqlarni qo’llash qanchalik kerak bo’lishini isbotlaydi.



4- jadval


Yüklə 482,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin