Samarqand viloyati mahalliy byudjetining g’azna ijro etilishi bo’yicha operatsiyalarning buxgalteriya hisobi mahalliy byudjetning ijrosi hisobining yagona hisobvaraqlar rejasi bo’yicha yuritiladi (mazkur Vaqtinchalik qoidalarga 10-sonli ilova).
Bo’lim memorial orderlarni rasmiylashtirishda belgilangan hisobvaraqlar va ularning shifrlariga rioya qilishlari shart. Joriy hisobning hisobvaraqlar rejasiga o’zgartirishlar va to’ldirishlar kiritishga ruxsat berilmaydi.
Samarqand viloyatida mahalliy byudjetining g’azna ijro etilishiga taalluqli asosiy operatsiyalar bo’yicha hisobvaraqlar korrespondentsiyasi mazkur Vaqtinchalik qoidalarning 11-sonli ilovasida keltirilgan.
“G’azna hisobvarag’i” nomli 011-sonli hisobvaraqda mahalliy byudjetlarning pul mablag’lari hisobga olinadi.“Byudjet xarajatlari” nomli 020-sonli hisobvaraqda maxalliy byudjetning
“Byudjet daromadlari” nomli 040-sonli hisobvaraqda G’H tushgan mahalliy byudjetning barcha daromadlari, vaqtinchalik byudjet daromadlariga o’tkazilgan summalar, shuningdek byudjet daromadlariga ortiqcha tushgan summalarning qaytarilishi hisobga olinadi.“Respublika byudjetidan olingan byudjet ssudalari” nomli 051-sonli hisobvaraqda respublika byudjetidan olingan byudjet ssudalari hisobga olinadi. Byudjet ssudalari bo’yicha qarzlarni qaytarish bo’yicha mahalliy byudjet G’H hisobdan chiqarilgan summalar, 051-sonli hisobvaraqning debetida ko’rsatiladi.
“Mahalliy byudjetlardan berilgan va olingan byudjet ssudalari” nomli 052-sonli hisobvaraqda belgilangan tartibda yuqori byudjetdan berilgan va quyi mahalliy byudjetlar tomonidan olingan byudjet ssudalari hisobga olinadi. Yuqori byudjetdan quyi byudjetga byudjet ssudalarini berish Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetiga, mahalliy byudjetlarga byudjet ssudalarini berish va olingan byudjet ssudalarini so’ndirish tartibi to’g’risidagi Nizom (2001 yil 19 iyulda 1052-son bilan ro’yxatga olingan - Me’yoriy hujjatlar byulleteni, 2001 yil, 34-son) bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Byudjet ssudalarini qaytarish muddatlari mazkur yil chegarasida belgilanadi. Byudjet ssudalari bo’yicha to’lovlar muddatini uzaytirish xuddi ssuda berish tartibiga o’xshab rasmiylashtiriladi. Berilgan byudjet ssudalarini o’z muddatida qaytarish ustidan nazorat yuqori moliya organi tomonidan amalga oshiriladi. Quyi byudjetlarga berilgan byudjet ssudalari 052-sonli hisobvaraqning debetida, yuqori byudjetlardan olingan ssudalar esa ushbu hisobvaraqning kreditida ko’rsatiladi. Byudjet ssudalari bo’yicha qarzlarni qaytarish uchun quyi byudjetlardan kelib tushgan summalar 052-sonli hisobvaraqning kreditida, ssudalar bo’yicha qarzlarni to’lash uchun (qaytarish uchun) mahalliy byudjetning G’H yuqori byudjetga o’tkazilgan summalar - ushbu hisobvaraqning debetida ko’rsatiladi.
Uy-joy mulkdorlari shirkatlariga (UMSh) byudjet ssudalarini ber ish, shuningdek ularning qaytarilishi tartibi alohida me’yoriy-huquqiy hujjat bilan tartibga solinadi.
Ushbu hisobvaraqda byudjet tasdiqlangandan so’ng davlat va mahalliy soliqlar va daromadlar to’g’risida, ma’muriy-hududiy bo’linishdagi, tashkilotlarning bo’ysunishidagi o’zgarishlar, turli xildagi bo’ysunishdagi qurilish ob’ektlari o’rtasida kapital qo’yilmalar limitlarini qaytadan taqsimlashdagi o’zgarishlar bo’yicha yangi qonunlar qabul qilinishi natijasida alohida olingan byudjetlarga o’zgartirishlar kiritilgan hollarda byudjet ijrosi jarayonida yuzaga keladigan byudjetlar o’rtasida o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha bajariladigan operatsiyalar hisobga olinadi.
Byudjetlar o’rtasida o’zaro hisob-kitoblar faqatgina yuqori va quyi byudjetlar o’rtasida amalga oshiriladi.
“Respublika byudjeti bilan o’zaro hisob-kitoblar” nomli 061-sonli hisobvaraq Bo’limda respublika byudjeti bilan o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha operatsiyalarni hisobga olib borish uchun mo’ljallangan.
061-sonli hisobvaraqning kreditida quyidagilar aks ettiriladi:
a) o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha respublika byudjetiga berilishi lozim bo’lgan summalar (071-sonli hisobvaraq debetlanadi);
b) o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha qarzlarni to’lash uchun respublika byudjetidan kelib tushgan summalar (011-sonli hisobvaraq debetlanadi);
v) o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha xarajatlarni to’lashda hisobga olingan va yuqori byudjetga o’tkazish lozim bo’lgan ortiqcha daromadlar summalari (“Byudjet xarajatlari” nomli 020-sonli depozit hisobvaraq debetlanadi);
g) o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha mahalliy byudjetlar hisobiga to’g’ri keladigan summalarda hisobga olingan, respublika byudjetidan olingan byudjet ssudalarining summalari (051-sonli hisobvaraq debetlanadi);
d) respublika bo’ysunishidan mahalliy bo’ysunishga o’tkazilgunga qadar tashkilotlarning respublika byudjeti bo’yicha ochilgan byudjet mablag’ ajratmalari summalari (020-sonli hisobvaraq o’tkazilgunga qadar mazkur tashkilotda amalga oshirilgan kassa xarajatlari summasiga debetlanadi).
Bo’limi tomonidan xizmat ko’rsatilayotgan byudjetdan mablag’ oluvchilarning respublika bo’ysunishidan tuman yoki shahar bo’ysunishiga o’tkazilishida respublika byudjeti bo’yicha berilgan xarajatlar to’lovini amalga oshirish ruxsatnomasi summalarini 061-sonli hisobvaraqning kreditida aks ettirilishda (o’tkazishda) 062-sonli hisobvaraq debetlanadi.
Bu hisobvaraqdagi debet qoldiq ushbu byudjetga respublika byudjetining qarz summasini ko’rsatadi, kredit qoldiq esa - mazkur byudjetning respublika byudjetiga bo’lgan qarz summasini ko’rsatadi.
“Byudjetlar bilan hisob-kitoblar” nomli hisobvaraqda yuqori va quyi byudjetlar o’rtasidagi o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha operatsiyalar hisobga olinadi. 062-sonli hisobvaraqning debetida quyidagilar aks ettiriladi:
a) o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha boshqa mahalliy byudjetlardan olinishi lozim bo’lgan summalar (“Mahalliy byudjetlardan olingan va berilgan mablag’lar” nomli 072-sonli hisobvaraq kreditlanadi);
b) o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha xarajatlarni qaytarish uchun boshqa mahalliy byudjetlar tomonidan o’tkazilgan summalar (“G’azna hisobvarag’i” nomli 011-sonli hisobvaraq kreditlanadi);
v) o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha qarzlarni qaytarishda hisobga olingan quyi byudjetlardan undirib olinishi lozim bo’lgan ortiqcha daromad summalari yoki yuqori byudjetdan olinishi lozim bo’lgan dotatsiyalar, subventsiyalarning summalari (“Byudjet daromadlari” nomli 040-sonli hisobvaraq kreditlanadi);
g) boshqa mahalliy bo’ysunishga o’tkazilgunicha tashkilotlarning kassa xarajatlariga o’tkazilgan mablag’larning summalari (byudjetdan mablag’ oluvchilarning amalga oshirgan kassa xarajatlari summasiga - 020-sonli hisobvaraq kreditlanadi).
“Respublika byudjetidan berilgan va olingan mablag’lar” nomli 071-sonli hisobvaraqda mahalliy byudjetlardan respublika byudjetiga o’tkaziladigan hamda respublika byudjetidan olinadigan mablag’lar hisobga olinadi.
071-sonli hisobvaraqning debetida o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha respublika byudjetiga o’tkaziladigan summalar aks ettiriladi; “Respublika byudjeti bilan o’zaro hisob-kitoblar” nomli 061-sonli hisobvaraq kreditlanadi.
071-sonli hisobvaraq kreditiga o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha respublika byudjetidan olinishi kerak bo’lgan summalar aks ettiriladi; 061-sonli hisobvaraq debetlanadi.
“Mahalliy byudjetlardan berilgan va olingan mablag’lar” nomli 072-sonli hisobvaraqda mahalliy byudjetlarga beriladigan va mahalliy byudjetlardan olinadigan mablag’lar hisobga olinadi.
072-sonli hisobvaraqning debetida o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha mahalliy byudjetlarga beriladigan summalar aks ettiriladi (“Byudjetlar bilan o’zaro hisob-kitoblar” nomli 062-sonli hisobvaraq kreditlanadi).
072-sonli hisobvaraqning kreditida o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha mahalliy byudjetlardan olinishi lozim bo’lgan summalar aks ettiriladi (062-sonli hisobvaraq debetlanadi).
Mahalliy byudjetlarga haqiqatda berilgan mablag’lar va mahalliy byudjetdan haqiqatda olingan mablag’lar summalari hisob-kitoblarning belgilangan muddatlari kelishi bilan har bir analitik (tahliliy) hisobvaraq bo’yicha yil davomida quyidagicha aniqlanadi:
a) 072-sonli hisobvaraq bo’yicha joriy chorakka tegishli bo’lgan debet aylanmasi summasidan (4-f-sonli shakldagi daftarning 6-ustuni) 062-sonli hisobvaraq bo’yicha joriy chorakka tegishli bo’lgan kredit qoldig’i summasi ayiriladi (4-f-sonli shakldagi daftarning 21-ustuni), yuzaga kelgan farq boshqa byudjetga haqiqatda berilgan mablag’lar summasi bo’lib hisoblanadi;
Ayrim holatlarda, hisobot davrining oxirida 062-sonli hisobvaraqning debeti yoki kreditida joriy chorakka tegishli bo’lgan qoldiq (4-f-sonli shakldagi daftarning 20 va 21-ustunlari) mavjud bo’lmasa, 072-sonli hisobvaraq bo’yicha joriy chorakka tegishli bo’lgan aylanma summasi (4-f-sonli shakldagi daftarning 6 va 7-ustunlari), debet bo’yicha - boshqa byudjetga haqiqatda berilgan mablag’lar summasi, kredit bo’yicha esa - boshqa byudjetdan haqiqatda olingan mablag’lar summasi bo’lib hisoblanadi.
Yilning yakunida mahalliy byudjetlarga haqiqatda berilgan mablag’larning summasi bo’lib 072-sonli hisobvaraq bo’yicha debet aylanmalar, haqiqatda olingan mablag’lar summasi bo’lib esa ushbu hisobvaraqning kredit aylanmalari hisoblanadi.
Respublika byudjetiga haqiqatda o’tkazilgan mablag’larning summalari va respublika byudjetidan haqiqatda olingan mablag’larning summalarini aniqlash tartibi yuqorida bayon qilingan tartib bilan bir xil bo’lib, faqatgina 062 va 072-sonli hisobvaraqlarning o’rniga mos ravishda 061 va 071-sonli hisobvaraqlar qo’llaniladi.
Ijtimoiy to’lovlar bo’yicha “Natijalar” nomli 08-sonli hisobvaraq ijtimoiy to’lovlar bo’yicha kelib tushgan to’lovlarning ijro etish natijalarini aniqlash uchun mo’ljallangan. Natijalar yil oxirida 088–sonli hisobvaraq kreditiga “Ijtimoiy to’lovlar bo’yicha kelib tushgan mablag’lar” nomli 048-sonli hisobvaraq bo’yicha qoldig’ini, 088-sonli hisobvaraq debetiga esa “Ijtimoiy to’lovlar xarajatlarini amalga oshirish” nomli 028-sonli hisobvaraq bo’yicha qoldig’ini hisobdan chiqarish yuli bilan aniqlanadi.
Byudjet yilining oxirida, yillik hisobot tuzilishidan oldin Bo’lim har bir balans hisobvaraqlaridagi ma’lumotlarning haqqoniyligini, byudjet ssudalari bo’yicha hisob-kitoblar va byudjetlar o’rtasida o’zaro hisob-kitoblarning holatini tekshiradi. Boshqa byudjetlar bilan o’zaro hisob-kitoblar hamda olingan va berilgan ssudalar bo’yicha hisob-kitoblar yilning oxirida tugatilgan bo’lishi va yangi yilning boshida hisob-kitob hisobvaraqlarida qoldiq bo’lmasligi kerak.
“Byudjetni ijro etish natijalari” nomli 090-sonli hisobvaraq mahalliy byudjetlarning ijro etish natijalarini aniqlash uchun mo’ljallangan. Natijalar yilning oxirida 090-sonli hisobvaraqning kreditiga “Byudjet daromadlari” nomli 040-sonli hisobvaraqdagi qoldiqlarni va “Respublika byudjetidan olingan va berilgan mablag’lar” nomli 071-sonli, “Mahalliy byudjetlardan olingan va berilgan mablag’lar” nomli 072-sonli hisobvaraqning kredit aylanmalarini, 090-sonli hisobvaraqning debetida esa – “Byudjet xarajatlari” nomli 020-sonli hisobvaraqning qoldig’ini va 071-sonli va 072-sonli hisobvaraqlar bo’yicha debet aylanmalarni hisobdan chiqarish yo’li bilan aniqlanadi.
090-sonli hisobvaraq bo’yicha olingan kredit qoldig’i mahalliy byudjetning g’azna ijro etilishi natijasi bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |