Узбекистон Республикаси Бюджет тизими асосан 2000-йил 14-декабрдаги Узбекистон Республикаси Қонуни



Yüklə 165 Kb.
səhifə1/6
tarix02.06.2023
ölçüsü165 Kb.
#123196
  1   2   3   4   5   6
G’aznachilik idoralarida xisobotlar bilasn ishlash mexanizmi




Mavzu: «G’aznachilik idoralarida xisobotlar bilasn ishlash mexanizmi»


REJA
Kirish

  1. Davlat byudjeti ijrosida buxgalteriya xisobining axamiyati.

  2. Davlat byudjetida bank ijrosida buxgalteriya xisobi va xisobotini tashkil etish.

  3. Davlat byudjeti ijrosi sharoitida buxgalteriya xisobi va xisobotini meyoriy xukukiy asoslari.

  4. Gaznachilik ijrosi sharoitida buxgalteriya xisobi va xisoboti.

  5. Joriy xisobning xisobvaraqlari rejasi.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.



Kirish
O’zbekiston Respublikasi bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida Davlat moliya tizimida xam bir qator isloxotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, respublikamiz mustaqillikka erishgach bozor iqtisodiyoti tamoillariga asoslangan Davlat moliyasi tizimi shakllana boshladi. Bunda respublika axolisining demografik xolatidan kelib chiqqan xolda asosiy e’tibor axolini ijtimoiy muxofazasiga qaratilgan tizimni yaratishga qaratildi.
Respublikada tuzilmaviy va xuquqiy o’zgartirishlar amalga oshirildi, yangi idoralar va vazirliklar tashkil etildi, me’yoriy–xuquqiy xujjatlar ishlab chiqarildi.
Moliya tizimini shakllantirishning ilk davrida asosiy isloxotlar amalga oshirilishida boshqa tadbirlar bilan bir qatorda Davlat moliya tizimida me’yoriy-xukuqiy bazaning shakllantirishga e’tibor qaratildi.
1996 yil 30 avgustda Uzbekston Respublikasi buxgalteriya Konuni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1999 yildagi 414-sonli “Byudjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlashni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori, 2000 yil 14 dekabrda O’zbekiston Respublikasining “Byudjet tizimi to’g’risida”gi qonuni, 2004 yil 26 avgustdagi O’zbekiston Respublikasining “Davlat byudjetining g’azna ijrosi to’g’risida”gi qonunini qabul qilinib 2006 yil 1 yanvardan amal qila boshlashi xamda 2007 yil 28 fevraldagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat byudjetining g’azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-594 sonli qarori bu borada tub o’zgartirishlar yuzaga kelishiga olib keldi.
Davlat byudjetining g’azna ijrosini tadbiq etish xisobiga byudjet tizimini yanada islox qilish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan xolda byudjet mablag’larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish, barcha darajalardagi byudjet daromadlari va xarajatlarini boshqarish samaradorligini oshirish;
Davlat byudjetinining kassa ijrosi, jumladan, tushadigan daromadlarni turli darajadagi byudjetlar o’rtasida taqsimlash, byudjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi va Davlat byudjeti ijrosi to’g’risidagi xisobotni tuzish, Davlat byudjeti mablag’larini yagona g’aznachilik xisob raqami, shuningdek tegishli byudjetlar daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishni ta’minlaydigan xududiy g’aznachilik xisob raqamlarini joriy etish orqali boshqarish;
byudjet tashkilotlarining tovar (ish, xizmat)lar etkazib beruvchilar bilan shartnomalarini, shuningdek Davlat byudjeti mablag’lari xisobidan kapital qurilish bo’yicha buyurtmachilarning shartnomalari xarajatlar smetasida ko’rsatilgan summalar va maqsadlarga qat’iy muvofiq ravishda tuzilishi ustidan qattiq nazorat o’rnatish asosida mazkur shartnomalarni majburiy ro’yxatdan o’tkazish tartibini joriy etish orqali byudjet tashkilotlarining maqsadga nomuvofiq, asossiz xarajatlarining oldini olish;
byudjet tashkilotlarini, shu jumladan mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini moliyalashga yo’naltiriladigan byudjet mablag’laridan foydalanishni maqbullashtirish ustidan monitoringni amalga oshirish, bunda ular tomonidan tuzilayotgan shartnomalarning sifati ta’minlanishini, ularning maqsadga muvofiqligi va narx-navo echimini nazarda tutish xamda vositachilik xizmatlaridan voz kechish;
xarajatlar smetasi va ro’yxatga olingan shartnomalarda nazarda tutilgan qat’iy summalar doirasida tovar (ish, xizmat)lar etkazib beruvchilarning bevosita xisob raqamlariga byudjet mablag’lari oluvchilar nomidan va ularning topshirig’i bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish orqali to’lov intizomiga so’zsiz rioya etilishi ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash;
Davlat byudjeti g’azna ijrosining buxgalterlik xisobi va xisobotini yuritish, Davlat byudjeti ijrosi xaqida axborot yig’ish, qayta ishlash va taxlil qilish, shuningdek O’zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko’rsatish, O’zbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etishdir.

  1. Davlat byudjeti ijrosida buxgalteriya xisobining axamiyati.

Davlat byujetining ijrosining buxgalteriya xisobi Gaznachilik tomonidan shuningdek davlat maksadli jamgarmalarini taksimlovchi organlar tomonidan Davlat byudjeti gazna ijrosining buxgalteriya xisobi xisobvaraklarining yagona rejasi va byudjet tasnifi asosida tashkil etiladi xamda amalga oshiriladi. Davlat byudjeti gazna ijrosining buxgalteriya xisobi xisobvaraklarining yagona rejasi Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tamonidan ishlab chikiladi va tasdiklanadi.
Buxgalteriya xisobining maksadi foydalanuvchilarni uz vaktida tulik xamda anik moliyaviy va boshka buxgalteriya axboroti bilan ta’minlashdir, buxgalteriya xisobining vazifalari buxgalteriya xisobi xisob varaklari aktivlarning xolati va xarakati, mulkiy xukuklari va majburiyatlarini xolati tugrisidagi tulik xamda anik ma’lumotlarni shakllantirish, samarali boshkarish maksadida buxgalteriya xisobi ma’lumotlarini umumlantirish, moliyaviy, solikga doir va boshka xisobotlarni tuzushdan iboratdir.Davlat byudjetining ijrosi tugrisidagi xisobot Gaznachilik tomonidan Uzbekiston Respublikasi moliya vazirligiga takdim etiladi.Karakalpogiston Respublikasi byudjet iva maxalliy byudjet va maxalliy byudjetlarning ijrosi tugrisida xisobotlarGaznachilik tomonidan Karakalpogiston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar, Toshkent shaxar, tumanlar moliya organlariga takdim etadi.
Gaznachilik tizimini joriy kilish bilan boglik asosiy ishlar kuyidagilardan tashkil topadi.
Byudjet daromadlari va xarajatlari buyicha barcha operatsiyalar turli banklarda ochilgan kuplab byudjet xisob rakamlari urniga Markaziy bankda ochilgan Moliya vazirligi gaznachiligining Yagona xisob varakasiga jamlanadi.
Byudjet tashkilotlari xarajatlarini xisobga olish va byudjet mablaglaridan faydalanishni nazorat kilish xamda xisobotlar tayorlash uchun ularning shaxsiy xisob varakalari gaznachilikda ochiladi.
G’azna hisobvarag’i bankda ochilgan maxsus so’mdagi bank hisobvarag’i bo’lib, mahalliy byudjet daromadlarini ajratma qilish va harajatlarni amalga oshirish uchun qo’llaniladi. G’H yagona bank hisobvarag’i hisoblanib, byudjet mablag’lari bo’yicha Samarqand viloyati mahalliy byudjeti darajasidagi byudjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlar to’lovini amalga oshirish uchun ko’zda tutilgan. Yagona gazna xisob varagi belgilangan tartibda Uzbekiston Respublikasi Markaziy bankida Gaznachilik tomonidan ochiladi, Gaznachilik Uzbekiston Respublikasi Markaziy bankida va uzga banklarda boshka bankida Gaznachilik tomonidan ochiladi. Byudjetdan mablag’ oluvchilarning byudjetdan tashqari talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan daromad va harajatlar hisobi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414- sonli «Byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish tartibini takomillashtirish to’g’risida»gi qarori va 1999 yil 23 dekabrdagi Adliya vazirligidan 859 – son bilan ro’yxatga olingan «Byudjet tashkilotlarining daromad va harajatlari buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Nizomga asosan yuritiladi.
G’azna hisobvarag’idan harajatlar to’lovini amalga oshirish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414- sonli «Byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish tartibini takomillashtirish to’g’risida»gi qarorining 2 bandiga muvofiq harajatlarning 4 ta guruhi bo’yicha amalga oshiriladi.
G’aznachilik tomonidan xizmat ko’rsatiladigan byudjetdan mablag’ oluvchilarning kreditorlik qarzdorliklarini harajatlar smetasi ( o’zgartirishlarni hisobga olgan holda) va harajatlarni amalga oshirish ruxsatnomalariga hamda qarzdorlikni tasdiqlovchi boshqa hujjatlarga asosan G’azna hisobvarag’idan amalga oshiriladi.
Viloyat, tuman mahalliy byudjetining g’azna ijrosi moliya organlari byudjetdan mablag’ oluvchilarning mol etkazib (ish,xizmat) beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish va ularning harajatlar to’lovini nazorat qilish bo’limlariga yuklatiladi.
Samarqand viloyati mahalliy byudjetidan kapital quyilmalar xamda byudjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlar smetasi bo’yicha xarajatlar to’lovi mazkur masalalar bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankning amaldagi me’yoriy hujjatlariga va Vaqtinchalik qoidalariga muvofiq g’azna hisobvaraqlaridan amalga oshiriladi.
Bo’limga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun tegishli moliya organlarining byudjet bo’limlari buxgalteriya hisobi va nazoratini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan barcha hujjatlar: byudjetning daromadlari va xarajatlarining oylar bo’yicha taqsimlangan yillik yoyilmasi, byudjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlar smetasi, buyruqlar, farmoyishlar, to’lov hajmlarining o’zgarganligi to’g’risidagi ma’lumotnoma-bildirishnomalar va ma’lumotnoma-xabarnomalar va mahalliy byudjetning g’azna ijrosi bilan bog’liq bo’lgan boshqa materlallar va hujjatlar o’z vaqtida berib turilishi kerak. Byudjet daromadlari va xarajatlarining oylar bo’yicha taqsimlangan yillik yoyilmasi tegishli moliya organlarining byudjet bo’limlari tomonidan, ular tuzilgandan so’ng 2 kun mobaynida bo’limga berilishi kerak.
Mahalliy byudjetning ijro etish bo’yicha moliya organining buxgalteriyasida hisobga olinadigan barcha operatsiyalar tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi kerak. Pul mablag’larini o’tkazish, hisob-kitob xarakteridagi va ssudalar bo’yicha hujjatlar bo’lim boshlig’i yoki uning o’rinbosari tomonidan, bo’lim boshlig’i yo’q bo’lgan paytlarda (mehnat ta’tili, kasallik, ish safari va h.k.) – vakolatli xodim tomonidan imzolanadi. Ushbu imzolarsiz buxgalteriya hujjati haqiqiy emas deb hisoblanadi. Zarur rekvizitlar bilan to’ldirilmagan hujjatlarga imzo chekish man etiladi.
Tuziladigan hujjatlarning matn qismida ham, raqam qismida ham tuzatishlar, iflos qilishlarga yo’l qo’yilmaydi. Hujjatlarda xatolar, xatolarni ustidan chiziq tortish, so’ng tepasiga to’g’ri matnni yoki raqamni yozish orqali amalga oshiriladi. Chiziq ingichka qilib, uning tagidan raqamni o’qish imkoniyatini yaratgan holda tortiladi. Barcha tuzatilgan xatolar hujjatga imzo chekadigan shaxslarning imzosi bilan tasdiqlanadi. To’lov topshiriqnomalarida va boshqa pul bilan bog’liq bo’lgan hujjatlarda tuzatishlarga yo’l qo’yilmaydi. Ushbu talablarga javob bermaydigan hujjatlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Bo’limga kelib tushgan hujjatlar shakli bo’yicha (barcha rekvizitlar va imzolarning mavjudligi) va ma’nosi bo’yicha (operatsiyalarning qonuniyligi, arifmetik hisob-kitoblarning to’g’riligi va boshqalar) tekshiriladi, so’ngra hisobga qabul qilinadi. Hisobga qabul qilingan hujjatlar umumiy memorial order (274-sonli shakl) bilan bir kunlik operatsiyalarning barchasiga rasmiylashtiriladi.
Memorial orderlar operatsiyalarni bajarilishiga qarab, lekin hujjat olingan kunning keyingi kunidan kechikmasdan tuziladi va Bo’lim boshlig’i yoki tegishli xodimlar tomonidan imzolanadi.

Mahalliy byudjetlarning g’azna ijrosi bo’yicha operatsiyalarning buxgalteriya hisobi quyidagi hisobga olish registrlarida yuritiladi, 1-f-sonli shakldagi “Bosh-jurnal” daftari, 3k-f-sonli shakldagi byudjet mablag’larining kassa xarajatlari bo’yicha daftari


4-f-sonli shakldagi boshqa byudjetlar bilan hisob-kitoblar daftari (mazkur Vaqtinchalik qoidalarga 8-sonli ilova);
5-f-sonli shakldagi daromadlar daftari mahalliy byudjet g’azna ijrosining buxgalteriya hisobi bo’yicha operatsiyalari Bo’limda elektron tarzda yuritiladi.
Hisob registrlariga yozuvlar operatsiyalar tugagandan so’ngi kundan kechikmasdan qayd qilinadi va amalga oshirilgan kassa xarajatlari tug’risidagi ma’lumotlar har kuni o’sib boruvchi yakun bilan hisobot oyining, choragining va yilining olingan G’G’H mablag’lar harakati to’g’risidagi bank ko’chirmalari orqali amalga oshiriladi.
G’G’H operatsiyalar “Bosh jurnal” (1-f-sonli, shakl)da mazkur Vaqtinchalik qoidalarda nazarda tutilgan analitik (tahliliy) hisob daftarlari asosida avtomatlashtirilgan tarzda olib boriladi.
Mahalliy byudjet g’azna ijrosi balansi “Bosh jurnal” (1-f-sonli) elektron daftar asosida tuziladi.
Hisobot yilining oxirida oxirgi balans tuzilmasdan oldin hisoblab chiqarilgan yig’indilar har bir sintetik va analitik hisoblar bilan solishtiriladi va ushbu hisoblar bo’yicha qoldiqlar chiqariladi.
Yangi hisobot yilida sintetik va analitik hisobvaraqlar bo’yicha buxgalteriya registrlarida mavjud bo’lgan qoldiqlar yakuniy balans va o’tgan yilning hisob registrlaridagi yozuvlarga to’liq mos kelgan holda keyingi yilga yoziladi.



Yüklə 165 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin