Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент молия институти магистратура бўлими тожибоевa зaрифa хaсaнбой қизи



Yüklə 206,38 Kb.
səhifə3/9
tarix03.06.2023
ölçüsü206,38 Kb.
#124458
növüДиссертация
1   2   3   4   5   6   7   8   9
annotation 4.04

Literature:

  1. Milgrom, P. R., & Roberts, J. (1992). Economics, organization & management. Englewood Cliffs, NJ: Prentice Hall.

  2. Brigham, E. F., & Ehrhardt, M. C. (2010). Financial management: Theory and practice (13th ed.). Mason, OH: South-Western Cengage Learning.

  3. www.researchgate.ne

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ


ТОШКЕНТ МОЛИЯ ИНСТИТУТИ
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИДА СОЛИҚ МАЪМУРИЯТЧИЛИГИ
САМАРАЛИ ФАОЛИЯТИНИ ТАЪМИНЛАШ: НАЗАРИЙ- КОНЦЕПТУАЛ АСОСЛАР ВА АМАЛИЁТ МУАММОЛАРИ
Республика миқёсидаги илмий-амалий конференция материаллари 2022 йил 22 апрель

ТОШКЕНТ
«Noshirlik-yog`dusi»


2022
Tojiboyeva Z. X. - Magistratura bo’limi Buxgalteriya hisobi yo’nalishi
1-bosqich magistranti
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL ETISH VA TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Annotatsiya: Maqolada raqamli iqtisodiyotning buxgalteriya hisobiga ta'siri mavzusi muhokama qilinadi. Raqamli texnologiyalar buxgalteriya hisobida ma'lumotlarni qayta ishlash, to'plash, saqlash va zamonaviy dunyoda raqobatbardoshlikni saqlash uchun yangi imkoniyatlar ochadi.
Kalit so’zlar: Raqamli iqtisodiyot, Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari, Raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobini Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida tashkil etish
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiya qilish davrida amaldagi buxgalteriya hisobi tizimi asta sekin jamiyatdan rivojlanishga mos holda takomillashib xalqaro standartlarga yaqinlashib bormoqda. Bunday davrda raqamli iqtisodiyotning o’rni hayotimizdagi o’rni oshib bormoqda va har qadamda raqamli iqtisodiyot atamasi qulog’imizga chalinmoqda. Ho’sh, o’zi raqamli iqtisodiyot nima va u nima uchun kerak, u nima uchun hayotimizga kirib kelmoqda degan savollar tug’ilishi tabiiy. Hozirgi kunda axborot texnologiyalari jadallik bilan rivojlanib bormoqda va shunga hamohang ravishda insonlar uchun qulay bo’lgan online xizmat turlari ham rivojlanib bormoqda. Raqamli iqtisodiyot dunyo bo’ylab barcha korxona va tashkilotlar bo’ladimi, ularning tarkibiy bo’linmalari bo’ladimi, jismoniy shaxslar bo’ladimi o’z yo’nalishiga mos ravishda foydalaniladi. Raqamli iqtisodiyotga korxonalar miqyosida qaraydigan bo’lsak, raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobini Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida tashkil etish bu avvalambor korxonalarimiz uchun dunyo bozorlariga chiqish, turli chet el mamlakatlaridan hamkorlar topish va aloqalarni yo’lga qo’yish uchun zamin yaratadi va shu bilan birgalikda ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish, mehnat samaradorligini oshirish, raqobatbardoshlilikning o’sishi, yangi zamonaviy kasblarning paydo bo’lishi kabi ijobiy tomonlarini keltirishimiz mumkin. Buxgalteriya hisobi bu korxonalarning so’zlashuv tili bo’lib hisoblanadi. Oddiygina kundalik hayotga nazar tashlaydigan bo’lsak, kimdir chet davlatga chiqmoqchi (ishlash, o’qish va hokazo) bo’lsa chet tilini o’rganib o’zida qo’llashni boshlaydi. Har bir davlatning o’zining davlat tili bo’lganidek, o’zining buxgalteriya hisobining milliy standartlariga ham ega. Demak har qanday korxona chet el korxonalari bilan aloqalar o’rnatishi, investitsiyalar kiritishi uchun korxonalar uchun xalqaro til hisoblanadigan moliyaviy hisobining xalqaro standartlarini o’zida qo’llashi va Moliyaviy hisobotlarini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida rasmiylashtirishi kerak. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tish bizga nima uchun kerak va u bizga nima beradi? Hozirgi kunda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlaridan dunyoning 140 dan ortiq mamlakatlari foydalanib kelmoqda. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlar korxonalar moliyaviy holatini tasniflashning standartlashtirilgan fo’rmasini tashkil etadi. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlaridan dunyoning 140 dan ziyod mamlakatlari foydalanishini inobatga oladigan bo’lsak, ushbu mamlakatlar tadbirkorlari tushunadigan tilda moliyaviy hisobotlarni yozish biz uchun ham muhim ahamiyat kasb etmay qolmaydi. Respublikamizga investitsiya kiritmoqchi bo’lgan tadbirkorlar nafaqat qonunchilik holatini, balkim mavjud korxonalarga investitsiya kiritish nuqtai nazaridan ularning moliyaviy hisobotlarini tushunishi muhimdir. Dunyo miqyosida Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tilishi barcha tadbirkorlik sub`ektlari uchunfoyda keltiradi, ayniqsa investor korxonalar hisobotlarni tahlil qilib qaysi korxonalarga yoki qaysi faoliyat turlariga investitsiya kiritishlarini aniqlab oladi. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tishdan maqsad chetdan kelayotgan investorlarga moliyalashtirish uchun qaror qabul qilishda aniq va ishonchli malumotlar bilan taminlash sanaladi. Moliyaviy hisobotlarning to’liq to’plami quyidagilarni qamrab oladi:
davr oxiridagi moliyaviy holat to’g’risidagi hisobot;
davr uchun foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromad to’g’risidagi hisobot;
davr uchun kapitaldagi o’zgarishlar to’g’risidagi hisobot;
davr uchun pul oqimlari to’g’risidagi hisobot;
izohlar, ya’ni muhim hisob siyosatlarining va boshqa tushuntirish ma’lumotlarining qisqa bayonini qamrab olgan izohlar;
oldingi davr boshiga moliyaviy holat to’g’risidagi hisobot, qachonki xo’jalik sub’ekti hisob siyosatini retrospektiv tarzda qo’llasa, yoki o’zining moliyaviy hisobotlaridagi moddalarni retrospektiv tarzda qayta hisoblashni amalga oshirsa o’zining moliyaviy hisobotlaridagi moddalarni qayta tasniflasa.
Respublikamizning investitsion jozibadorligini oshirish, xorijiy investorlarni zarur axborot muhiti bilan ta`minlash va xalqaro moliya bozorlariga kirish imkoniyatini kengaytirish maqsadida 2020 yil 24 fevralda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ- 4611-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari va yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar 2021-yil 1-yanvardan boshlab, MHXS asosida buxgalteriya hisobi yuritilishini tashkil etadi va 2021-yil yakunlaridan boshlab moliyaviy hisobotni MHXS asosida tayyorlashi belgilab qo’yildi. Shuningdek ushbu qaror bilan 2021 yil yakuniga qadar MHXS bo’yicha sertificatga ega bo’lgan (CIPA, ACCA, SRA, DipIFR) yetrlicha kadrlar tayyorlash topshirig’i ham berildi. Oliy ta’lim muassasalarining pedagog kadrlari (“Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari bo‘yicha), talabalari va bitiruvchilari (o‘qishni tugatgandan so‘ng olti oy ichida) hamda davlat organlarining xodimlarini o‘qitish xarajatlari o‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunlagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlari birgalikda belgilangan o‘qitishning yagona qiymati bo‘yicha akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlariga qoplab beriladi; Oliy ta’lim muassasalarining “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari bo‘yicha pedagog kadrlari, talabalari va bitiruvchilari (o‘qishni tugatgandan so‘ng olti oy ichida) hamda davlat organlari xodimlarining har biriga alohida quyidagi xarajatlar qoplab beriladi:
dastlabki ro‘yxatdan o‘tish xarajatlari — to‘liq hajmda;
imtihon topshirish uchun birinchi marta ro‘yxatdan o‘tish xarajatlari — ro‘yxatdan o‘tish summasining 50 foizi miqdorida imtihon topshirgunga qadar, ro‘yxatdan o‘tish summasining qolgan 50 foizi — imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda;
imtihon topshirish uchun ikkinchi marta ro‘yxatdan o‘tish xarajatlari — ro‘yxatdan o‘tish summasining 50 foizi miqdorida imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 24- fevraldagi PQ-4611-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha o‘qitish va buxgaltyerlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplash tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi 38-sonli Qarori qabul qilingan. Ushbu qaror bilan Moliyaviy hisobotning xalqaro standarti bo’yicha o’qish va imtixonlarini topshirish xarajatlarini qoplash tartibi belgilangan. Xulosa qilib shuni aytadigan bo’lsak, Raqamli iqtisodiyot bu dunyo bo’ylab rivojlanib borayotganligi albatta dunyo bo’ylab savdo-sotiq, xizmat ko’rsatish va boshqa sohalarning rivojlanishiga kata hissa qo’shadi. Raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobini Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida tashkil etish bu korxonalar uchun eksport-import operatsiyalarining rivojlanishiga, chet el investitsiyalarining kirib kelishining jadallashishiga, korxonalar raqobatbardoshliligiga, tannarxning pasayishiga va savdo-sotiq , xizmat ko’rsatish sohalarining rivojlanishiga katta tasir o’tkazadi. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi turli xil yangidan-yangi tadbirkorlik turlarining vujudga kelishiga, bu bilan birga mavjud bo’lgan tadbirkorlik sub`ektlarining yopilishiga va ish o’rinlarining qisqarishiga olib kelmoqda, lekin rivojlanish, odamlar ishini yengillatish uchun raqamli iqtisodiyotga o’tish foydaliroq bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-4611-sonli qarori qabul qilindi va unga asosan aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari va yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar 2021-yil 1-yanvardan boshlab, Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida buxgalteriya hisobi yuritilishini tashkil etadi va 2021-yil yakunlaridan boshlab moliyaviy hisobotni Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida tayyorlashi belgilab qo’yildi. O’zaro aloqalar o’rnatish uchun albatta iqtisodiy til bu moliyaviy hisobotlar hisoblanganligi uchun ham kichik biznes sub`ektlari ham o’zlari rivojlanishi va investitsiya jalb qilishlari, dunyo bozorlarida munosib o’rinlarni egallashlari uchun ham xalqaro standartlarni qo’llagan holda buxgalteriya hisobini yuritishi va moliyaviy hisobotlarni tuzishi, raqamli iqtisodiyot yutuqlaridan samarali foydalanish bu albatta tadbirkorlik sub`ektlarining rivojlanishiga, bizneslarining kengayishiga zamin yaratadi.
Zafar Muqumov- associate Professor of the Tashkent Financial Institute, Candidate of Economic Sciences, Uzbekistan, muqumov.81@mail.ru
Zarifa Tojiboyeva–student of Tashkent financial institute, Uzbekistan, zarifatojiboyeva@gmail.com



Yüklə 206,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin