Узбекистон республикаси олий ва урта


 Don massasi mikrofloralari hayot faoliyatiga ta`sir qiladigan sharoitlar



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/146
tarix22.02.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#52945
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   146
don va don mahsulotlarini saqlash texnologiyasi

5.6. Don massasi mikrofloralari hayot faoliyatiga ta`sir qiladigan sharoitlar. 

Don  massasidagi  mikroorganizmlarning  hayot  faoliyatiga  kuyidagi  omillar 

ta`sir qiladi: 

1. Don massasi namligi; 

2. Don massasi harorati; 

3. Don massasining xavo bilan ta`minlanishi; 

4. Don yuza qismining holati; 

5. Aralashmalarning miqdori va tarkibi. 

Mikroorganizmlarning 80-96 % i ni suv tashkil qiladi. Don massasining kritik 

namligi  0,5-1,0  %  miqdorga  uzgarganda  mikroorganizmlarning  hayot  faoliyati 

jadallashib ketadi. 

Namlikni xush kurishi bo`yicha mikroorganizmlar 3 guruhga bulinadi: 

1. Kserofitlar W = 14-16 %; 

2. Mezofitlar  W = 16-18 %; 

3. Gidrofitlar  W > 18 %. 

Zamburug`lar asosan kserofitlarga taaluklidir. Gidrofitlarga ega bakteriyalar va 

ayrim achitkilar misol bo`ladi. Ularning hayot faoliyati don namligi 18 % dan yuqori 

bo`lganda  keskin  rivojlanadi.  Mikroorganizmlar  hayot  faoliyatlarining  haroratga 

boglikligiga karab 3 turga bulinadi: 

1. Psixrofillar (kam issiklikda t<20oS); 

2. Mezofillar (O`RTAcha don harorati 20oS - 40oS); 

3. Termofillar (t>40oS). 

Psixrofillarga  -  zamburug`lar  kiradi.  Yuqori  haroratda  rivojlanadigan 

mikroorganizmlarga bakteriya va ayrim achitkilarni misol qilish mumkin. 

Penisillum - mikroorganizmlar - 5oS haroratda har yashashi mumkin. Bundan 

tashqari mikroorganizmlarning hayot faoliyatiga xavo har kuchli ta`sir qiladi. 

Xavoga boglik holda rivojlanishiga karab mikroorganizmlar 3 turga bulinadi: 

1. Aerob mikroorganizmlar; 

2. Fakul’tativ anaerob; 

3. Butunlay anaerob mikroorganizmlar. 

Don  kobigi  kanchalik  emirilgan  bulsa,  mikroorganizmlar  juda  tez  rivojlanadi. 

Aralashmalar  kancha  ko`p  bulsa  mikroorganizmlar  shuncha  ko`p  rivojlanadi. 

Aralashmalarda mikroorganizmlar miqdori ko`p bo`ladi (tuprok, chang). 

 


Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin