2-chizma. Marketingni vazifalari.
Marketing yoki tadbirkorlik faoliyati aniq natijaga erishish maqsadida amalga oshiriladi. Marketingni asosiy maqsadlari firmaning asosiy maqsadlari bilan o’zaro aloqadordir. Firmaning asosiy maqsadlariga quyidagilar kiradi:
bozorni egallash;
rentabellik;
moliyaviy barqarorlik;
ishlab chiqarishni ijtimoiy omillarini ta’minlash;
bozordagi mavjud va ‘restijni tashqil etish va mustahkamlash.
4-jadval
Korxonaning asosiy maqsadi
Maqsadlar
|
Ko’rsatkichlar
|
Bozorni egallash
|
Bozor ulushi, oborot, tovarni roli va ahamiyati, yangi bozorlarni qamrab olish
|
Rentabellik
|
Foyda, oborotga nisbatan rentabellik, Shaxs ka’italini rentabelligi, umumiy ka’italni rentabelligi
|
Moliyaviy barqarorlik
|
Kreditga layoqatligi, likvidligi, o’z-o’zini moliyalashtirish darajasi, ka’italni tuzilishi
|
Ijtimoiy maqsadlar
|
Ish bilan qoniqish, daromad darajasi va ijtimoiy himoya, ijtimoiy integratsiya, Shaxsiy rivojlanish
|
Bozordagi pozitsiya va prestij
|
Mustaqilligi, imidj, siyosiy sharoitga munosabati, jamiyatni tan olishi
|
Marketing maqsadlari tahlili unga erishish bo’yicha asosiy vazifalarni shakllantirishga imkon beradi. Meffert 1986 yilda 3 ta o’zaro bog’lik marketingni kompleks vazifalarini ajratib ko’rsatadi:
1. Talabni tartibga solish bilan bog’liq bo’lgan bozor faoliyatiga kiruvchi vazifalar.
2. Firma yoki korxona sohasiga taalluqli vazifalar.
3. Tashqi muhit va jamiyat tashkilotlari bilan bog’lik masalalar.
Marketing vazifalari natijasida marketing jarayonini barcha bosqichlariga mos keluvchi marketing funktsiyalari shakllanadi va doimo tartibga solib boriladi.
Dostları ilə paylaş: |