O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O'RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLISHI
Ro'yxatga olindi «Tasdiqlandi»
№ BD 5141000-3.10 O'z.R. OO'MTV
«___» _____ 2008 y. ________________
«___» _______ 2008 y.
AN‘ANAVIY QO'SHIQCHILIK
VA MAQOM ASOSLARI
fani dasturi
Bilim sohasi: 100000 – ta‘lim
Ta‘lim sohasi: 140000 - O'qituvchilar tayyorlash va pedagogika fani
Bakalavriyat yo'nalishi: 5141000 – Musiqiy ta‘lim
TOSHKENT – 2008
TUZUVCHILAR: professor Q.M.Mamirov
Katta o'qituvchi D.Q. Qodirov
TAQRIZCHILAR: i.f.n. I. Qahhorov
P.f.n. professor R.Tursunov
Dastur Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti qoshidagi «Ta‘lim» o'quv-metodik birlashmasida ko'rib chiqilgan va tavsiya etilgan.
2008 yil « 6 » iyuldagi 11-sonli majlis bayoni.
Oliy va O'rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi o'quv-metodik birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashning 2008 yil « 8 » iyuldagi 14-sonli qaydnomasi bilan tasdiqqa tavsiya etilgan.
KIRISH
An‘anaviy qo'shiqchilik va maqom asoslari fanining asosiy maqsadi – talabalarning xalq qo'shiqchiligidagi ijro malakalarini, dostonchilik, katta ashula, o'tmish bastakorlar ijodi – musanniflik, mulaxxinlik, nag'manavozlik, nag'maovozlik, nag'mapardozlik, nag'masozlik kabi uslublar, o'zbek xalq uslublar, o'zyuek xalq musiqa merosining eng nodir durdonasi hisoblangan muqomlar bo'yicha nazariy bilimlar va amaliy tavsiyalar berishdan, talabalarga xalq qo'shiqlarini jamoa bo'lib kuylay olish va maqom guruhlarini tashkil qila olish texnologiyasi bo'yicha mukammal bilim beri shva jamoga rahbarlik qila olish xususiyatlarini singdirishdan iborat.
Kursning fan bo'yicha quyidagi vazifalar amalga oshiriladi.
An‘anaviy qo'shiqchilik asoslarini o'rganish;
An‘anaviy ijrochilikda xalq qo'shiqlari 4 turi haqida tushuncha berish. Mehnat qo'shiqlari, mavsum marosim va urf-odat qo'shiqlari, lirik qo'shiqlari, termalar.
An‘anaviy qo'shiqchilik namunalari ijrosi bilan amaliy tanishish, talabalarning milliy musiqiy ma‘naviyatimiz haqidagi bilim darajasini kengaytirish, repertuarni boyitish, nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog'lash, talabalarning milliy an‘analarga bo'lgan qiziqishi va hurmatini oshirish; o'zbek xalq qo'shiqchiligiga xos; nola, qochirim, maromiga yetkazib kuylashga odatlantirish; jamoa bo'lib kuylashning tabiati, didaktik tamoillari va boshqa qoidalarini bilib olish; xalq qo'shiqchiligi va maqom repertuarlari bilan bevosita tanishish va ularni tanlash bo'yicha yuksak badiiy dtdga ega bo'lish; talabalarni umumiy musiqiy qobiliyatlarini o'stirish;
Kuylash va ishlash jarayonida inson organizmida ro'y beradigan psixo-fiziologik va holatlarni his etish va unga ko'nima hosil qilish; xonandalarga va maqomchilar dastasi rahbariga qo'yiladigan talablarni bilish va maqomchilar dastasi rahbariga qo'yiladigan talablarni bilish va unga amal qilish.
Dostları ilə paylaş: |