Uzbekiston ssrning tashkil etilishi respublikadagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning kuchayishiga olib keldiki, ularga bir kancha omillar ta’sir kursatdi



Yüklə 54 Kb.
səhifə3/3
tarix07.04.2023
ölçüsü54 Kb.
#94352
1   2   3
А

Akmal Ikromov (1898— 1938) —uzbek xapkining davlat va siyosat arbobi.
A.Ikromov 1898 yil Toshkent shaxridagi Ukchi ma^allasida Ikrom
domla oilasida tugildi. Otasining maktabida savod chikardi. U 1918
yilda Toshkent va Namangan shaxdrlarida ukituvchilik kildi. A.Ikromov
«Izchilar» tudasi va «Chigatoy gurungi»ning a’zosi sifatida dastlab sovet tuzumiga karshi makola va she’rlar yozdi. U she’rlariga Elxon taxaplusini kulladi (1919 y.). 1919—1920 yillarda Fargona, Sirdaryo viloyatlaridagi partiya tashkilotlarida turli lavozimlarda faoliyat kursatdi. 1921 yilda Turkiston KP MK kotibi lavozimiga saylangan A.Ikromov 1922— 1924 yillarda Moskvada ukidi va kommunistik goyalar bilan kurollantirildi. Aynan Moskvada olgan ana shu kommunistik sabok A.Ikromov siyosiy faoliyatining keyingi davrini va yunalishini oldindan belgilab bergan edi. 1925 yil fevralda A.Ikromov UzKP MKning mas’ul kotibi, 1929 yilda MKning birinchi kotibi lavozimlariga tayinlanadi. Uzbekiston
kommunistlarining etakchisi bulgan A.Ikromov uzining faoliyati davomida sovet xokimiyati siyosatini izchillik bilan amalga oshirdi. Uzbekistonda er-suv islokoti, majburiy jamoalashtirish, «kuloklarni sinf sifatida tugatish» kabi tadbirlarda faol ishtirok etdi va raxbarlik kildi. Ayni shu yillarda matbuot sa*ifalarida xurfikrlikka yul berilib, turkiylik, istibdod xususida muayyan fikrlar kurina boshlaganda kompartiyaning mas’ul kotibi sifatida A.Ikromov «Siyosiy kurlarmiz» degan makola bilan chikib, shunday «ogmachiliklar»ni keskin koralaydi.
Natijada bir kator milliy ziyolilarning katagon bulishiga maydon xozir laydi. A.Ikromov «inogomovchilik»ka karshi bir necha bor chikishlar kilib,
ularni «milliy ogmachilikda» va «millatchilikda» ayblaydi. 1927 yil
oktyabrda Samarkandca bulgan UzSSR madaniyat xodimlarining ikkinchi
kurultoyida A.Ikromov «Mafkuraviy jab*adagi kurash va madaniyat xodimlarining vazifalari» mavzusidagi ma’ruzasida milliy tarakkiy parvarlarning usha mash’um ilk katagoni uchun goyaviy zamin yaratib bergan
edi. Shundan sung 1929 yilda Munavvar Kori boshlik tarakkiyparvarlar
jismoniy katagonga uchradilar. 20-yillarning oxiri — 30-yillar urtalarida bulgan bir kator katagonlar uchun A.Ikromov *am javobgardir.
Birok bol’sheviklar rejimiga sidkidildan xizmat kilgan A.Ikromovni xam mustabid tuzum katagonlari ayab utirmadi. U 1937 yil sentyabrda Toshkentda xibsga olinadi. Lekin shunday bulsa-da, u uzining goyaviy e’tikodi — marksizm-leninizmdan kaytmadi. Ana shunday kommunistik e’ti kod soxibi A.Ikromov 1938 yil mart oyida Moskvada kommunistik foa «niKobi»ga uralgan mustabid tuzum tomonidan otib tashlanadi.
A.Ikromov bir kator nazariy makolalar va respublikaning ijtimoiy-iktisodiy akvoliga bagishlangan kitoblar muallifidir. Soxta «ishlar» tukib chikarilgani, xech kanday asos bulmagani xolda jazo organlari tomonidan kamokka olishlar amalgaoshirilgani xakida Uzbekiston KP(b) MK, birinchi kotibi Usmon Yusupov Moskvaga kuyidagilarni yozgan edi: «Xalk komissarlari organlari (NKVD kuzda tutilmokda. — Taxririyat)
faoliyatida juda katta kamchilik va konunbuzarlikka yul kuyil" mokda... Ommaviy kamokka olishlarga zur berilgan, kup xolatlarda ular etarli darajada asoslanmagan. Ichki ishlar xalk komissarligida, uning rayonlardagi bulimlarida, xatto, eng kup kamokka olish uchun musobaka e’lon kilindi... Bu esa etarli darajada asoslanmay kamashlarga keng yul ochdi»'. Mamlakatda totalitarizm musta^kam kapop topgan usha vaktda VKP(b) M%ga, shaxsan Stalinga shu mazmunda x a t yozish jasorat edi.
Birok Usmon Yusupovning bu xatiga Markazdagi siyosiy raxbariyat e’tibor bermadi. Aksincha, 30-yillar oxiriga kelganda, butun mamlakatda bulganidek, Uzbekistonda xam katagonlar yanada avj oldi.
Yüklə 54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin