16. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan O‘zbekiston xalqi nomidan kim ish olib borishi mumkin? *a) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Prezidenti
17. Vakolati tugashi munosabati bilan iste’foga chiqqan Prezident qaysi lavozimni egallaydi? *a) Iste’foga chiqqan Prezident umrbod O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi lavozimini egallaydi.
18. Qachon “Ta’lim sohasidagi kamsitishlarga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Konvensiya qabul qilindi? *a) 1960 yil 14 dekabrda
19. Qaysi me’yoriy-huquqiy hujjatda: “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir”,- deb ko‘rsatilgan? *a) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida .
20. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni qachon qabul qilingan? *a) 1997 yil 29 avgustda
21. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni tarkibiy jihatdan qanday tuzilgan? *a) qonun 5 bo‘lim va 34 moddadan iborat.
22. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunining 19-moddasiga muvofiq Akkreditatsiya qilingan ta’lim muassasalarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma’lumot to‘g‘risidagi qanday hujjat berilishi ko‘rsatilgan? *a) shahodatnoma, diplom, sertifikat, guvohnoma
23. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarish necha bosqichga bo‘lingan edi? *a) uch bosqichga
24. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarishni birinchi bosqichi qaysi yillarga belgilangan? *a) 1997-2001 yillar
25. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari sifatida nimalar belgilangan? *a) Shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish.