“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi


Sintaktik-uslubiy xatolarga



Yüklə 207,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix24.08.2023
ölçüsü207,93 Kb.
#140421
1   2   3   4   5   6
insho haqida

Sintaktik-uslubiy xatolarga
so‘z birikmasi va gap tuzishga oid xatolar 
kiradi. Bunday xatolar juda xilma-xildir. 
Kompozitsion, mantiqiy va dalillarni noto‘g‘ri bayon qilish nutqiy 
xato hisoblanmaydi. 
Tipik kompozitsion xatoga insho, hikoya, bayonning tuzilgan rejaga mos 
kelmasligi, ya’ni voqea, kuzatishlarni bayon etishda izchillikning buzilishi kiradi. 
Inshoga tayyorgarlik vaqtida o‘quvchilar kuzatish, material to‘plash, 
dalillarni tanlashda tartibsiz, rejasiz ish tutsalar, hikoyani qanday boshlash, keyin 
nimalar haqida yozish va uni qanday tugatishni aniq ko‘z oldilariga keltira 
olmaydilar, natijada kompozitsion xatoga yo‘l qo‘yadilar. Bunday xato hikoya 
mazmunini to‘liq qamrab ololmaslik, materialni o‘z o‘rniga joylashtira olmaslik 
natijasidir. Inshoni rejali, izchil yozish ko‘nikmasi murakkab ko‘nikma bo‘lib, u 
o‘quvchilarda muntazam bajariladigan mashqlar yordamida asta shakllana boradi. 
Mantiqiy xatolar: 


1. Tasvirlanayotgan voqea-hodisa uchun zarur bo‘lgan so‘z, ba’zan zarur 
lavha, dalil tushirib qoldiriladi. Bunday xatoning sababini tushunish uchun 
o‘quvchining insho yozish vaqtidagi ruhiy holatini kuzatish talab etiladi. U sekin 
yozadi, ammo ishga berilib ketib, tez fikrlaydi, ya’ni u hikoya mazmunini biladi, 
ammo tez fikrlash va sekin yozish natijasida ayrim o‘rinlar yozuvda aks etmay 
qoladi. 
2. Mantiqiy izchillik buziladi. Masalan, Zavodda paxtadan ip yigiriladi. 
Terimchi paxtani paxta terish mashinasida teradi. Bunday mantiqiy xatolarni 
o‘quvchilar matnni qayta o‘qish va tahlil qilish jarayonida oson to‘g‘rilaydilar. 
Xatolar ustida ishlash 
Xatolarni tuzatish sinfda, o‘qituvchi bilan yoki uyda, ehtimol, ota-
onalarning nazorati ostida amalga oshirilishi mumkin. Agar o‘qituvchi xatolar 
ustida ishlashni uy vazifasi deb belgilasa, u barcha o‘quvchilar asosiy ish 
algoritmini bilishiga va eslab qolishlariga ishonch hosil qilishi kerak. Har bir 
bolaga harakatlarni bajarish tartibi bilan eslatma berish kerak bo‘lishi mumkin. 
Qoida tariqasida, xatolar ustida ishlash nazorat, mustaqil yoki ijodiy ishlardan 
so‘ng amalga oshiriladi. Ayrim o‘qituvchilarning amaliyotida har bir sinfda yoki 
uy vazifasida yo‘l qo‘yilgan xatolarni tahlil qilish va tuzatish bo‘yicha tizimli 
ishlar amalga oshirilmoqda. 
Darsda ishlashda bir necha asosiy bosqichlar mavjud: 
-maslahat, 
-bilim va ko‘nikmalarni tuzatish, 
-natijalar diagnostikasi, 
-baholash faoliyati. 

Yüklə 207,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin