yaxshi
tushuntirsa, kichik yoshdagi o‘quvchi matnni e’tibor bilan o‘qib,
takrorlarini nisbatan tez tuzata oladi.
2
. So‘zning ma’nosini yoki ma’no qirrasini tushunmaslik natijasida
uni aniq ma’nosida ishlata olmaslik
. Bunday
xato bolaning nutqi yaxshi
rivojlanmaganligi, so‘z boyligining kamligi sababli yuzaga keladi.
3.
Shevaga xos so‘zlardan foydalanish
. O‘quvchilar bunday so‘zlarni ota-
onalarining nutqi va nutqiy sharoit ta’sirida qo‘llaydilar. Ularda adabiy tilda
qo‘llanadigan tushunchalarni shakllantirish asosida shevaga xos so‘zlarni
ishlatmaslik ko‘nikmasi hosil qilinadi.
Leksik xatolar xilma-xil bo‘lgani uchun uni to‘g‘rilash
va tushuntirish
usullari ham turlicha, ammo bunday xatolarning oldini olishning umumiy yo‘li
bor: bu yaxshi nutqiy sharoit yaratish, o‘qilgan va qayta hikoya qilingan
matnni til
tomondan tahlil qilish, matndagi so‘zlaming ma’no qirrasini tushuntirishdir.
Morfologik-uslubiy xatolarga
so‘z shaklini, so‘zlarni o‘zao bog‘lovchi va
so‘z yasovchi qo‘shimchalarni noto‘g‘ri qo‘llashdan kelib chiqadigan xatolar
kiradi.
Dostları ilə paylaş: