Uzluksiz ta’lim jarayonida pedagog faoliyatining o’rni



Yüklə 491,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/25
tarix05.04.2023
ölçüsü491,86 Kb.
#93413
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
uzluksiz talim jarayonida pedagog faoliyatining orni -4

Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi: 
1. O’qituvchilarning nutq malakalari. Bu jarayonda o’qituvchining
nutqi ravon va darsning mazmunini tushunarli, ta’sirchan, chiroyli qilib
bayon qilishi zarur. Shu asosda o’quvchilarda mustaqil ravishda faol
fikrlashga qiziqish uyg’otiladi. O’qituvchi zarur hollarda o’quv materiallarini
o’zgartira olishi, qiyin narsani oson, murakkab narsani oddiy, noaniq
narsani tushunarli qilib o’quvchilarga etkaza olishi darkor. 
2. Pedagogika mimika va imo-ishora bilan o’quvchilarning ichki
dunyosi va taraqqiy etishi lozim bo’lgan fazilatlarni payqagan holda
boladagi psixologik o’zgarishlarni sezib boradi va ularga etarli yo’l-
yo’riq ko’rsatadi. Yangi aniq imo-ishora ma’noli qarash o’quvchilardagi
kamchiliklarni payqash va ularni etarlicha yo’qotishga sabab bo’ladi.
O’qituvchining o’z xissiy holatlarini boshqarish malakalari.
Bu jarayonda xar qanday vaziyatda o’qituvchi o’zini nazorat qilgan holda 
xissiy xolatini boshqara olish zarur. Bu o’qituvchida asab sestemasining 
buzilishi va aqliy zo’riqishlardan saqlaydi. Bu jarayon o’quvchilarda ham ro’y
berishi mumkin. O’quvchini qo’pol harakat qilish unga ortiqcha jazo qo’llash 
shunday xatoga olib keladi.
1. Pedagogik vositalarni to’g’irlash malakalari – o’quvchilarni
rag’batlantirish va jazolashda to’g’ri vositalarni topishi va qo’llashi, bu vositalar


o’quvchilarni yosh xususyatlariga va qilingan xatti-harakatga bog’liq bo’lishi
lozim.
2. Pedagogik san’atkorlik va aktyorlik malakalari - o’qituvchida san’atkor
va aktyorlik qobilyati ham mujassam bo’lishi zarur.
3. Pedagogik odob va etika malakalari – pedagogik vaziyatlarni haddan
tashqari xilma-xilligi, pedagogdan ijodiy xulq- atvorni talab etadi.
Rivojlangan pedagogik texnika o’qituvchiga o’zini pedagogik faolyatda 
chuqurroq va yaqqolroq ko’rsatish. Bolalar bilan muomala qilganda o’z
shaxsiyatiga kasbiy jihatdan barcha yaxshi ahamiyatli narsalarni ochib berishga
yordamlashadi. Mukammal pedagogik texnika pedagogning vaqti va kuchlarini
ijodiy ish uchun bo’shatib beradi. Pedagogik o’zaro tasir ko’rsatish jarayonida
bolalar bilan muomala qilishda zarur so’zni topish yoki muvoffaqqyatli
chiqmagan gapoxangini tushuntirishga o’z fikridan chalg’imaslikka imkon beradi. 
Pedagogik texnikani egallash yo’llari: 
O’qituvchi raxbarligidagi mashg’ulotlar bu mashg’ulotlar sakkiz tartibda 
va ommaviy o’tkazilishi mumkin. Asosan ommaviy mashg’ulotlarda ko’proq
amaliy tushunchalar berilsa maqsadga muvafiq bo’lar edi. Har qanday usulda 
yo’l tutilganda ham eng avvalo pedagogik texnikani egallashning individual
yoki namunaviy dasturi tuzib chiqilishi lozim.
Pedagogik texnikani egallagan o’qituvchi o’quv tarbiya jarayonida 
quyidagi tamoyillarga etiborini qaratishi lozim:
* o’qituvchilarda shakllanishi lozim bo;lgan u yoki bu fazilatni 
mazmunini ta’limga qarab talim-tarbiya usullaridan foydalanish.
* qo’llanilgan usul va shakl o’quvchining yoshi, ruxiy xolati, aql
zakovatiga tasir eta oladigan bo’lishi.
* har bir dars ilg’or tajribalarni kishilarning shaxsiy namunasini misol
keltiradi. 
* pedagogik vaziyatni bilish va hisobga olish. 
* talabning to’g’ri qo’yolishi va bir xilligi.
* ta’lim va tarbiya jarayonlarini istiqbollarini belgilash. 


* o’quvchilarni ishontirish.
Pedagogik texnikani egallash usullari:
1. O’qituvchi raxbarligidagi mashg’ulotlar. 
2. Mustaqil ishlash va o’zini kasbga tayyorlash. 
3. Kasbiy idial sari izlanish va intilish. 
4. To’g’ri artikulyatsiya, nafas olishni mashq qilish.
5. O’zini boshqa kishilar ko’zi bilan ko’rish, hatti-harakatini tartibga solish.
6. Muomalaning yangi shakllarini izlash va sanab ko’rish.
7. Talabalik davrida o’z guruhida kichik dars lar o’tishni tashkil etish,
chiqishlar qilish.
8. Pedagogik vazifalarni talqin qilish maqsadida kichik saxna ko’rinishlarini 
(rolli o’yinlar) tayyorlash ko’rsatish. 
9. Pedagogik faxm- farosat, refleksiya va empatiya (sezgi) darajasini 
rivojlantirish maqsadida pedagogik tasir etish vositalarini qo’llashni mashq qilish 
(labaratorya darsida).
10. Maktabga o’tiladigan bir o’quv fani yuzasidan bir necha
o’qituvchilarning darslarni kuzatish, ularning texnikasini qayd etish.
11. Boy pedagogik tajribaga ega bo’lgan o’qituvchilarga shogird
tushish.
12. Nutq ohangini takomillashtirish (,,Bu yoqqa kel,, Yuring va
hakozo 15 – 20 xil ohangda ifodalash mumkin. Buyruq komanda, do’q,
ko’rsatma, erkalash, taqiqlash, chaqiriq, iltimos, yalinish, ijozat, taklif
kinoya, murojat, tana oxanglantirish maslaxat ba hokozo.
13. O’z ovozini chetdan turib eshitish. (tasmalarga yozib olish).
14. O’z yuziga zaruriy tusni berishni mashq qilish. Bu usul ko’zguga
qarab amalga oshiriladi. (jiddiy manosiz jaxldor, g’azabdor, g’ayrat,
ko’nikish, qo’rquv, quvnoq, rasmiy, kinoyali, qiziquvchanlik, nafrat, qayg’u
xomush, ikkilanish, xayrihohlik yoqtirmaslik va hokozo. 
O’qituvchining pedagogik takti (pedagogik odob, nazokat). 
Pedagogik taktni o’qituvchi tarbiyachi maxaratining tarkibiy qismi, deb


hisoblash mumkin. Takt so’zining o’zi odamlarning o’zaro munosabatini
tartibga keltiruvchi axloqiy katigoryadir. Hushmuomilali xulq insonni xurmat
qilishni talab qiladi. Takt insonlar orasidagi muvoffaqiyatli muammolarning 
zaruriy shartidir.
Turli insonlarga ko’pchilikka yaxshilik qilish va xursandchilik keltirish
istagi xisdir. Taktli insonlar boshqa insonlar bilan muomalada sergak va
diqqatli bo’ladi.
Xushmuomalali ( taktli ) insonlarning fel – atvorida quyidagi fazilatlar
mujassamlashgan: 
~ muloimlilik, 
~ o’zgalarni tushunish,
~ mexribonlik,
~ topqirlik,
~ idrok,
~ o’zgalar fikriga hurmat,
~ muvozanat,
~ samimiylik, 
~ dilkashlik,
~ kirishuvchanlik.
Shunday sifat va fazilatlar har- bir o’qituvchi tarbiyachida bolishi shartdir.
O'quvchilarga kattalar (o’qituvchilar, ota-ona) kabi muloim va hurmat
bilan muomila qilish kerak. Faqat yana ham diqqatli va extiyotkor bo’lish
lozim. Pedagogik takt o’quvchilarga nisbatan to’g’ri munosabatni tanlash
yo’llaridan biridir.
Umumiy takt va pedagogik takt bir xil narsa emas. Pedagogik takt bu
o’qituvchining nisbiy xislatlari. O’qituvchi o’quvchilarni hurmat qilib o’zining
bolalarga nisbatan bo’lgan hurmatini ko’rsata oladi. Bolalarning yoshi
ulg’aygan sari o’qituvchilar ularga nisbatan bo’lgan diqqat etibori,
g’amxo’rligi, muruvatlilik xislari o’zgarib boradi. Kichik yoshdagi bolalarga
nisbatan, o’qituvchilar ularni bag’riga bosishi, boshini silashi, erkalashi


mumkin. Katta yoshdagi bolalarga nisbatan bu ususllarni faqat ayrim
holatlarda qo’llashi mumkin. O’spirinlarga nisbatan esa vazminlik va
munosabatning soddaligi muximdir. 
Pedagogik takt o’qituvchilarning vazmin xulqida nomoyon bo’ladi 
(yani chidamlilik o’zini tuta bilish). U o’quvchilarga nisbatan bo’lgan
ishonchni belgilaydi. Bu ishonch esa o’quvchilarni ishlashga rag’batlantiradi. 
O’qituvchi o’quvchilar oldida nixoyatda odobli xatti-xarakatlarni qilishi lozim.
Noo’rin xarakatlardan saqlanishi lozim aks xolda o’qituvchi xurmati keta
boshlaydi. O’qituvchining takti darsning hamma bosqichlarida zarur. Aksincha
uquvsizlar xulqini va bilimini baholayotganda bunga etibor berish kerak. Takt
o’quvchi javobini eshita olishda ham ifodalanadi. Hamma o’quvchilar ularning
javoblarini qunt va xurmat bilan eshita oladigan o’qituvchiga javob berishni
yaxshi ko’radilar. Ularning javobini eshitishda jilmayish, imo – ishora bilan
maqullash juda muxim.
O’qituvchi darsda faol va talabchan bo’lishi, darsdan tashqari vaqtda esa
erkin, dilkash, samimiy bo’lishi kerak. Pedagogik jarayon bir – biriga
o’xshamagan turli xildagi vaziyatlardan iboratdir. Bu jarayonda ziddiyatli
vaziyatlar ham uchrab turadi. O’qituvchi ushbu vaziyatlardan mavaffaqiyatli
chiqishi uchun quyidagi qoidalarga rioya qilmog’i zarur: 
* avvalambor o’qituvchi ziddiyatni bartaraf etishga harakat qilmog’i zarur, 
* o’z xatti – harakati bilan sherigiga tasir eta olishi kerak, 
* suxbatdoshining xatti – harakati va yuz bergan vaziyatga tushinmasdan
turib xulosa chiqarishga shoshilmaslik kerak, 
* vaziyatning keyingi bosqichini tassavvur eta bilishi kerak,
* xulosa to’g’ri chiqarilganligiga hammani ishontira bilishi kerak.
O’qituvchining pedagogik nazokati uning muomila va munosabatlarida
nomoyon bo’lishi yuqirida aytildi. Aynan mana shu munosabatlar o’zoro 
ishonch asosida qurilgan bo’lsa, bunday muloqot ijobiy natija beradi. Dars
jarayonida pedagogik takt hamda o’quvchilarning fikr muloxazalari so’ralib
ularning qay darajada tushunchaga erishganligi ko’rib chiqiladi va mashxur


pedagoglarning fikrlari bilan davom ettiriladi. A. Makarinkoning aytishicha “ 
pedagogik mexnat ayni sizning samimiyatingizdan iborat bo’lishi kerak,
ammo samimiy bo’lish, bemuloxaza va qo’pol bo’lish” degani emas:
“Pedagogik mahorat” buo’quv jarayoning barcha shakllarini eng qulay va 
samarali xolatda tashkil etish, ularni shaxs komoloti maqsadlari tomon
yo’naltirish o’quvchilarda dunyoqarash, qobilyatni shakllantirish ularda
jamiyat uchun zarur bo’lgan faolyatga moyillik uyg’otishdir.
O’quvchi shaxsiga doim ijobiy axloqiy tasir ko’rsata oladigan kishigina
haqiqiy tarbiyachidir. O’zining axloqiy sifatlarini takomillashtirishi kerak.
Pedagogik mahorat asoslariga:
- kasbiy pedagogik bilimlar , 
- insonparvarlikka yonaltirish, 
- pedagogik texnika,
- kasbiy pedagogik faolyatni amalga oshirish tajribasi, 
pedagog shaxsiga taalluqlidir.
Pedagogik mahoratning ta’lim – tarbiyada tutgan o’rni shunisi bilan
xarakterlanadiki bunda o’quvchi o’ziga olishi kerak bo’lgan ta’lim – 
tarbiyaning asosiy qismlari egallay oladi. O’quvchida bu orqali bilim
ko’nikma, malaka shakllanadi va bu sifatlar orqali o’quvchi bevosita va
bilvosita talimiy- tarbiyaviy tomondan shakllanib boradi.
Shuningdek o’quvchilarda pedagogik mahorat tushuncha bilan birgalikda
pedagogikaning bir qancha soxalari bilan birgalikda tushuntirib boradi. 
Masalan: pedagogik bilimdonlik . Pedagogik mahoratning asosi pedagogik
bilimdonlikdir.
O'qituvchi mahorati uning faolyatida ko’rinadi. O’qituvchi avvalo
pedagogik qonunyatlari va mexonezmlarini to’liq egallagan bo’lishi lozim. 
Biroq mahorat – bu aloxida qudratdir. Pedagogik mahoratga erishish 
o’quvchining muayyan shaxsiy sharoitlari bilan amalga oshiriladi.
Pedagogik mahorat - o’zining ilmiy asoslariga ega. 1987 – 1997 yillarda
ilmiy yondashuvlar bu favqulotda hodisaga nisbatan xulosa qilishga imkon


berdi. Pedagogik mahorat kasbiy faolyatdagi induviduallikning yorqin
ko’rinishi sifatida tushuniladi. Hozirgi davrda tadqiqotlarda pedagogik 
mahoratning o’ziga xosligi quyidagi shakllarda jamlanadi:
• Pedagogik mahorat.
• Kasbiy bilimdonlik.
• Pedagogik texnalogiya.
• Innavatsion faolyat.
Pedagogik bilimdonlik pedagogik soxada mahorat bilan ishlayotgan
kishining talim- tarbiya imkoniyat to’plagan barcha tajribalardan ratsionol 
foydalanish qobilyatini ko’zda tutgan ekan, demak u etarli darajada pedagogik
faolyat va munosabatlarning maqsadga muvofiq usullari va shakllarini
egallashi lozim. Kasbiy pedagogik bilimdonlikning bosh ko’rsatgichi bu
shaxsga yo’nalganlikdir.
Kasbiy pedagogik bilimdonlik asosan to’rtta kompaninti bilan
xarakterlanadi. 
• shaxsga imonga yo’nalganlik
• pedagogik voqiylikni izchil idrok etish
• fan soxasiga yo’nalganlik
• pedagogik texnologiyalarni egallash.
O’quvchi shaxsini tarbiyalash kamol toptirishda faqat o’quvchilargagina 
emas, bilim o’qituvchilarga yuksak natijalarga erishishni taminlaydi.



Yüklə 491,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin