Foydalanuvchi kutubxonaga axborot resurs joylashtirish mumkinmi? Aytaylik, siz pedagogsiz va faoliyatingiz doirasida ko‘plab pedagogik ijodiy ishlar – dars ishlanmalari, ma’ruzalar, qo‘llanmalar tayyorlagan bo‘lishingiz mumkin. Sizda ushbu resurslarni ham portalimiz kutubxonasiga joylashtirish istagi tug‘ildi, deylik. Bu istakni amalga oshirish juda ham oson. Endilikda portalimizning texnik darajasi shunga qodirki, kutubxonani aynan siz ham “onlayn” tarzda boyitishingiz mumkin. Bu kutubxonaning “Resurs qo‘shish” nomli bo‘linmasiga kirish orqali amalga oshiriladi.
Eng avval, kutubxonaga joylashtirishni ko‘zlagan axborot resursingiz ba’zi talablarga javob berishi lozim. Demak, ular bilan tanishib olamiz. Xalq ta’limi vazirligining 2006 yil 28 iyundagi 167-sonli qaroriga binoan, “ZiyoNET” jamoat ta’lim axborot tarmog‘iga joylashtiriladigan axborot resurslariga qo‘yiladigan texnik talablar quyidagilar: 1. Microsoft Word — Matn (*.rtf — Matn RTF shaklida) formatdagi ma’lumotlar uchun: