Uzluksiz ta’lim tizimida Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning o‘quv-metodik



Yüklə 1,3 Mb.
səhifə20/30
tarix25.04.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#102337
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30
Uzluksiz ta’lim tizimida Informatika va axborot texnologiyalari 6-mavzu

An’anaviy ta’lim

Zamonaviy ta’lim

1

Yangi avlodga bilim va tajriba berish

Talabalarning shaxsiy barkamolligini ta’minlash va rivojlantirish

2

Talabalarni hayotga tayyorlash

Qiyinchiliklarsiz yashashga o‘rgatish

3.

Hozirgidan kelgusida yaxshi bo‘lishga tayyorlash

Doimiy o‘zgarish jarayonida yashashga o‘rgatish

4

Ta’lim maqsadi – bilim olish

Ta’lim maqsadi – o‘zini rivojlantirish, barkamollilik

5

Talabalar maqsadini tayyor holda oladilar

O‘zining huquqiy maqsadlarini qo‘yishi va unga erishish yo‘llarini tanlash

6

Talabalar nazorat turlaridan qochadilar

Obyektiv va o‘z vaqtda nazoratga intilish

7

O‘quv muassasalari o‘zaro o‘xshash

Har bir o‘quv muassasasi yuksalish sari intiladi.

8

Aniq o‘qituvchi

O‘qituvchi tanlash imkoniyati

Elektron o‘quv-uslubiy majmua – zamonaviy AKT muhitida fanning asosiy komponenti hisoblanadi, chunki unda fanning maqsad va vazifalari, mazmuni, o‘qitishning zamonaviy shakl, usul va vositalari hisobga olingan.


O‘quv maqsadli elektron vositalarni yaratish quyidagi uchta muhim bosqichning o‘zaro bog‘liqligini ta’minlaydi:

  • mazmun bosqichi – bu bosqichda elektron vositalarning axborot-ta’lim resurslarini shakllantirish va uning axborot ta’minoti mazmuni yaratiladi;

  • tashkiliy bosqich – bu bosqichda elektron vositalar yaratishning texnik jihatlari bilan bir qatorda, foydalanuvchilarning toifalarini aniqlashtirish, mavjud resurslarni tizimlashtirish va yangilab borish mexanizmlarini ishlab chiqish, ta’lim muassasalaridagi mavjud resurslarni integratsiyalash, elektron ta’limni tashkil etish, axborot-ta’lim resurslariga bo‘lgan talabni aniqlash maqsadida foydalanuvchilar bo‘yicha statistik ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil etish amalga oshiriladi;

  • metodik ta’minot bosqichi – bu bosqichda elektron vositalardan o‘quv jarayonida foydalanish metodikasini ishlab chiqish, maslahat xizmatlarini bajarish yo‘lga qo‘yiladi.

O‘quv maqsadli elektron vositalarni yaratish quyidagi konseptual tamoyillarga ega bo‘lishi lozim:

  1. Maqsadga yo‘naltirilganlik tamoyili.

  2. Integratsiya tamoyili.

  3. To‘laqonlilik tamoyili.

  4. Yaxlitlik tamoyili.

  5. Ochiqlik tamoyili.

Elektron darslik – kompyuter texnologiyalariga asoslangan o‘qitish metodlaridan foydalanishga mo‘ljallangan o‘qitish vositasi bo‘lib, undan mustaqil ta’lim olishda va o‘quv materiallarini har tomonlama samarali o‘zlashtirishda foydalanish mumkin.
Elektron darslikda fanning o‘quv materiallari talabaga interaktiv usullar bilan, psixologik va pedagogik jihatlar, zamonaviy axborot texnologiyalari, audio va video animatsiyalar imkoniyatlaridan o‘rinli foydalaniladi.
Elektron darsliklar quyidagi qismlardan iborat bo‘lishi zarur:
1. O‘rgatuvchi qism – gipertekstga asoslangan va statik, dinamik rasmlardan iborat.
2. Mashq qildiruvchi qism – xatolarni ko‘rsatib beruvchi va to‘g‘ri xulosaga olib keluvchi.
3. Nazorat qiluvchi – testlar orqali nazorat qiluvchi tizim asosida shakllanadi.
Elektron darsliklar quyidagi asosiy xossalari bilan ajralib turadi:

  • ta’limni va o‘quv mashg‘ulotlarini yuqori sifatli darajada olib borilishini ta’minlashi;

  • mustaqil ta’lim olish va egallangan bilimlarni mustaqil baholash imkoniyatining berilishi;

  • ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarning uyg‘unligi;

  • axborot-ta’lim resurslarini rivojlantirish va tezkor yangilab borish imkoniyatining mavjudligi;

  • matn, shuningdek, boshqa axborot materiallarini maxsus navigatsiya (gipermatn) va illyustratsiya (multimedia vositalari, rasmlar, diagrammalar va jadvallar) orqali taqdim etilishi.

Elektron darsliklarning quyidagi belgilariga ko‘ra o‘zaro farqlash mumkin:


I. Foydalanish maqsadlariga ko‘ra: jamoa bo‘lib va individual foydalaniladigan elektron darsliklar.
Jamoa bo‘lib foydalaniladigan elektron darsliklar kompyuterning katta tizim resurslarini talab qilmaydigan bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘lib, ular server kompyuterga joylashtiriladi va ulardan kompyuter tarmoqlari (Internet yoki Intranet) orqali foydalanish mumkin.
Individual foydalaniladigan elektron darsliklar o‘quv materiallarini o‘qituvchining ishtirokisiz o‘rganishga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Elektron darsliklarning bu ikki turidan auditoriya mashg‘ulotlarida ham foydalanish mumkin.
II. O‘quv materiallarini taqdim etishi bo‘yicha: tartibli va ixtiyoriy. Tartibli elektron darsliklar ma’lum bir bo‘lim o‘quv materiallarini o‘zlashtirmasdan keyingi bo‘limga o‘tishga imkoniyat bermaydi.
III. O‘quv materiallari va axborotlarni yangilash bo‘yicha: uzluksiz va davriy yangilanuvchi. Uzluksiz ravishda yangilanadigan elektron darsliklar odatda elektron o‘quv bazalar (portallar, veb-saytlar va boshqalar)ga va elektron kutubxonalarga joylashtiriladi. Davriy yangilanadigan elektron darsliklar asosan elektron axborot eltuvchilar (disketa, CD-disk va boshqa) kabilar bilan taqdim etiladi.
O‘quv jarayonlarini axborotlashtirish maqsadlariga ko‘ra elektron darsliklar quyidagi tamoyillarga javob berishi kerak:
1. Kvantlash tamoyili: o‘quv materiallarini mazmunan yopiq, minimal hajmga ega modullarga ajratish. Modullar bir necha tashkil etuvchidan iborat bo‘ladi.
2. To‘laqonlilik tamoyili: o‘quv materiallarining asosiy mazmunini qamrab olgan har bir modul o‘zida quyidagilarni mujassamlashtirgan bo‘lishi kerak:
gipermurojaatga ega kalit so‘zlar;
nazariy materiallar;
nazariy materiallar bo‘yicha nazorat savollari;
namunalar;
mustaqil yechish uchun masalalar;
modul bo‘yicha nazorat savollari.
Shuningdek, modul tarkibiga quyidagi qo‘shimchalar kiritilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi:
testlar;
nazorat ishi;
yordamchi ma’lumotnoma;
tahlillar.
3. Ko‘rgazmalilik tamoyili: Elektron darsliklar modullari matn va vizuallashtirilgan materiallarning ma’lum nisbatini saqlagan holda illyustratsiyalar va kadrlar jamlanmasidan iborat bo‘lishi zarur.
4. Erkin boshqarish tamoyili: talabalar kompyuter ekranidagi kadrlarning almashishini mustaqil boshqarishlari, zarur materiallarni istalgan marta ekranga chiqarishlari va nazorat topshiriqlarini bajarish orqali bilimlarini mustaqil sinashlari imkoniyatlariga ega bo‘lishlari kerak.
5. Moslashuvchanlik tamoyili: elektron darsliklar o‘quv jarayonida ma’lum bir foydalanuvchining ehtiyojlariga moslanishni ta’minlashi, o‘rganilayotgan materialning murakkabligini va chuqurligini, uning amaliy yo‘naltirilganligini o‘zgartirish, foydalanuvchining ehtiyojlaridan kelib chiqib, qo‘shimcha illyustrjativ materiallarni shakllantirish imkoniyatlariga ega bo‘lishi kerak.
6. Kompyuter ko‘magi tamoyili: o‘quv materiallarining mohiyatiga e’tibor qaratish maqsadida talaba istalgan vaqtda kompyuter ko‘magiga ega bo‘lishi kerak. Bunday qo‘llash kompyuter yordamida uzundan-uzun hisoblashlarni amalga oshirishda, turli grafiklar chizishda va olingan natijalarni istalgan bosqichda tekshirishda foydalidir.

Elektron darslikni modullari


Elektron darslik yaratishda amal qilinishi zarur bo‘lgan tamoyillar (kvantlashtirish, to‘liqliligi, ko‘rgazmaliligi, tarmoqlashuvi, boshqarish, moslashtirish, kompyuterli ta’minot, to‘planuvchanligi) hisobga olinib, Elektron darslik yaratish texnologiyasini loyihalashtirish 7 bosqichni o‘z ichiga oladi:


1) konsepsiyasini ishlab chiqish (fan standarti va mashg‘ulot o‘tkazish metodikasiga tayanuvchi elektron darslik yaratishning asosiy g‘oyasini ishlab chiqish, darslikning mazmunli qismini tuzish);
2) loyihalashtirish (ko‘rinishida ishchi namunasini, axborot bloklari va ekran shakllari andozalari to‘plamini, murojaatlar interfaolligini ta’minlovchi giperilovalar tuzilmasining tartibli sxemasini ishlab chiqish);
3) ekran shakli va axborot bloklari dizayni (aniq o‘quv jarayoni, psixologik-pedagogik xususiyatlari, ergonomika talablari, o‘quv materiallari tuzilishi va mazmuniga mos ravishda dizayn tuzilishini qurish);
4) o‘quv materiallarini elektron shaklda tayyorlash va ularni bo‘limlar bo‘yicha bir ish seansi, ya’ni bir dars uchun mo‘ljallangan elementar qismlarga–modullarga ajratish;
5) ilova tuzilmasi elementlarini to‘ldirish (tayyorlangan materiallarni ishlab chiqilgan andozalar va ekran shakllariga joylashtirish, ilovalar tizimini to‘ldirish hamda foydalanuvchi bilan qayta aloqa tashkil qilish);
6) test sinovlari va sozlash (har bir ilova, aloqa ishlari to‘g‘riligini va foydalanuvchi harakatiga dasturning javobini to‘g‘riligini tekshirish);
7) o‘quv jarayoniga tatbiq etish (albatta, ta’lim beruvchilar va o‘quvchilar refleksiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash bilan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida elektron darslikni qo‘llash).

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin