V. А. Kostetskiy


ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARINI SUD ORQALI HIMOYA QILISH



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/104
tarix20.11.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#166505
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   104
10 sinf huquq tahrirlangan

ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARINI SUD ORQALI HIMOYA QILISH 
Iste’molchi sudga murojaat qilib huquqlarini himoya qilishi mumkin. Sud 
barcha sohalar va avvalo savdoda iste’molchini uning huquqlari buzilishidan 
himoya qilishga majbur. 
Shu tariqa, har bir iste’molchi o‘z manfaatlarini himoya qilish vositalariga 
ega. Faqat ularni bilish va ulardan foydalana olish darkor. 
Vaziyatni o‘rganib, savollarga javob bering. 
Yusupovlar oilasi yangi rangli televizor xarid qildi. Bir 
necha haftadan keyin televizor tasviri umuman ko‘rinmay qoldi. 
Televizorni tuzatishga kelgan usta ekran kuygani va uni tuzatish 
ancha qimmatga tushishini aytdi. Keyingi kuni Yusupovlar 
do‘konga borib, tovarni bergan sotuvchiga murojaat qilishdi. 
Yusupovlarning sotuvchi bilan uchrashuvini ko‘z 
oldingizga keltiring. Yusupovlar va sotuvchi nima deyishi 
kerak (ularning o‘rniga o‘zingizni qo‘yib ko‘ring)? 
Sotuvchi yordam berishdan bosh tortganida Yusupovlar 
nima qilishi kerak? Agar shikoyat yozmoqchi bo‘lishsa, 
uni kimga yuborishlari lozim? Xatga qanday ma’lumotlar 
kiritilishi kerak? Yusupovlar nomidan shikoyat yozing. 


84 
 
Bilimingizni sinang! 
1.
Davlat idoralarining iste’molchilar huquqlarini himoya qi- 
lish bo‘yicha vazifasi nimadan iborat? 
2.
Iste’molchi o‘z huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qanday 
imkoniyatlarga ega? 
3.
O‘zbekiston Respublikasidagi iste’molchilar huquqlari- 
ning himoya qilinishini ta’minlaydigan davlat organlarini 
sanab o‘ting. 
4.
Sud qanday iste’mol sohalaridagi huquqbuzarliklarni 
ko‘rib chiqadi? 
3-topshiriq. 
Kunduzi mavzedagi bir necha uyning elektr tarmog‘ida 
kuchlanish ko‘tarildi. Lampochkalar kuydi, televizorlar va bo- 
shqa maishiy texnika ishdan chiqdi. Odamlar ko‘chaga chiqish- 
sa — quvvatni taqsimlash shchitida ta’mirlash ishlari olib bori- 
layotganiga guvoh bo‘lishdi. 
Ayollar va ta’mirchilar o‘rtasidagi vaziyatni rollarga bo‘lib 
o‘ynang. Ayollar elektrchilarga qanday da’volar qilishadi, ta’mir- 
chilar nima deb javob berishadi? Kuygan texnikaning ta’miri uchun 
kim haq to‘lashi kerak? Nima uchun? Iste’molchilik huquqlarini 
himoya qilish maqsadida qayerga murojaat qilish darkor? 
Iste’molchining huquqlari buzilgan taqdirda, u sudga mu- 
rojaat qilishga haqlidir. Da’volar, agar qonunlarda boshqacha 
qoida belgilanmagan bo‘lsa, javobgar, iste’molchi joylashgan 
yerdagi yoki zarar yetkazilgan joydagi sudga taqdim etiladi. 
Iste’molchilar o‘z huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq da’vo- 
lar bo‘yicha, shuningdek, tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz bo‘lishi 
ularning sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari, 
iste’molchilarning jamoat birlashmalari iste’molchining (iste’mol- 
chilar nomuayyan doirasining) manfaatlarini ko‘zlab qo‘zg‘atiladi- 
gan da’volar bo‘yicha davlat boji to‘lashdan ozod qilinadilar. 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin