V. А. Kostetskiy


TOVARNING NARXI VA SUG‘URTA QILINISHI



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/104
tarix20.11.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#166505
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   104
10 sinf huquq tahrirlangan

TOVARNING NARXI VA SUG‘URTA QILINISHI 
Xaridor o‘z hisobidan to‘lovni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan amal- 
larni bajarishga, masalan, pullarni pochta orqali yuborish, pul mablag‘larini 
o‘tkazish bo‘yicha xarajatlar va hokazolarga majbur. Xarid narxini to‘lash maj- 
buriyati oldi-sotdi majburiyatining pulli xarakterga ega ekanligidan kelib chiqa- 
di va sotuvchiga muayyan pul mablag‘ini berishda namoyon bo‘ladi. 
Tovarning xarid narxi, ya’ni xaridor tomonidan sotuvchiga berilishi zarur 
bo‘lgan pul summasi odatda shartnoma taraflari tomonidan belgilanadi. 
Tovarni sug‘urtalash majburiyati taraflar roziligi bilan oldi-sotdi shartno- 
masida nazarda tutilgan holda sotuvchiga ham, xaridorga ham yuklanishi 
mumkin. Bunda sug‘urtalash majburiyati shartnomada ko‘rsatilishi zarur 
bo‘lgan shartlar sirasiga kirmaydi. 


81 
Agar shartnomada sotuvchi yoki sotib oluvchining tovarni sug‘urtalash 
majburiyati nazarda tutilgan bo‘lsa, biroq unda sug‘urtalash shartlari va tovar 
sug‘urtalanadigan eng kam summa belgilanmagan bo‘lsa, sug‘urtalash shartno- 
masida nazarda tutilgan sug‘urta puli tovar bahosidan kam bo‘lishi mumkin 
emas. 
ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH 
TO‘G‘RISIDAGI QONUNLAR 
Ba’zida hatto eng tajribali xaridor ham biror narsani xarid qilgach, 
muayyan muammolarga duch keladi: ko‘zga ko‘rinmas nuqsoni, estetik xusu- 
siyatga ega kamchiliklari va boshqalar aniqlanadi. 
Bu holda xaridor vujudga kelgan muammolarni birinchi navbatda tovarni 
sotgan tashkilot bilan hal qilishga urinib ko‘rishi lozim. U iltimosni bajarish- 
dan bosh tortganida xaridor o‘z huquqlarining o‘zgacha himoya qilinishiga 
erishishga haqli. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning turlicha yo‘lla- 
ri mavjud. O‘zbekiston qonunlari sifatsiz tovar xarid qilinganida iste’molchilar 
huquqlari va manfaatlarining davlat tomonidan himoyasini ta’minlaydi. 
Mamlakatimizda iste’molchilar huquqlarining davlat tomonidan himoya 
qilinishini ta’minlaydigan idoralar mavjud: 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
Xususiylashtirilgan 
korxonalarga 
ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi; O‘zbekiston 
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (bundan buyon 
matnda “O‘zstandart” agentligi deb yuritiladi); O‘zbekiston Respublikasi 
Sog‘liqni saqlash vazirligi; O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi; 
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat 
qo‘mitasi; iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlariga rioya etilishini o‘z vakolatlari doirasida nazorat qiluvchi boshqa 
davlat boshqaruvi organlari. 
Ular iste’molchilarning shikoyatlari, arizalari va takliflarini ко‘rib chiqa- 
dilar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilib, sudlarga murojaat etadilar. 
Tovarlar xavfsiz bo‘lishiga va ularning sifatiga doir majburiy talablarni belgi- 
laydilar hamda bu talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar, 
ishlab chiqaruvchilar tovarlar xavfsiz bo‘lishi va ularning sifatiga doir talablar- 
ni buzganlari taqdirda ularning ustidan sudlarda da’vo qo‘zg‘atadilar. 


82 
Iste’molchilar o‘z huquqlari va manfaatlarini himoya qilish 
maqsadida ixtiyoriy ravishda iste’molchilar birlashmalarini tu- 
zishlari mumkin. 
Iste’molchilarning birlashmalari o‘z faoliyatini qonun huj- 
jatlariga muvofiq amalga oshiruvchi jamoat birlashmalaridir. 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin