V. А. Kostetskiy


TOVAR SERTIFIKATLANGANLIGI



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/104
tarix20.11.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#166505
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   104
10 sinf huquq tahrirlangan

TOVAR SERTIFIKATLANGANLIGI 
TO‘G‘RISIDAGI AXBOROTNI OLISH HUQUQI 
«Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida»gi Qonunga 
muvofiq iste’molchi uchun mo‘ljallangan barcha mahsulotlar baholanishi va 
mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligi tasdiqlangan taqdirda maxsus 


76 
«Muvofiqlik sertifikati» — 
sertifikatlangan mahsulotning 
belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjat. 
Ishlab chiqaruvchi — 
iste’molchiga realizatsiya qilish 
uchun tovar ishlab chiqaradigan korxona, tashkilot, muassasa 
yoki xususiy tadbirkor. 
hujjat — muvofiqlik sertifikati berilishi kerak. Bunda iste’molchi sotuvchidan 
mahsulot sertifikatlanganligi to‘g‘risida axborot olish huquqiga ega. Mazkur 
belgi mahsulotda shtrix-kod yonida joylashgan bo‘lib, mahsulot odamlar hayoti 
va sog‘lig‘i hamda uning atrof muhiti uchun xavfsizlik talablari standartlariga 
javob berishini bildiradi. 
XARID QILINGAN TOVARNI ALMASHTIRISH 
YOKI QAYTARISH HUQUQI 
Past sifatli yoki nuqsonli tovar sotilgan taqdirda, iste’molchi o‘z xohishiga 
qarab quyidagilardan birini talab qitishga haqli: 

tovarni ayni shunday rusumli (modelli, artikulli) maqbul sifatli tovarga 
almashtirib berish; 

tovarni boshqa rusumdagi (modelli, artikulli) ana shunday tovarga al- 
mashtirib, uning xarid narxini qayta hisob-kitob qilish; 

xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish; 

shartnomani bekor qilib, ko‘rilgan zararni tiklash. 
Xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish shuni anglatadiki, 
agar siz biror nuqsoni bo‘lgan yozuv stolini xarid qilgan bo‘lsangiz, sotuvchi 
esa uni almashtirib berolmasa yoki nuqsonlarini bartaraf etolmasa, siz ushbu 
nuqsonlari bo‘lgani sababli xarid buyumining narxini pasaytirishga haqlisiz. 
«Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunga mu- 
vofiq xaridor 7 kunlik muddatda tovarni xuddi shunday tovarga almashtirish- 
ga haqli. Agar tovar boshqa rusumli xuddi shunday tovarga almashtirilayotgan 
bo‘lsa, narxlar orasida farq bo‘lgani uchun qayta hisob-kitob qilinishi kerak. 
Masalan, onangizning tug‘ilgan kuniga qora rangli sumkacha sotib oldingiz, 
lekin uning kiyimiga jigarrang sumkacha mos keladi. Bu holda uni sizga ke- 
rak bo‘lgan sumkachaga almashtirib berishlari mumkin. Lekin do‘konda siz- 
ga zarur sumkacha bo‘lmasa, siz xarid qilingan tovarni qaytarishingiz va unga 


77 
to‘langan summani qaytarib olishingiz mumkin. Biroq shuni ham yodda tutish 
lozimki, xaridorning tovarni almashtirish yoki qaytarib berish talabi faqat tovar 
iste’molda bo‘lmagan, barcha xossalari va sifati saqlangan taqdirda hamda u 
aynan shu sotuvchidan xarid qilinganligi isbotlanganida (ya’ni do‘kon cheki 
bo‘lganidagina) qondiriladi. 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin