107
2-topshiriq.
Maslahatlashib, xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi nizoni
hal etishga doir o‘z variantingizni taklif eting. Vujudga kelgan
nizoning oldini qanday qilib olish mumkinligini ham belgilang.
Vaziyat.
Zavod
direktori sobiq sinfdoshi, endilikda yuqori malakali
mutaxassisni xursandlik bilan kutib oldi.
Uning maktabni bitirga-
nidan keyingi hayoti to‘g‘risida so‘rab-surishtirib, maktab yillari,
institutdagi o‘qish davrini eslab, direktor A.ni
darhol ishga qabul
qilishni buyurdi.
— Rasmiyatchiliklar keyinroq, — deb qo‘lini siltadi xodimlar
bo‘limi boshlig‘iga...
Bir oydan so‘ng sobiq do‘stlar mehnat haqi miqdori, ish vaq-
ti va shartlarini aniqlash chog‘ida tamoman urishib qolishdi. Oxir-
oqibat A. o‘z xohishiga binoan ishdan ketdi. Sobiq do‘stlar
dushman bo‘lib ayrilishdi.
Dostları ilə paylaş: