tashishlari mumkin bo‘lgan og‘ir yuk normalarining
chegarasini belgilash to‘g‘risida»gi Nizom
MASLAHATLARIMIZ
ISH IZLAYAPMAN
Amaliy tajribaga ega bo‘lmay turib, ko‘ngilga yoqadigan, buning ustiga
mutaxassislik bo‘yicha ish topish juda mushkul. Biroq bu narsa sizni ish top-
gungacha qarab o‘tiravering, degani emas. Agar butun O‘zbekistonda bo‘lmasa
ham, aqalli o‘zingiz yashaydigan dahada ish topish istagingiz to‘g‘risida e’lon
bering:
—
e’lonni (buning uchun ajratilgan joylarda) yopishtirib chiqing;
—
ish bor-yo‘qligi to‘g‘risida savol bilan davlat va xususiy korxonalarga
murojaat qiling;
—
tuman ish birjasiga borib ko‘ring;
—
gazetalardagi e’lonlarni kuzatib boring.
110
Kontrakt imzolamaslik sharti bilan taklif etilgan hatto eng jozibali ishni
ham, rad qilganingiz ma’qul. Ko‘pchilik hollarda bunday «jozibali ish» biroz
vaqtdan keyin turli bahonalar bilan sizni ishdan bo‘shatish bilan tugaydi, ta-
biiyki, ishlangan kunlaringiz uchun haq olmaysiz.
Bilimingizni sinang!
1.
Mehnat huquqining asosiy manbalarini sanab bering.
2.
Mehnat huquqining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan
iborat?
3.
Mehnat munosabatlari qanday tamoyillar asosida quriladi?
Mehnat munosabatlari tomonlarini sanab bering.
4.
Mehnat munosabatlari sohasida xodimlar manfaatlarini
qaysi tashkilotlar himoya qiladi?
5.
«Majburiy mehnat» deganda nimani tushunasiz va qaysi
hollarda bunday mehnat taqiqlanmagan?
6.
«Mehnat shartnomasi» tushunchasiga ta’rif bering. U qan-
day shaklda tuzilishi mumkin?
7.
Mehnat shartnomasi og‘zaki shaklda tuzilishi mumkinmi?
8.
«Mehnat shartnomasi» va «kontrakt» tuhsunchalari orasi-
da farq bormi?
9.
Mehnat shartnomasini nima uchun tuzish zarur?
10.
Mehnat shartnomasi matniga qanday shartlarni kiritish lo-
zim?
11.
Necha yoshdan boshlab ishga qabul qilinadi?
|