114
SINOV MUDDATI
Ish beruvchining qaroriga ko‘ra xodimning topshirilayotgan ishga la-
yoqatliligini tekshirish uchun u sinov to‘g‘risidagi shart bilan ishga rasmiy-
lashtirilishi mumkin. Bunda aniq sinov muddati belgilanadi.
Qonun hujjatlari
tomonidan eng ko‘p muddat — 3 oy belgilangan. Sinovga bardosh bermagan
shaxslar ishdan bo‘shatiladi. Agar xodim mehnat shartnomasini sinov muddati
sharti bilan tuzishdan voz kechsa, unda ish beruvchi uni ishga qabul qilishni rad
etishga haqli.
Sinov muddati nafaqat xodimning topshirilayotgan ishga layoqatliligini
tekshirib ko‘rish, balki unga mazkur ish to‘g‘ri kelishiga
ishonch hosil qilish
uchun ham tayinlanadi. Agar bu ish unga to‘g‘ri kelmasligini bilsa, u shaxsiy
tashabbusiga ko‘ra, ish beruvchini uch kun oldin yozma ravishda ogohlantirib,
ishni to‘xtatishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 129-moddasi binoan, ish
beruvchi quyidagi toifaga mansub shaxslarga
nisbatan sinov muddati
belgilashga haqli emas:
homilador ayol, uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayol yoki uch yoshga
to‘lmagan bolani yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ota (vasiy);
zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish uchun yuborilgan
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan bo‘lgan
shaxslar;
davlat grantlari asosida o‘qigan va oliy ta’lim tashkilotini tamomlagan
kundan e’tiboran uch oy ichida yo‘llanma bo‘yicha olingan mutaxassisligiga
doir ishga kirayotgan oliy ta’lim tashkilotlarining
bitiruvchilari;
tegishli ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran bir yil ichida
birinchi bor ishga kirayotganda olingan mutaxassisligi bo‘yicha mustaqil
ravishda ishga joylashayotgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy
ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari;
o‘zi bilan olti oygacha muddatga mehnat
shartnomasi tuzilayotgan
xodimlar;
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar;
115
ishga qaytadan qabul qilingan taqdirda ish beruvchi ilgari qaysi xodimlar
bilan mehnat shartnomasini alohida asoslar bo‘yicha bekor qilgan bo‘lsa, o‘sha
shaxslar;
ishlab chiqarishda o‘qitish shartnomasi bo‘yicha
ushbu ish beruvchida
o‘qishni o‘tagan o‘quvchilar;
jamoa
kelishuvlarida,
shuningdek
jamoa
shartnomasida
va
ish
beruvchining ichki hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xodimlar.Vaqtincha
mehnatga qobiliyatsizlik davri va xodim uzrli sabablarga ko‘ra ishda bo‘lmagan
boshqa davrlar dastlabki sinov muddatiga kiritilmaydi.
Agar dastlabki sinov muddati tugagunga qadar taraflardan birortasi ham
mehnat shartnomasini bekor qilishni talab qilmagan bo‘lsa, shartnomaning
amal qilishi davom etadi va bundan keyin uni bekor qilishga umumiy asoslarda
yo‘l qo‘yiladi.
Dostları ilə paylaş: