102
Mehnat kodeksiga muvofiq quyidagi hollarda ishlash maj-
buriy hisoblanmaydi:
—
harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tash davrida;
—
favqulodda holat sharoitlarida;
—
sud hukmi kuchga kirishi asosida.
—
Mehnat qilish huquqini ta’minlash, ishsizlikdan muhofaza qilish
tamoyili:
davlat idoralari uni olishga xohish bildirgan hammaga maq-
bul ishni taqdim etish uchun barcha choralarni ko‘rishga majbur. Ish
qidirish vaqtida ishsizlik bo‘yicha nafaqa to‘lanadi.
—
Mehnatda va bandlikda tenghuquqlilikni ta’minlash tamoyili:
mehnatda diskriminatsiya qilishga, ayollar va erkaklarga haq to‘lashda,
irqiy alo- matlarga ko‘ra, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga qaragan-
da mamlakatning ishlayotgan fuqarolariga ko‘proq huquqlar berish va
hokazoni taqiqlash.
—
Dam olish, mehnatni muhofaza qilish huquqini ta’minlash tamoyi-
li:
mehnat qonun hujjatlarida fuqarolarning dam olish huquqi ko‘zda
tutilgan, unga muvofiq ularga ish joyi va o‘rtacha
ish haqi saqlangan
holda yillik ta’tillar beriladi.
—
Dostları ilə paylaş: