V-BO‘LIM. MEHNAT HUQUQI ASOSLARI
16-
§. MEHNATGA OID MUNOSABATLAR
MEHNAT MUNOSABATLARINING
ASOSLARI
Mehnat huquqi huquqning eng muhim tarmoqlaridan biridir.
U ishchilar
va ish beruvchilar o‘rtasidagi mehnat munosabatlarini tartibga solishda muhim
o‘rin tutadi.
Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari Mehnat kodeksi, O‘zbekiston Respub-
likasi qonunlari va Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Preziden-
tining
farmonlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari va Jo‘qorg‘i Ken-
ges qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi hukumatining hamda Qoraqalpog‘iston
Respublikasi hukumatining qarorlari, davlat hokimiyatining boshqa vakillik va
ijroiya organlari o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlardan iboratdir.
4
— Davlat va huquq asoslari, 10-sinf
97
98
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Mehnat kodeksiga ko‘ra
barcha fuqarolar mehnat huquqlariga ega bo‘lish va ulardan foydalanishda teng
imkoniyatlarga egadir. Jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi,
mulkiy holati va mansab mavqeyi, dinga bo‘lgan munosabati, e’tiqodi, jamoat
birlashmalariga mansubligi, shuningdek xodimlarning
ishchanlik qobiliyat-
lariga va ular mehnatining natijalariga aloqador bo‘lmagan boshqa jihatlariga
qarab mehnatga oid munosabatlar sohasida har qanday cheklashlarga yoki im-
tiyozlar belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi va bular kamsitish deb hisoblanadi.
Mehnat sohasida o‘zini kamsitilgan deb hisoblagan shaxs kamsitishni
bartaraf etish hamda o‘ziga yetkazilgan moddiy va ma’naviy
zararni qoplash
to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Mehnat kodeksiga muvo-
fiq mehnatni huquqiy tartibga solishning quyidagi tamoyillari belgilangan:
—
har bir shaxs mehnat qilish;
—
erkin ish tanlash;
—
haqqoniy mehnat shartlari asosida ishlash va qonunda belgilangan tar-
tibda ishsizlikdan himoyalanish;
—
o‘z mehnati
uchun haq olish;
—
muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o‘rnatish, bir qator kasb-
lar va ishlar uchun ish kunini qisqartirish,
har haftalik dam olish kun-
lari, bayram kunlari, shuningdek haq to‘lanadigan yillik ta’tillar berish
orqali ta’minlanadigan dam olish;
—
xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarda mehnat qilish;
—
kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
—
ish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar-
ning o‘rnini qoplash;
Har
kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin
tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay
mehnat
sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday
kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq toʻlashning belgilangan eng
kam miqdoridan kam boʻlmagan
tarzda adolatli haq olish,
shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish
huquqiga ega.
Dostları ilə paylaş: