В данной выпускной квалификционной работе исследованы вопросы внедрение gprs технологий в стандарте gsm



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə12/25
tarix22.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#119848
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
В данной выпускной квалификционной работе исследованы вопросы вн

2.6. Radio signal modulyatsiyasi

GSM standartida zamonaviy spektral-effektiv minimal chastota siljishli Gauss chastota manipulyatsiyasi (GMSK) qo‘llaniladi. Bunday modulyatsiya turida, nurlanayotgan radio signalni chastota polosasini kamaytirish maqsadida, signal modulyatorigacha Gauss xarakteristikasiga ega bo‘lgan past chastotali filtrdan o‘tkaziladi. GMSK modulyatorida radiosignalni shakllantirishda bitta axborot biti intervalida tashuvchini fazasini 90 ga o‘zgartirish yo‘li bilan radiosignalni shakllanadi. Bu modulyatsiya usulida signallarni ajratishda, fazani bunday o‘zgarishi mumkin bo‘lgan eng kichik qiymati hisoblanadi.


GMSK modulyatorini tuzilish sxemasi 4.5-rasmda ko‘rsatilgan.



2.5-rasm. GMSK modulyatorini tuzilish sxemasi.


O‘z navbatida sinusoidal signalni fazasini uzluksiz o‘zgarishi natijasida chastotasi diskret o‘zgaradigan chastota modulyatsiyasini beradi, Gauss filtrini qo‘llash esa chastotani diskret o‘zgarishini o‘tishlarni silliqlaydi.


GSM standartida me’yorlashtirilgan polosa tushunchasi ishlatiladi, u quyidagicha aniqlanadi: VT, bunda V – minus 3 dB sath bo‘yicha filtrni polosa kengligi; T – xabarni bitta axborot bitining davomiyligi. GSM standartida GMSK ni bu parametr VT = 0,3 teng bo‘ladi.
GMSK signalini shakillashda asosiy qism bo‘lib, bitta qo‘shuvchi va ikkita ko‘paytirgichdan iborat bo‘lgan 1/Q kvadratur modulyator hisoblanadi. Kvadratur modulyator vazifasiga uzluksiz va aniq faza modulyatsiyasini olish kiradi. Bu sxemada kirish signali avval “sin” va “cos” deb belgilangan bloklarga keluvchi ikkita kvadratur tashkil etuvchilariga bo‘linadi. Keyin ko‘paytirgichlarda sinusoidal va kosinusoidal tebranishlarning amplituda o‘zgarishi bajariladi. Keyinchalik bu signallar qo‘shiladi va GMSK signal olinadi.
GMSK signalini shakllanish prinsipini tushuntiruvchi diagrammalar 2.6-rasmda keltirilgan.



2.6-rasm. GMSK signalini shakllanish prinsipini tushuntiruvchi diagrammalar.

GSM standartida GMSK modulyatsiyasini tanlanilishiga sabab bo‘lgan avzalliklari:



  • GMSK signalini sathi doimiy, bu esa uzatgichning chiqish quvvatini samarali ishlatish imkonini beradi;

  • polosadan tashqaridagi nurlanishlar sathi past bo‘lganda GMSK signalining spektri nisbatan ixcham bo‘lishi;

  • yetarlicha katta halaqitga chidamliligi hisoblanadi.


Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin