Billing shlyuzi Billing shlyuzi (Biling Gateway - BGW) GPRS ni mobil aloqa tarmog‘iga ishga tushirishga funksiyani amalga tushirish yo‘li bilan yengillashtiradi, billing tizimi GPRS uchun to‘lovlarni hisoblashda boshqarishni yengillashtiradi.
GPRS xizmatlaridan foydalanishga to‘lovlarni hisoblash omili kanallar kommutatsiyali xizmatlar uchun qo‘llaniladigan omillardan tubdan farq qiladi. Asosan ular uzatilgan va qabul qilingan axborotni hajmiga asoslangan, kanallar bandlik vaqtiga bog‘liq emas. GPRS seansi vaqtini uzoq davr davomida aktiv holatda bo‘lishi mumkin, aslida real ma’lumotlar uzatish qisqa vaqt oralig‘ida radioresurslar mavjudligida amalga oshiriladi.
Bu holda radioresurslarni bandlik vaqti ma’lumot hajmi bilan solishtirilganda to‘lov yozish uchun muhim bo‘lmagan omil hisoblanadi.
To‘lov yozish haqidagi axborot SGSN va GGSN lardan olinishi mumkin, ular ishlatadigan interfeys MSC interfeysdan farq qiladi va bu axborot yangi turdagi CDR hisobotlar yartiladi. CDR ning ba’zi bir yangi turlari quyidagilar hisoblanadi:
S-CDR, radiotarmoqni ishlatilishi bilan bog‘liq va SGSN dan uzatilgan ma’lumotlar;
G-CDR, ma’lumotlar uzatish tashqi tarmoqlar bilan bog‘liq va GGSN dan uzatilgan ma’lumotlar;
CDR, GPRSasoslangan qisqa xabarlar xizmatini ishlatilishi bilan bog‘liq ma’lumotlar;
GPRSning bitta seansi vaqt davomida bir necha S-CDR va G-CDR lar generatsiya qilinishi mumkin.
BGW mavjud billing tizimga minimal ta’sir bilan ma’lumotlar uzatish xizmatiga to‘lov yozish imkonini beradi. BGW ma’lumotlarni mavjud billin tizimi tushinadigan formatga aylantirishi mumkin yoki hajmga to‘lov yozish uchun maxsus lashtirilgan yangi billing ilovasini yaratish uchun qo‘llanishi mumkin.
Bu ma’lumot uzatish xizmatini juda tez ishga tushirish imkonini beradi va real vaqt rejimida o‘sha vaqtning o‘zida xizmatlardan foydalanganlik uchun to‘lov yozishni amalga oshirish mumkin.
3.6. Paketlar kommutatsiya tizimi (PSS) PSS GPRS uchun maxsus ishlab chiqarilgan yangi tizimi hisoblanadi. Bu tizim Internet protokoliga(IP) asoslangan. U paketli kommutatsiya GSN (GPRS Support Node) nomli yangi bog‘lanmalarni o‘z ichiga oladi. Hozirgi paytda GPRS bog‘lanmalarni ikki turi mavjud: GPRSni yordan berish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish bog‘lanmasi (SGSN ) va GPRS ni yordam berish bo‘yicha bog‘lanma shlyuzi (GGSN ). SGSN ning interfeyslari GSM tarmog‘ining standart bog‘lanmalari (elementlari) MSC/BSC kabilar bilan bog‘laydi, GGSN ning interfeyslari esa Internet tarmog‘i yoki koporotiv Internet tarmog‘i kabi ma’lumotlarni paketli uzatish tashqi tarmoqlari bilan bu bog‘lanmani bog‘lab turadi.