3.7. GPRS ni yordam berish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish bog‘lanmasi (SGSN) SGSN GPRS tarmog‘ida joylashgan (3.2-rasm). Bu bog‘lanma BSC, MSCNLR, SMS- G va HLR bilan o‘zaro ta’sir qiladi. Bu bog‘lanma GGSN va boshqa SGSN lar bilan aloqalarini tashkil qilish uchun ma’lumotlar uzatishning ichki tarmog‘iga (back bone network) ulanadi.
3.2-rasm. SGSN interfeyslari
SGSN ning xizmat ko‘rsatish hududi chegarasida joylashgan hamma GPRS abonentlariga xizmat ko‘rsatadi. SGSN GPRS tarmog‘ida GSM tarmog‘idagi MSC bajaradigan funksiyaga o‘xshash vazifalarni bajaradi. Ya’ni bu bog‘lanma MS ni ulash, o‘chirish (uzish), joylashuv to‘g‘ridagi ma’lumotlarni yangilash va hakozo funksiyalarni boshqaradi. GPRS abonentlari ularni joylashuviga bog‘liq ravishda tarmoqdagi ixtiyoriy SGSN bog‘lanmasi bilan xizmat ko‘rsatilishi mumkin.
SGSN funksiyalari -GPRS tarmoq tarkibida SGSN bog‘lanmasi quyidagi funksiyalarni bajaradi:
MS harakatini boshqaradi (MM-Mobility Management). MM jarayonlari bu interfeys bo‘yicha ishlaydigan, GPRS chaqiriqlari uchun ham, kanallar kommutatsiyali chaqiriqlari uchun ham IMSI ulanish hisoblanadi, joylashuv hududi yangilanishi, GSM va GPRS uchun joylashuv hududi kombinasion yangilanishi, peydjing signallarini uzatish.
MM jarayonlari tarmoqda abonentlarni harakatlanishlarini nazorat qilish imkonini beradi. MM MS ga bir sotadan boshqasiga ko‘chishga, SGSN bir mashurutlashtirish hududidan boshqasiga, GPRS tarmog‘i ichidagi SGSN bog‘lanmalar orasida ko‘chib yurish imkonini beradi.
Seanslarni boshqarish -GPRS ga paketli uzatishli aloqa seansini yaratish PDP kontekstni aktivatsiya qilish deyiladi.
Seanslarni boshqarish (Session Management-SM) ma’lumotlarni paketli uzatish prujinali kontekstini aktivatsiya qilish, bu kontekstni deaktivatsiya qilish va uni modifikatsiyalash ( takomillashtirish) kabilarni o‘z ichiga oladi.
PDP kontekst MS va GGSN larga ulangan terminal orasidagi ma’lumotlar uzatish virtual kanalini ulanish va uzilishi uchun qo‘llaniladi.
So‘ngra SGSN quyidagilarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlarni saqlaydi:
PDP kontekst identifikatori – indeks, u aniq bir PDP kontekstni ko‘rsatish qo‘llaniladi.
PDP turi. Bu turdagi PDP kontekst maskur paytda IPv7 bilan ulab turiladi.
PDP adresi. MS uchun biriktirilgan yoki dinamik beriladigan IP adres.
APN (Access Point Name). Nuqtalar bilan taqsimlangan xizmatlar servering nomi, masalan: Wap.mts.uz, wap.beeline.uz va h.z
QoS(Quality of sevice) – xizmat ko‘rsatish sifati QoS ga odatda, tezlik va ma’lumotlarni uztish sifati (qabul qilishdagi tekshirishlar soni) kabi larni tasvirlovchi ko‘p sonli parametrlar kiradi.
PDV (ma’lumotlar paketi) MS ga uztilishi yoki MS da olinishidan oldin PDP kontekst SGSN da aktivatsiya qilingan bo‘lishi zarur.
SGSN ga PDP kontekstni aktivatsiya qilish so‘rovi haqida xabar kelganda u ulanishga ruxsat boshqarish funksiyasini so‘raydi. Bu funksiya bitta SGSN bog‘larni chegarasida ro‘yxatga olingan foydalanuvchilar sonini chegaralaydi va har bir hududdagi sifatni nazorat qiladi. Keyin SGSN aniq bir ISP (Internet Service Provider) tarmog‘i yoki ma’lumotlar uzatish korporativ tarmog‘iga (ruxsat etilgan APN ro‘yxatini tekshirish yo‘li orqali) abonentni ulashga ruxsat bor - yo‘qligi tekshiriladi.