Favqulodda vaziyatlar tavsifiga ko‘ra (sababi va kelib chiqish manbaiga ko‘ra):
1. Tabiiy tusdagi FV;
2. Texnogen tusdagi FV;
3. Ekologik tusdagi FVlarga bo‘linadi.
Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlarga 3 xil turdagi xavfli xodisalar kiradi:
1) geologik xavfli xodisalar: zilzilalar, yer ko‘chishlari, tog‘ o‘pirilishlari va boshqa xavfli geologik xodisalar;
2) gidrometeorologik xavfli xodisalar: suv toshqinlari, sellar, qor ko‘chkilari, kuchli shamollar (dovullar), jala va boshka xavfli gidrometerologik xodisalar;
3) Favkulodda epidemiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar: aloxida xavfli infeksiyalar (ulat, vabo, sargayma, isitma), yukumli kasalliklar, rikketsiyalarepidemik toshmali terlama, Bril kasalligi, zoonoz infeksiyalar — Sibir yarasi, kuturish, virusli infeksiyalar — SPID;
Epidemiya — odamlarning gurux bulib yukumli kasallanishi, ularning zaxarlanishi (zaxarli modda bilan xamda ozikovkatdan ommaviy zaxarlanish); epizootiya — xayvonlarning ommaviy kasallanishi yoki nobud bulishi; Epifitotiya esa usimliklarning ommaviy nobud bulishidir.
Ekologik tusdagi favkulodda vaziyatlar.Ekologik tusdagi FVlar asosan 3 xil buladi:
1. quruqlik (tuproq, yer osti)ning xolati o‘zgarishi bilan bog‘liq vaziyatlar: xalokatli kuchkilar — foydali kazilmalarni kazish chogida yer ostiga ishlov berilishi va insonning boshka faoliyati natijasida yer yuzasining o‘pirilishi, siljishi;
Tuprokva yer sanoati tufayli kelib chikadigan toksikantlar bilan ifloslanishi, ogir metallar, neft maxsulotlari, shuningdek, kishlok xujaligi ishlab chikarishida odamlarning sogligi uchun xavf soluvchi konsentratsiyalarda kullaniladigan pestisidlar va boshka zaxarli ximikatlar mavjudligi.
2. Atmosfera (xavo muxiti) tarkibi va xossalari uzgarishi bilan boglik bulgan vaziyatlar: Xavo muxitining kuyidagi ingridientlar bilan ekstremal yukori ifloslanishi:
— oltingugurtli oksid, azotli oksid, uglerodli oksid, dioksid, kurum, chang va odamlar sogligiga xavf soluvchi konsentratsiyalarda antropogen tusdagi boshka zararli moddalar;
— keng kulamda kislotali xududlar xosil bulishi va kup miksorda kislota chikindilari yogilishi;
— radiatsiyaning yukori darajasi.
3. Gidrosfera xolatining uzgarishi bilan bog‘liq vaziyatlar: Yer yuzasi va yer osti suvlarining sanoat va kishlokxujaligi ishlab chikarishi okavalari;
Neft maxsulotlari, odamlarning zaxarlanishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bulgan, tarkibida ogir metallar, xar xil zaxarli ximikatlar mavjud chikindilar va boshka zararli moddalar bilan eksteremal yukori darajada ifloslanishi;
Binolar, muxandislik kommunikatsiyalari va uyjoylarning yemirilishiga olib kelishi mumkin bulgan yoki olib kelgan sizot suvlar miksorining ortishi;
Suv manbalari va suv olish joylarining zararli moddalar bilan ifloslanishi oqibatida ichimlik suvining keskin yetishmasligi.
Hozirgi vaqtda Birlashgan Millatlar Tashkiloti — BMT buyicha favkulodsa vaziyatlarning tavsifiga yana kushimcha kilib: a) ijtimoiysiyosiy tavsifdagi FV; b) xarbiy tavsifdagi FV ni kiritish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qaroriga ko‘ra bizning mintakada 7 xil FV turlari tasdiqlangan:
1. Zilzilalar, yer surilishi;
2. Sel, suv toshkinlari va boshkalar;
3. Kimyoviy xavfli ob’ektlarda avariya va falokatlar (o‘tkir zaxarli moddalarning ajralib chikishi);
4. Portlash va yongin xavfi mavjud ob’ektlardagi avariya va falokatlar;
5. Temir yul va boshka transport vositalaridatashish paytidagi avariya va falokatlar;
6. Xavfli epvdemiyalarning tarkalishi;
7. Radioaktiv manbalardagi avariyalar.
XULOSA Hozirgi paytda raqamli texnologiya rivojlanishiga butun dunyoda katta e’tibor berib kelinmoqda, shu bilan birga telekommunikatsiya tizimlaridan foydalanuvchilarning ham talabi tobora ortib bormoqda. Shuning uchun mazkur bitiruv malakaviy ishimda GSM standartida ma’lumotlarni uzatish tezliklari atroflicha o‘rganib chiqildi.
Mazkur ishda GSM standartining avlodlarini ya’ni birinchi va ikkinchi avlodlarini ko‘rib chiqilayotganligim sababli, GSM standarti rivojlanishi to‘g‘risida ham ma’lumotlar berilgan.
Mavjud raqamli standartlardan mobil tarmoqlaridagi eng tabiiy ravishdagi axborot uzatishni GSM texnologiyasida tashkil etish mumkin, buning uchun tarmoqning markaziy kommutatorini takomillashtirish kerak.
Ma’lumotlar uzatish texnologiyasi tarmoqning uskunalari bilan uning operatori ko‘rsatadyotgan xizmat bazasida amalga oshiriladi deb, faraz etiladi. Simsiz modemlar yordamida ma’lumotlar uzatish uchun (simli telefon tarmoqlaridagidek) tarmoq infrastrukturasiga hech qanday o‘zgarish kiritish kerak emas. Umuman olganda, operator o‘z abonenti ma’lumotlar uzatayotganligini bilmasligi ham mumkin. Buni istalgan uyali tarmoqda shu jumladan, analog tarmoqlarida ham bajarish mumkin. Mobil tarmoqlarda ma’lumotlar uzatishdagi asosiy muammo kanallarning ma’lumotlar uzatish imkoniyatini oshirishdir, chunki ikkinchi avlod texnologiyasining imkoniyati qo‘llaniladigan texnologiyaga bog‘liq xolda 9.6 Kbit/s dan katta emas yoki 14.4 Kbit/s ga teng. Hozirgi vaqtda keltirilgan qiymatlardan anchagina yuqoriroq qiymatlarga erishaoladigan texnologiyalar paydo bo‘ldi. Ularning barchasi GSM standarti variantining u yoki bu modifikatsiyasidir.
GPRS (General Packet Radio Services) nomini olgan GSM tarmog‘ida paketli ma’lumotlar uzatish texnologiyalarini tatbiq etish bilan ma’lumotlar uzatish HSCSD texnologiyasidagi kabi uzatish polosasini bir vaqtbay slot ramkasida va birnecha slotlarni bir kanalga birlashtirish hisobiga oshirish hisobiga ma’lumotlarni uztish tezligi 100 Kbit/s gacha amalga oshiriladi. Buning ustiga GPRS tarmog‘i IP va X25 tarmoqlari bilan mutloq moslashadi. Undan tashqari, GPRS tarmoqlarida xususiy virtual tarmoqlarni rivojlantirish mumkin.
HSCSD protokolidan farqli ravishda GPRS protokolini tatbiq etish tarmoqlarda qator uskunalarni o‘rnatishni taqozo etadi. Abonent terminallaridan tarmoq tayanch stansiyalari orqali GPRS paketlari GPRS abonentlari xizmati uzeliga tushadi (SGSN – Service GPRS Support Node).
Mobil tarmoqlarda axborotlarni uzatish imkoniyatini kengaytirish EDGE (Enhanced Data rates for GSM Evolution) texnologiyasini tatbiq etish bilan bog‘liq. EDGE texnologiyasiga tayangan xolda ma’lumotlarni uzatish tezligi bir vaqtbay sloti hisobida 48 va 62.5 Kbit/s gacha oshirish mumkin. Birnecha vaqtbay slotlarini bir kanalga birlashtirish hisobiga GSM radiokanallarining o‘tkazuvchanlik xususiyatlarini 384 Kbit/s gacha, keyinchalik esa 520 Kbit/s gacha oshirish mumkin. EDGE radiointerfeysi GPRS texnologiyasi bo‘yicha paketli ma’lumotlar almashinuvini tashkil etish imkonini beradi, bu o‘z navbatida simli va simsiz texnologiyalarda ma’lumotlar almashinuvi o‘rtasidagi chegarani yo‘qolishiga olib keladi.