В данной выпускной квалификционной работе исследованы вопросы внедрение gprs технологий в стандарте gsm



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə21/25
tarix22.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#119848
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
В данной выпускной квалификционной работе исследованы вопросы вн

4. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI


4.1. Baxtsiz xodisalar va ularni tergov qilish

Ishlab chiqarishda sodir bo‘ladigan barcha baxtsiz xodisalarni tekshirish va hisobga olish O‘z.Res.Vazirlar Maxkamasining 1997 yil 6 iyundagi 286 sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomiga asosan olib boriladi.


Baxtsiz xodisa ish boshlanishdan oldin ish davomida ish vaqtidan keyin ish joyida yoki undan tashqarida yuz bersa ham uni tekshirish lozim. O‘tkir zaxarlanish, issiq urish, tananing ba’zi joylarini muzlashi baxtsiz xodisaga kiradi va uni tekshiriladi.
Kamida bir ish kuni yo‘qotilgan baxtsiz xodisa 24 soat davomida tekshiriladi va maxsus forma bo‘yicha (N-1) 3 nusxadan akt tuzilinadi.
Aktda baxtsiz xodisaga uchragan kishi xaqidagi ma’lumotdan tashqari aniqlangan baxtsiz xodisaning sababini va bunday vokea qaytarilmaslik uchun qanday chora tadbirlar ko‘rilganligi haqida axborat beriladi.
Aktni korxona bosh muxandisi tasdiqlab beradi. Aktning bir nusxasi sex boshlig‘iga va u bosh muxandisning belgilagan muddat davomida aktda ko‘rsatilgan masalalarni amalga oshirish kerak. Ikkinchi nusxasi kasaba uyushmalar kumitasiga, uchunchi nusxasi mexnatni muxofaza qilish bo‘limiga nazoratni o‘rnatish uchun yuboriladi. Aktlar 45 yil saqlaniladi.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisa to‘g‘risidagi xabar berish sxemasida
1. Korxona nomi
2. Xodisa yuz bergan sana, vaqt, joy, bajarilayotgan ish va baxtsiz xodisa yuz berilganligi xolatining qisqacha tavsifi
3. Jarohatlanuvchilar soni
4. Jaroxatlanganning ism sharifi
5. Xabar yuborilgan sana, vaqt, xabarni imzolagan shaxsning ismi va lavozimi.
Baxtsiz xodisa tekshirilgandan so‘ng yo‘l ko‘yilgan xatoliklar kaytarilmasligini ta’minlash uchun buyruk e’lon qilinadi.
Baxtsiz xodisa o‘lim bilan tugasa yoki og‘ir jarohatlanish bo‘lgan bo‘lsa, bunda maxsus komissiya tuziladi. Komissiya tarkibida kasaba uyushmasining texnik nazoratchisi, yuqori xo‘jalik tashkilotining xodimlari, davlat nozorat organlari xodimlari va umumiy baxtsiz xodisani tekshirishda ishtirok etadigan xolimlar qatnashadilar.
Tekshirish tez kunlarda o‘tkazilib, 7 kun ichida tayyor bo‘lishi kerak. Aktga baxtsiz xodisani ko‘rgan guvoxlarning ko‘rsatmalari, tibbiy ekspert xulosasi, baxtsiz xodisa yuz bergan joyning fotosur’ati va komissiya chiqargan xulosasini tasdiqlovchi boshqa materiallar bo‘lishi kerak. Aktda baxtsiz xodisaga javobgar shaxsning ism sharifi va lavozimi yozib qo‘yiladi.
O‘z.Res.sida kasbiy zaharlanish va kasb kasalliklarining oldini olish uchun kerakli konun va tavsiyanomalarni ishlab chiqarish va tasdiqlash, shuningdek va kasb kaslligi vujudga kelganda ularni xisobga olish va tekshirish ishlari O‘z.Res.si Sog‘liqni saqlash vazirligi tashkilotlariga topshirilgan.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin