GPRS ning qo‘shimcha imkoniyatlari - GGSN SMS-GMSC va SMS-IW-MSC yo‘nalishidagi standart interfeysda ishlaydi. Bu SMS ni MSV/VLR o‘rniga GGSN orqali GPRS yordamida uzatish imkonini beradi.
SMS ni GPRS radiokanallar bo‘yicha yetkazish yo‘li bilan operator kanallar kommunikatsiya tarmog‘i orqali SMS ni uzaatish uchun qo‘llaniladigan ajratilgan signalizatsiya kanallarini tejashi mumkin.
GPRS tarmog‘ini ishlatish uchun ro‘yxatga olingan MS lar GPRS radiokanallar orqali SMS larni qabul qilishi va uzatishi mumkin. GPR tarmog‘ida ishlash uchun ro‘yxatga olingan, lekin GSM tarmog‘ida ro‘yxatga olinmagan MS lar faqqat GRS radiokanallar bo‘yicha SMS lar olishi va uzatishi mumkin. GPRS va GSM tarmog‘ining ikkisida ham ro‘yxatga olingan MS lar SMS larni uzatish va qabul qilish uchun GPRS radiokanallari ham, GSM tarmoq radiokanallari ham ishlatishi mumkin. Agar SMS ni uzatish uchun GPRS tarmog‘ining kanali ishlatilsa MS uchun peydjing xabar kelganligidagi haqidagi SMS GGSN orqali uzatilishi mumkin.
3.8. GPRS dagi kanallar Fizik kanallar - GPRS ni ishlashiuchun uyada kanallar kommunikatsiya ( PS ) ulanishlar uchun kanallar guruhi tayinlangan bo‘lishi kerak. GPRS uchun tayinlangan kanallar ma’lumolarni paketli uzatish yoki PDCh kanallari deyiladi.
Agar taymslot paketli ma’lumotlarni uzatish uchun qo‘llanilsa, unda u paketli kanallar ( PSD – Packet Switch Domain ) umumiy resursga kiradi. Agar taymslotlar kanallar kommunikatsiya uchun ishlatilsa, unda u CSD ga ( Circuit Switch Domain ) kiradi.
SOTALI PDCh kanallar CSD lar uchun trafikka xizmat ko‘rsatuvchi kanallar bilan birga mavjud bo‘ladi. PDCh kanallarni tayinlashga ma’sul paketli uzatishni boshqarish bloki PCU ( Packet Control Unit) hisoblanadi.
Bitta PdCh kanalni o‘zini birgalikda bir nechta GPRS foydalanuvchilar ishlatishlari mumkin. Paketlarni uzatish qabul qilish bo‘yicha TBF-Temporary Block Flow deyiladi.
MS bir vaqtni o‘zida ikkita TBF ga ega bo‘lishi mumkin, bittasi uplink yo‘nalishda, ikkinchisi downlink yo‘nalishda qo‘llaniladi. Har bir TBF raqamlariga ega bo‘ladi, u vaqtinchalik identifikator TFI – Temporary Flow Identity deyiladi.
MS uchun TBF biriktirilganda bitta yoki bir necha PDCh zahiralanadi. GPHS da bir necha PDCh larni birlashtirish imkoniyati mavjud va bu birlashtirish PSET deyiladi, hamda bitta yoki bir necha MSlar bilan ishlatilishi mumkin. Bitta chastotada PDChga bir necha taymslotlar birlashtirilishi mumkin. Kanalni zahiralashdan oldin tizim PSD da bitta yoki bir necha PDCh bo‘sh kanallar borligi haqida ishonch hosil qilish kerak.