В данной выпускной квалификционной работе исследованы вопросы вн
Marshrutlashtirish - funksiyasi SGSN va GGSN ikki bog‘lanmaga integrallashtirish tirilgan. Bu IP marshrutizatorning standart funksiyalarni hamda foydali uchun ham va boshqarish trafiki uchun ham ichki yuklanishni taqsimlash uchun qo‘shimcha funksiyalar. Marshrutizator shunday qilib umumiy IP trafikni ham, maxsus GPRS protakolini ham qayta ishlay oladi.
Marshrutlashtirish funksiyalari, jiddiy qilib aytganda GPRS standarti tashkil qiluvchisi hisoblanmaydi, lekin ular GPRS tarmog‘ining muhim qismini tashkil qiladi. GPRS quyidagi marshrutlashtirish bilan ishlash mumkin: RIP v2, OSPF v2, BGP v7.
Hozirgi paytda bog‘lanmalarda sitatistik marshrutlashtirish va OSPF v2 kombinatsiyasini qo‘llash tafsiya qilinadi.
Tarifikasion ma’lumotlarni tayyorlash.
Bu funksiya operatorni abonent harakatlari va uzatilgan axborot hajmi ( uzatilgan ma’lumotlar xajmi SMS) asosida hisob tuzish imkonini, hamda ma’lumotlar uzatish seansining davomiyligi (ulanish, ro‘yxatga olish vaqti, PDR kontekst aktib holatining davomiyligi) haqida yetarlicha ma’lumotlar bilan taminlaydi.
GPRSning imkoniyatlari S-CDR ( SGSN ), G-SDR ( GGSN ) va CDR ( SMS ) uchun to‘lov yozish bo‘yicha ETSI spesifikatsiyalariga to‘laligicha mos keladi.
CDR GPRS bog‘lanmalarida avval vaqtincha saqlash buferiga tushadi unda tahminan 15 minut saqlanadi, keyin ular qattiq diskga yoziladi. Tarifikasion ma’lumotlarni saqlash uchun diskning hajmini 72 soatgacha CDR larni saqlash uchun mo‘ljallangan.
Operator quyidagi parametrlarni shakllashi ( boshqarishi ) mumkin:
- mo‘ljal punkti ( masalan, billing tizim )
- CDR larni saqlash uchun diskdagi maksimal xotira hajmi
- CDR larni maksimal saqlash vaqti
- operativ ( tezkor ) xotiralarni ( RAM ) buferlash taymeri
- operativ xotirani buferlash hajmi
GGSN ni tanlash.
GGSN PDP kontenet, APN va tarmoq konfiguratsiyasi haqidagi ma’lumotlar asosida GGSN ni ( ruxsat berish serverini ham ) tanlaydi.
3.3-rasm. GGSN ni tanlash
U APN ni so‘rovchi abonentga GGSN ni aniqlash uchun ichki tarmoqda uy serverini ( Domain Name Server-DNS ) ishlatadi. So‘ngra GGSN keyinchalik axborotni qayta ishlashga GGSN ni tayyorlash uchun GTP ( GPRS tunneling protocol ) protokoli yordamida tonnelni o‘rgatadi.