70
–
kadrlar bilan ishlash tadbirlarini moliyalashtirish
manbalari hamda tartibini
aniqlash va hokazo.
2.2.
Tashkilotning kadrlar tarkibi tahlili
Bu bosqichda tashkilot rahbari topshirig‘i bo‘yicha bir qator xizmatlar (kadrlar,
iqtisodiy, yuridik, moliyaviy va hokazolar) kadrlar tarkibi tahlilini o‘tkazadilar.
Kadrlardan foydalanish samaradorligi quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha
tahlil qilinadi:
kadrlar tarkibining soni va sifatini tahlil qilish;
kadrlar harakatini tahlil qilish;
mehnat sharoitlarini tahlil qilish;
ish vaqti fondidan foydalanishni tahlil qilish;
ish kuchi xarajatlarini tahlil qilish;
rahbar kadrlar zaxirasi bilan ishlashni tahlil qilish va hokazo.
Tashkilotda kadrlar holati baholanadi. Baholash jarayonida tashkilot personal
ishining samaradorlik omillari aniqlanadi,
Shuningdek, uning ish samaradorligini
oshirish qo‘shimcha zaxiralarini quyidagi yo‘nalishlarda izlash amalga oshiriladi:
kadrlar ta’lim va kasbiy-malakaviy tuzilmasining maqbulligi,
xodimlar
tuzilmasining (tarkibining) tashkilot maqsad va vazifalariga mosligi;
tarkibiy bo‘linmalarning malakaviy ish kuchi bilan ta’minlanganligi;
xodimlarni o‘qitish (qayta o‘qitish) ga talab, shu jumladan,
tarkibiy
bo‘linmalarning rahbarlarini o‘qitish samaradorligi;
kadrlarga talabni qondirishning asosiy manbalari;
xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish (ijtimoiy paket) xarajatlari;
vakant (bo‘sh) lavozimlarni egallashda, eng yuqori lavozimga ko‘tarishda
kadrlar zaxirasidan foydalanishning samaradorlik darajasi;
kadrlar qo‘nimsizligini tahlil qilish;
kadrlarning mehnat sharoitlari va mehnatga haq to‘lash darajalari bilan qoniqish
71
darajasi;
kadrlarni kasbiy rivojlantirishda tashkilotning moliyaviy imkoniyatlari;
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mehnat sharoitlari hamda moddiy
rag‘batlantirish bilan qoniqqanlik maqsadida tashkilotning
ishlab chiqarish va
tashkiliy tuzilmasini o‘zgartirish mumkinligini tahlil qilish.
O‘tkazilgan tahlil va joriy kadrlar holati tendensiyasini baholash tashkilotning
kadrlar siyosatini ishlab chiqishning muhim qismi hisoblanadi.
5
Kadrlar tarkibini tahlil qilish natijalariga ko‘ra turli darajadagi kasb,
mutaxassislik va ixtisoslikda xodimlarga bo‘lgan talab prognoz qilinadi.
Tashkilotning kadrlarga bo‘lgan talabni prognozlash tashkilotning iqtisodiy xizmatlari
orqali amalga oshiriladi va qisqa muddatli (bir yilgacha), o‘rta muddatli (besh
yilgacha) va uzoq muddatli (besh yildan ortiq) bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: