В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov


Namunaviy qoidalar quyidagi asosiy yo‘nalishlardan iborat



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/109
tarix04.08.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#138558
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   109
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta

Namunaviy qoidalar quyidagi asosiy yo‘nalishlardan iborat: 
• umumiy qoidalar; 
• xodimlarni ishga olish va bo‘shatish tartibi; 
• mehnat va dam olish vaqti; 
• xodimlarning asosiy majburiyatlari; 
• ma’muriyatning asosiy majburiyatlari; 
• rag‘batlantirish va jarimaga tortish choralari. 
Qo‘shimcha ravishda qoidalarga quyidagi bo‘limlar kiritilishi mumkin: 
• Mehnat haqini to‘lash shartlari; 
• Ijtimoiy mukofot va kafolatlar; 
• Xizmat siri. 
“Reglamentatsiya” fransuz tilidan kelib chiqqan bo‘lib, u davlat organi
korxona, muassasa, tashkilot faoliyati tartiboti, Shuningdek, mehnat jamoasida har xil 


140 
yig‘inlar, majlis va konferensiyalar o‘tkazish tartibini belgilovchi qoidalar majmuidir. 
Sohibqiron Amir Temur “Temur tuzuklari”da XIV asr ikkinchi yarmida davlat 
va raiyatni idora qilish tartiblari, soliq tizimi, keksa-qariyalarga, nogironlar va muhtoj 
oilalarga moddiy yordam berish tadbirlarini davlat miqyosiga ko‘tarib, ilk bor 
tadbirlar reglamentini belgilagan. 
Latviya tarixchiligidan ma’lum XVIII - asrning birinchi choragida Rossiya 
imperatori Pyotr I tomonidan ilk bor reglament talablari Rossiya davlatining 
qonunchilik hujjati darajasiga ko‘tarilgandi. Ular markaziy davlat muassasalari shtati, 
tuzilmasi, funksiya va tartibini, flot va armiya tashkil etilishi, xizmat o‘tash tartibi va 
hatto jamiyatda kishi xatti-harakatlarini belgilagandi. 
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan sung, reglament asosan yig‘ilish yoki 
majlislar o‘tkazish tartibi belgilanayotganda, davlat qonunlarini tayyorlash va qabul 
qilish, xorijiy davlatlarning yuksak darajadagi rahbarlarining O‘zbekistonga davlat 
tashrifi chog‘ida, Hukumat, vazirlik va davlat idoralari rahbarlari lavozimga 
tayinlanganda va lavozimdan ozod qilinganida esga olinadi hamda atamaning tor 
ma’nosi qo‘llaniladi. Boshqaruv tizimining izchilligi va uyg‘unligi reglamentlar yo‘q 
bo‘lsa xodimlar va korxona mijozlarining g‘ashiga teguvchi, samarasiz, anarxo-liberal 
qog‘ozbozlik tizimiga aylanadi. 
Korxona va mehnat jamoasi miqyosida ham mavjud reglamentlarni boshqaruv 
tizimi elementlariga qarab quyidagicha tasniflash mumkin: 
• korxona faoliyatini umumiy tarzda yagona yuridik shaxs sifatida tartibga 
soluvchi reglamentlar (ustav, ta’sischilar shartnomasi, ichki tartib-intizom qoidalari 
va b.); 
• o‘z navbatida, xodimlarning o‘zaro bog‘liq guruhlari majmui sifatida 
ko‘rilayotgan xodimlar ishini tartibga soluvchi reglamentlar (bo‘linmalar to‘g‘risida 
nizom, ish o‘rinlari modellari, lavozim yo‘riqnomalari, shartnomalar va b.); 
• axborot ta’minoti bo‘yicha reglamentlar (ish yuritish, hujjatlar, tasniflagichlar, 
namunali bank ma’lumotlari va b.); 


141 
• texnik boshqaruvli ish tartibini muvofiqlashtiruvchi reglamentlar 
(joylashtirish, pasport, foydalanish yo‘riqnomasi va b.); 
• boshqaruv jarayonida mehnat jarayonini me’yorlashtiruvchi reglamentlar 
(lavozim vazifalari, mehnat jarayoni grafigi, texnologik reglament talablari, majlis va 
kengashlar o‘tkazish reglamenti va b.). 
Shaxslarning o‘zaro bog‘liq guruhlari sifatida boshqaruv xodimlari ishlarini 
tartibga soluvchi o‘zaro bog‘liq majmuasi quyidagi yo‘nalishlarda tarkib topadi: 
• ichki tartib qoidalar; 
• bo‘linmalar to‘g‘risidagi nizom; 
• lavozim yo‘riqnomalari; 
• xodimlar bilan shartnomalar. 
Korxonaga yangi xodimlarni taklif qilish, ularni maxsus uslublar asosida 
saralash, tanlash va ishga rasmiylashtirish kadrlar siyosatining asosiy va muhim 
vazifalardan hisoblanadi. 
Bu murakkab vazifani professonal asosda amalga oshirishni nimadan boshlash 
zarur, degan savol tug‘ilishi tabiiy. 
1. Korxona direktori buyrug‘i bilan korxonaning “Kadrlarni saralash va tanlash 
komissiyasini tuzish” darkor. 
2. Istiqbolda korxonada qancha yangi ish o‘rinlari mavjud bo‘lishi, ushbu ish 
o‘rinlariga qancha va qaysi kasb bo‘yicha mutaxassislarga talabning shakllantirilishi 
baholanishi lozim. 
3. Ommaviy axborot vositalarida tanlov haqida e’lon berish. 
4. Nomzodlar sog‘lig‘i va ishga layoqatliligini tibbiy ko‘rik orqali tekshirish. 
5. Nomzodlarni reyting bo‘yicha kompleks baholash va yakuniy ro‘yxatini 
shakllantirish. 
6. Bo‘sh lavozimga nomzodlarni tanlash bo‘yicha kadrlar komissiyasi 
xulosasini tayyorlash. 
7. Nomzodlarni malakaviy ko‘rsatkichlarga binoan taalluqli lavozimga 


142 
tasdiqlash, shartnoma tuzish. 
8. Nomzodning kadrlar hujjatlarini rasmiylashtirish va kadrlar bo‘limiga 
topshirish. 
Korxonaga ishga kirish va rasmiylashtirish uchun talab etiluvchi namunaviy 
hujjatlar ro‘yxatini e’lon qilib, peshtaxtaga osib qo‘yish. Bular quyidagilar bo‘lishi 
lozim: 
1. Kadrlarni hisobga olish varag‘ini to‘ldirish. 
2. Nomzodning ishga qabul qilish haqidagi shaxsiy arizasi olish. 
3. Mehnat daftarchasining asl nushasi. 
4. Xodim oldingi ishlagan joyidan tavsiyanoma. 
5. Xodim pasportining asl nushasi. 
6. Xodimning ma’lumoti to‘g‘risidagi diplom (guvoxnoma, sertifikat) asl 
nushasi. 
7. Xodim fotosurati. 
8. Tanlangan lavozimda ishlash biznes-rejasi va taklif qilinayotgan istiqbol 
tadbirlari (rahbar uchun). 
YUqorida keltirilgan hujjatlar to‘ldirilib, korxonaga topshirilgach, nomzod 
salohiyat sifatlari kompleks baholanishini o‘tkazish zarur. Baholashning hajmi va 
batafsilligi xodimning toifasiga va ish joyining muhimligiga bog‘liq. 

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin