130
baholash (attestatsiya) vazifalari
4. Xodimlarni o‘qitish
Korxonada ta’lim tizimining asosiy talablari. Turli
toifadagi kadrlarni tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlari
(rahbarlar, mutaxassislar, targ‘ib
qilish uchun kadrlar
zaxirasi, ishchilar va hokazolar)
5. Rag‘batlantirish
tizimi
Mehnatga haq to‘lash sohasida siyosatning asosiy
yo‘nalish va maqsadlari, korxonada qo‘llanuvchi
moddiy
va
ma’naviy rag‘batlantiruvchi turlari (bonuslar,
imtiyozlar, kompensatsiya va hokazolar)
6. Xodimlarning
ijtimoiy himoyasi
Ijtimoiy himoya dasturlarining maqsadlari va prinsiplari
(sog‘liq sug‘urtasi, nafaka, hayotni sug‘urtalash, baxtsiz
hodisalardan himoyalash)
7. Korporativ
madaniyat
Korporativ
madaniyatning
asosini
tashkil
etuvchi
qadriyatlar. Rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari
8. Xodimlar
xizmatining o‘rni
Xodimlar xizmatining
roli va asosiy funksiyalari
(masalan, strategik sheriklikning vazifasi, qo‘llab-
quvvatlash va o‘zgarishlarni boshqarish va hokazolar) va
bu funksiyalar qanday amalga oshirilishi
9. YAkuniy qoidalar
Hujjatning maqomi va tashkilotning barcha xodimlari
uchun unda belgilangan qoidalar majburiyligi
Korxonalar
orasidagi farq, ularni boshqarish uslubi, rivojlanishining turli
bosqichlari,
vazifalar, maqsadlar, strategiyalar, maqom,
ahamiyat, xodimlar
xizmatining ta’siri kadrlar siyosatini shakllantirish metodologiyasi va tartibiga turli
yondaShuvlarga olib keladi. Har bir muayyan korxonada kadrlar siyosatining boshqa
ko‘rinishi mavjud. Korxonalar xilma-xilligi kadrlar siyosatining turli-tumanligiga olib
keladi. Kadrlar siyosatini shakllantirish metodikasini
tanlash va xodimlarning
xizmatidagi o‘rni – boshqaruvchilar tomonidan aniqlanadi.