В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/109
tarix04.08.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#138558
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   109
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta

- funksiyali zaxira.
Bu guruxga kelajakda korxona faoliyatini qo‘llab-
quvvatlashlari umid qilinadigan rahbarlar va mutaxassislar kiritiladi. Ushbu xodimlar 
xizmat pillapoyalaridan yuqoriga ko‘tarilishga yo‘naltirilgan bo‘ladilar. 
2. Lavozimga tayinlash muddati bo‘yicha: 
“A” guruxi
– asosiy zaxira, ya’ni ayni vaqtda yuqori lavozimga ko‘tarilishi 
mumkin bo‘lgan nomzodlar; 


122 
“V” guruxi
– istiqbolli zaxira. Bu guruxga yaqin 1-3 yil ichida rahbarlik 
lavozimiga ko‘tarish mo‘ljallangan nomzodlar kiritiladi.
Istiqbolli zaxira tarkibi 35 yoshgacha bo‘lgan, korxona bo‘linmalarida mehnat 
faoliyati bilan o‘zini ko‘rsatgan, tashkilotchilik qobiliyatiga ega yosh xodimlar 
hisobiga shakllantiriladi. Ular reyting usulida baholashdan foydalanilgan holda 
o‘qitiladi.
Asosiy zaxira tarkibi tegishli tayyorgarlikka va rahbarlik lavozimlarida ishlash 
tajribasiga ega xodimlar hisobiga shakllantiriladi. 
Shu bilan birga potensial va tezkor zaxira ham bo‘ladi. Potensial zaxiraga 
korxonada mavjud barcha lavozimlarga nomzodlar kiradi. Bu tarkibdan yaqin vaqt 
ichida 
bo‘sh qolishi kutilayotgan rahbarlik lavozimlariga tezkor zaxira 
shakllantiriladi.
Zaxirani shakllantirish tamoyillari
quyidagilardan iboratdir: 
Zaxira muximligi tamoyili
lavozimlarni egallashga aniq extiyojni hisobga 
olishni anglatadi. Bu tamoyilga muvofiq zaxira tarkibi Shunday shakllantirilishi 
kerakki, unga kiritilgan xodimlar amalda lavozimda o‘sish imkoniyatiga ega 
bo‘lishlari kerak. 
Nomzodning lavozim va zaxira turiga muvofiqligi tamoyili
nomzodning 
muayyan lavozimda faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur sifatlari va malakalarini, bu 
lavozimga qo‘yilgan talablarni hisobga olish demakdir. 
Nomzodning istiqbolligi tamoyili.
Bu tamoyilga muvofiq quyidagilar hisobga 
olinishi kerak: 
-
kasbiy o‘sishga yo‘naltirish; 
-
ma’lumot darajasiga bo‘lgan talab; 
-
yoshga bo‘lgan talab; 
-
lavozimdagi ish staji hamda umuman karerasi dinamikasi; 
-
salomatligining ahvoli. 
Har bir korxona va tashkilot (u katta yoki kichkinaligidan qat’i nazar)da kadrlar 


123 
zaxirasi bo‘lishi lozim. Odatda yirik kompaniya va firmalarda zaxira tarkibi o‘z 
xodimlari hisobiga shakllantirilishini nazarda tutgan holda asosiy e’tibor bo‘linma 
rahbarlarini vertikal bo‘yicha rotatsiya qilishga, korxona hizmatlari rahbar va 
mutaxassislarni esa gorizontal siljitishga berilishi muvofiqdir.
Zahira tarkibi va miqdori korxonadagi lavozimlar darajasi, personal 
qo‘nimsizligi, rivojlantirish rejalariga qarab ilgaridan belgilab qo‘yiladi. Shunga 
muvofiq turli lavozimlar uchun zaxira koeffitsienti belgilanadi. Bu koeffitsient 1 dan 
3 gacha bo‘lishi mumkin. YA’ni bu bir lavozim uchun bittadan uchtagacha nomzod 
zaxiraga kiritilishi mumkinligini anglatadi.
Zaxirani tayyorlash muddati tugagach hamda kasbiy tayyorgarlik bo‘yicha 
shaxsiy reja bajarilgandan so‘ng zaxira tayyorgarligi baholanadi (1-jadval). 
Zaxiraning shaxsiy tarkibi muntazam ravishda (odatda har 6 oyda) personalni 
boshqarish xizmati tomonidan ko‘rib chiqilishi, zarurat bo‘lsa bu tarkibga 
xodimlarning shaxsiy muvaffaqiyatlari (attestatsiya natijalariga ko‘ra), rahbarlik 
lavozimiga extiyojlar hamda kadrlarni joy-joyiga qo‘yishdagi o‘zgarishlar hisobga 
olingan holda aniqlik kiritilishi darkor. 
Nomzodning kadrlar zaxirasiga kiritilishi unga rahbarlik lavozimi berilishi 
kafolati hisoblanmaydi. Biroq bo‘sh rahbarlik lavozimiga nomzodlar birinchi 
navbatda zaxira tarkibidan tayinlanishi qoidaga aylanishi kerak. Zaxiradagi nomzodni 
bo‘sh lavozimga tayinlashdan voz kechilishi asoslab berilishi darkor.


124 

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin