В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/109
tarix04.08.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#138558
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   109
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta

Kadrlar 
zaxzir
asi bil
an ish oli
b bor
ish
 
Bo‘linmalarda nazoratni amalga oshirish 
Kadrlar tayyorlash bo‘limlarida nazoratni amalga oshirish 
Korxona rahbarining personal bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan nazorat 
Kadrlar zaxirasini tayyorlashning borishini muntazam ravishda korxona rahbari 
xuzurida ko‘rib chiqish
Rahbar kadrlarga ehtiyojni 
aniqlash 
Ishchi kadrlar zaxirasini 
tayyorlash ustidan nazorat 
Tashkiliy-me’yoriy hujjatlarni o`rganish 
Rahbarlik lavozimlari yangi ro`yxatini tuzish 
Kadrlar tarkibi va ularning joy-joyiga qo`yilishi tahlili 
Rahbarlik lavozimlari miqdorini aniqlash tahlili 
Rahbar kadrlar zaxirasining 
lavozimga tayinlash uchun 
tayyorlash 
Bo‘linmada har bir lavozim bo‘yicha kadrlar zaxirasining tayyorligi darajasini 
aniqlash va kadrlar bo‘limiga takliflar kiritish 
Taqdim etilgan takliflarni kadrlar bo‘limi va kadrlarni tayyorlash bo‘limida taxlil 
etish hamda korxona rahbarining personal bo‘yicha o‘rinbosari xuzurida ko‘rib 
chiqish uchun xujjatlarni tayyorlash 
Taqdim etilgan xujjatlarni korxona rahbarining personal bo‘yicha o‘rinbosari 
xuzurida ko‘rib chiqish va ular yuzasidan xulosalar tayyorlash 
Xulosalarni korxona rahbari tomonidan ko‘rib chiqish va lavozimga tayyorlash 
to‘g‘risida qaror qabul qilish


126 
1.
Nomzodlarni rivojlantirish. 
Bu rejalantirilgan tadbirlar – nazariy va 
amaliy (boshqaruv) bilimlarni, ko‘nikmalarni takomillashtirish aniq vazifalarini 
bajarishdir. Ularga quyidagilar kiradi: 
-
mashq (trening) larda ishtirok etish; 
-
malaka oshirish kurslarida o‘qish; 
-
seminar, konferensiya va kongresslarda ishtirok etish
-
stajirovkalar (o‘quv markazlari, ishlab chiqarishni boshqarishning ilg‘or 
texnologiyalari joriy etilgan korxonalar, Shu jumladan chet el kompaniya va 
firmalarida); 
-
tavsiya etilayotgan lavozimda (asosiy rahbar yo‘q vaqtida) stajirovka; 
-
xizmat vazifalari rotatsiyasi
-
mehnat faoliyatining gorizontal kengayishi (o‘zaro bog‘liq, doirasi 
kengaytirilgan vazifalarni bir darajada bajarish); 
-
mehnat faoliyatining vertikal kengaytirilishi (xizmat vazifalariga egallab 
turgan lavozimidan yuqori darajadagi mansablarda ko‘zda tutilgan vazifalarni ham 
kiritish); 
-
ishlab chiqarish ayrim amaliy masalalarini, korxona va uning bo‘linmalari 
faoliyati tajribasini, yuzaga chiqqan muammolar kelib chiqishi sabablarini 
o‘rganishga hamda bular xususida asoslangan xulosa va tavsiyalar tayyorlashga jalb 
etish; 
-
o‘z korxonasi hamda boshqa kompaniya va firmalar ishlab chiqarish 
o‘quvlarida o‘qituvchi sifatida ishtirok etish; 
Zaxirani shakllantirish umuman korxonada hamda uning bo‘linmalarida 
rahbarlik lavozimlarini egallash uchun maxsus tanlab olingan nomzodlarni aniq 
maqsadni ko‘zlagan holda rivojlantirishdir. (1-rasm). 
Zaxirani shakllantirish yuzasidan ishlarni tashkil etish uchun eng avvalo 
quyidagilar hisobga olinishi talab etiladi: 
-
zaxirani shakllantirish maqsadlarini aniqlash; 


127 
-
zaxirani shakllantirish tamoyillarini belgilash; 
-
zaxiraga kiritish mezonlarini belgilash; 
-
zaxira lavozimda ko‘tarilishi uchun tayyorligini baholash tizimini ishlab 
chiqish; 
-
zaxirani shakllantirish va undan foydalanish usullarini belgilash
- personalni boshqarish xizmatining kadrlar zaxirasi bilan ish olib borish 
yuzasidan vazifalari. 
Zaxirani shakllantirish usuli odatda kompaniya yoki firmaning kadrlar zaxirasi 
to‘g‘risidagi nizomida aks ettiriladi. Personal ushbu xujjatdan yaxshi xabardor 
bo‘lishi darkor, chunki xodimlarni zaxiraga kiritish ular uchun katta qiziqtirish 
kuchiga ega. 
Zaxirani shakllantirish quyidagi bosqichlardan iboratdir: 
-
zaxiraga kiritishga mo‘ljallangan nomzodlarni dastlabki o‘rganish va 
baholash; 
-
zaxira tarkibiga nomzodlarni saralash
-
zaxira tarkibiga kiritish; 
-
zaxirani tayyorlashni tashkil etish; 
-
zaxira tayyorlashni baholash. 
Zaxiraga kiritish uchun nomzodlarni shakllantirishda ikkita ro‘yxat tuziladi: 
-
kadrlar zaxirasiga kiritish uchun nomzodlarning umumiy ro‘yxati; 
-
aniq lavozimlarni egallash uchun nomzodlarning umumiy ro‘yxati. 
Umumiy ro‘yxatga kiritilishi mo‘ljallangan nomzodlardan qaysilarini o‘qitish 
darkorligi, nomzod shaxsiy xususiyatlarini hamda kelajakda undan rahbarlik 
lavozimida foydalanishni hisobga olgan holda uni tayyorgarlikdan o‘tkazishning 
qaysi shaklini tanlashga aniqlik kiritish lozim. 
Aniq lavozimga zaxiraga kiritilishi mo‘ljallangan nomzodlarni shakllantirishda 
esa eng avvalo bu nomzodlarni baholash kerak. Baholash jarayonida nomzodning 
kelajakda egallashi mo‘ljallanayotgan lavozim talablariga naqadar muvofiqligi 


128 
aniqlanadi.
Mehnat jamoasiga rahbarlik uchun chetdan jalb etilgan xodimni yangi vazifaga 
ko‘niktirish yanada murakkabroqdir. CHunki ular nafaqat o‘zi rahbarlik qiladigan 
jamoa bilan, balki korxona, uning tuzilishi, an’analari, o‘ziga xos xususiyatlari va 
hokazolar bilan mutlaqo notanish bo‘ladilar. Shuning uchun personalni boshqarish 
xizmatlarining zaxirani tayyorlash dasturi doirasida yangi lavozimga ko‘niktirish 
maxsus dasturlarini ham ishlab chiqishlari talab etiladi.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin