В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov


 Kadrlar siyosati va korxona strategiyasining o‘zaro aloqasi



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/109
tarix04.08.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#138558
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   109
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta

 
1.4. Kadrlar siyosati va korxona strategiyasining o‘zaro aloqasi
 
Ko‘pchilik rahbar xodimlar kadrlar siyosati tushunchasini zamonaviy kadrlar
strategiya tushunchasi bilan adashtiradilar. U strategik menejjmentni rivojlantirish 
bilan bog‘liq maxsus adabiyotga kiritilgan. Qadim zamonlarda strategiya deganda 
jangda qo‘mondonning xulq-atvori san’ati, harbiy amaliyotlar maqsadlarini aniq 
belgilash qobiliyati, kuchlarni eng muhim yo‘nalishlarga kerak holatda kerakli 
miqdorda tarqatishi deb tushunilgan. 
Hozirgi O‘zbekistonning innovatsion iqtisodiyotga o‘tish davrida kadrlar 
strategiyasi deganda istiqbolli maqsadlar, tashqi muhit, Shuningdek vositalar, usullar, 
qarorlar va mavjud mehnat resurslarini hisobga olgan holda personalni boshqarish 
vazifalarini belgilash tushuniladi. Yuqorida qayd etilganlar yordamida faoliyat eng 
yaxshi tarzda amalga oshiriladi, aniq belgilangan maqsadlarga erishiladi va vazifalar 
hal etiladi, korxonaning iqtisodiyotdagi raqobatbardoshligi qo‘llab-quvvatlanadi. 
Kadrlar siyosatining yuqorida ko‘rsatilgan ta’rifidan umuman olganda farq 
qilmaganligi strategiyaning bunday tushunilishi to‘g‘ri hisoblanadi. 
“Kadrlar siyosati” va “kadrlar strategiyasi” tushunchalarini ajratish, ehtimol, 
nazariy jihatdan ko‘proq ahamiyatga ega. Ular o‘zaro chambarchas bog‘langan. 
Amaliyotchilarga qaysi atama qo‘llanilganligi muhim emas, avvalo ularni qanday 


27 
mazmun qo‘yilganligi va muayyan korxonaning personalini boshqarishda qanday 
amalga oshirilishi mumkinligi qiziqtiradi. 
Kadrlar strategiyalari, fikrimizcha, rejalar, resurslar, vositalar birligidir, ular 
yordamida tashkilotning mavjudligi, korxona rivojlanishining muayyan bosqichida 
kadrlar siyosati talablaridan kelib chiquvchi personalni boshqarishning aniq 
maqsadlarga muvofiqligidir. 
Strategiyalar korxonaning iqtiqbol maqsadlariga erishishga qaratilgandir, ammo 
yanada tor va ishchanroq rejaga qaratilgan kadrlar siyosatida amalga oshirishga va 
barcha joriy maqsadlarni haqiqiy mujassamlantirishga qaratilganligi bilan ajralib 
turadi.
Kadrlar siyosati zimmasiga yuklangan vazifalarni hal qiluvchi kadrlar 
strategiyasi turli xil bo‘lishi mumkin, masalan: 

kadrlarni yoshartirish strategiyasi; 

kadrlarni saralash va tanlashga ketuvchi xarajatlarni kamaytirish 
strategiyasi; 

kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlanishtirish va ularning bilim darajalarini 
oshirib borish strategiyasi; 

rahbar xodimlarning zaxirasini yaratish strategiyasi; 

har bir xodimning ish faoliyatini ob’ektiv baholash strategiyasi; 

personalni samarali boshqarish uchun tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari 
mas’uliyatini oshirish strategiyasi; 

yuqori samara bilan ishlovchi jamoalarni yaratish strategiyasi; 

boshqa 
xodimlarga 
namuna 
bo‘luvchi “etuk professional” – 
mutaxassislarni etishtirish strategiyasi; 

mavjud personalni qisqartirish va personal o‘zaro almashinuvi strategiyasi; 

rahbar va mutaxassislarning vakolatlarini ularning ish natijalariga 
javobgarligini oshirish bilan birga kengaytirish strategiyasi. 
Kadrlar strategiyasini tanlashda turli omillar ta’sir ko‘rsatadi: 


28 

korxonaning joriy rivojlanish bosqichidagi maqsad va vazifalari; 

kadrlar masalasi bo‘yicha ichki tashkiliy muammolar; 

mehnat bozoridagi bosim vaziyati; 

kadrlar sohasidagi raqobat tendensiyalari; 

korxonaning boshqaruv va moliyaviy imkoniyatlari va hokazo.
Kadrlar strategiyalari kadrlar siyosati singari turli davrlar hususiyatlaridan kelib 
chiqqan holda qaytadan ishlab chiqilishi mumkin va odatda, o‘rta va uzoq 
muddatlarga mo‘ljallanib qabul qilinadi. Ularning amal qilish muddatini tanlash 
ko‘pgina omillar: korxonaning rivojlanish bosqichlari, bozor sharoitidagi o‘zgarib 
turuvchi tashkiliy maqsadlari, boshqa ichki va tashqi omillarga bog‘liq. 

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin