105
Odatda xorijiy kompaniyalarda quyidagi baholash tizim va usullari qo‘llaniladi:
- xodimlarni muntazam yillik sertifikatlash;
- ishlash uslub va miqdorlarini baholash;
- har bir xodimni belgilangan maqsadlarga erishish natijasi bo‘yicha baholash.
Baholash vositalari orasida: psixologik testlardan o‘tish, grafikalar,
hayot
senariysi variantlari, maxsus ishlab chiqilgan anketalarga javob berish.
Har bir xodimning ishini baholash odatda yiliga bir marta amalga oshiriladi.
Baholash natijalari xodim va rahbarlar tomonidan muhokama qilinadi va har ikki
tomon ham imzolaydi. Ular ishdagi kamchiliklar ro‘yxatini muhokama qiladilar va
ularni bartaraf etish yo‘llarini topadilar. Zarur bo‘lganda
xodim bilan mehnat
shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida ogohlantiradi yoki davom ettiriladigan bo‘lsa,
ishini takomillashtirishi yuzasidan topshiriqlar beradi.
Baholash usuli xorijiy kompaniyalarning kadrlar siyosati va kadrlar
boshqaruvini takomillashtirishda muhim vosita hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: