66
II BOB. KORXONADA KADRLAR SIYOSATINI SHAKLLANTIRISH
BOSQICHLARI VA YO‘LLARI
2.1.
Kadrlar siyosatini shakllantirish bosqichlari
Jahonning rivojlangan mamlakatlari korxonalarida
kadrlar siyosatini ishlab
chiqish bo‘yicha umumiy belgilangan standartlar mavjud emas. Ammo bu
yo‘nalishda barcha korxonalarning o‘ziga yarasha mavjud hususiyatlarini hisobga
olgan holda, har bir mehnat jamoasining faqat o‘ziga xos odat va ko‘p yillardan beri
mavjud an’analarga asoslangan va amalda ko‘p marotaba sinalgan kadrlar siyosati
amaliyoti mavjud. Har bir korxona, tashkilot va kompaniya
kadrlar siyosatini
shakllantirishni bevosita o‘zi ishlab chiqadi.
Korxonaning kadrlar siyosati uzoq yillar davomida kadrlar bilan samarali
ishlashni taqozo etadi va uni doimiy tarzda takomillashtirishga qaratilgan. Korxona
amaliyotidagi kadrlar siyosatining samaradorligi mehnat jamoasining rivojlanishi,
tashkilotni boshqarish izchilligi, an’analari va mentalitetini
saqlab borish va Shu
asosda ishlab chiqarish jarayonida mehnatni to‘g‘ri tashkil qilish va uning
unumdorligini oshirib borish imkonini beradi.
Kadrlar siyosati mulkdorlar, yuqori bo‘g‘in boshqaruv menejerlari va
korxonaning kadrlar xizmati tomonidan ishlab chiqiladi. Kadrlar siyosatiga umumiy
rahbarlikni korxona rahbari amalga oshiradi. Kadrlar siyosati korxonaning o‘rta
bo‘g‘in va funksional bo‘linmalari rahbarlari hamda kadrlar xizmati tomonidan ijro
etiladi.
Tizimli kadrlar siyosati, odatda, yirik va o‘rta korxonalarda ishlab chiqiladi.
Kichik biznes va hususiy tadbirkorlik sohasi korxonalarida
ham ishlab chiqilgan
kadrlar siyosati xodimlarning tashkiliy-mehnat va jamoaviy madaniyat darajasi
rivojlanishiga bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Korxonaning kadrlar
siyosati jamoada
ijtimoiy
mehnat
munosabatlari
rivojlanishining asosiy strategik yo‘nalishlarini hisobga olgan holda shakllanadi. U
67
o‘zgaruvchan va xavf-xatarlari bilan murakkab bo‘lgan bozor iqtisodiyoti sharoitida
realistik,
tez moslaShuvchan, yuqori malakali kadrlarni jalb qilishga yo‘naltirilgan,
ijtimoiy-iqtisodiy hayotning o‘zgaruvchan sharoitlariga moslashadigan bo‘lishi kerak.
Kadrlar siyosatining asosiy maqsadi korxonada samarali mehnat faoliyati va
innovatsion rivojlanish uchun personalni boshqarish tizimini maqbullashtiradi.Unga
erishish uchun quyidagi asosiy vazifalar o‘z vaqtida hal qilinishi kerak:
- kadrlar uchun zamonaviy innovatsiya tamoyillariga asoslangan talablar tizimini
shakllantirish;
- turli darajadagi kasb-malakaga ega kadrlarga mehnat bozoridagi talabni
maksimal darajada ishonchli prognozlashtirish va o‘z vaqtida mavjud bo‘sh va
yaratiladigan ish o‘rinlarini to‘ldirishga erishish;
- korxonadagi kadrlar tarkibini rivojlantirish ustunliklarini aniqlash;
- kadrlarni saralash, tanlab olish, ishga rasmiylashtirish
hamda ularning
mehnatini baholash shakllari va usullarini takomillashtirish;
- xodimlarni rag‘batlantirish, rivojlantirish, kasbiy-mansabli ko‘tarilish
samaradorligini oshirib borish;
- rahbar bo‘g‘inlardagi kadrlar zaxirasi bilan ishlashni takomillashtirish;
- kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimining
faoliyatini takomillashtirib borish;
- kadrlar siyosatini amalga oshirishga qodir o‘ta samarali kadrlar xizmatini barpo
etish.
Tashkilotning kadrlar siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
- qonuniylik;
-
ilmiy asoslanganlik;
- tartiblik;
- boshqaruv jarayonini innovatsion tarzda olib borish;
- kompleks yondoshuvchanlik;
- moslashuvchanlik;
68
- iqtisodiy asoslilik;
-
izchillik
- shijoatlilik.
Bundan keyin kadrlar siyosatining ustunliklari belgilanadi.
Kadrlar siyosatining ustunliklarini shakllantirishga ichki va tashqi omillar ta’sir
etadi.
Dostları ilə paylaş: