56
zaxiraga olingan shaxslarning mehnat faoliyati natijalarini tahlil qilib boradi va
baholaydi;
zaxiradagi shaxslarni o‘qitish, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, stajyorlikni
tashkil qilish va hokazo professional rivojlanish shakllari, tashkiliy tadbirlarni amalga
oshiradi;
zaxira bilan ishlash bo‘yicha korxonaning barcha bo‘linmalar rahbarlari kadrlar
xizmatiga tashkiliy-metodik yordam ko‘rsatadi;
zaxirada bo‘lgan shaxslarni tayyorlash jarayonini va
natijalarini aks ettiruvchi
hujjatlarni yuritish, rasmiylashtirish, hisobga
olishni amalga oshiradi, tegishli
ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va olib boradi;
zaxira bilan ishlash tashkiliy samaradorligini oshirishga qaratilgan ijtimoiy,
ruhiy va boshqa tadqiqotlarni tashkil etadi hamda ularning o‘tkazilishida
bevosita
ishtirok etadi;
zaxira bilan ishlashni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
zarur hollarda direktorning zaxira ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi qarorini
xodimlarga ma’lum qiladi;
zaxira bilan ishlash bo‘yicha boshqa rahbarlik qiluvchi hujjatlarda ko‘zda
tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
2.4.
Korxona tarkibiy bo‘linmasining rahbari:
kadrlar zaxirasiga bo‘lajak nomzodlarni tanlab olishda bevosita ishtirok etadi;
o‘z bo‘linmasida zaxira bilan ishlashni tashkil etish va uning tayyorgarligiga
javob beradi;
zaxiradagilarni kasbiy rivojlantirish (mustaqil o‘qish) bo‘yicha shaxsiy rejalarni
tuzishda ishtirok etadi;
tarkibiy bo‘linmada zaxiradagilarning stajyorlik faoliyatini tashkil yetib, nazorat
qilib boradi.
Dostları ilə paylaş: