TASDIQLAYMAN
Korxona direktori
Imzo_______
Sana___________
1.7. Korxonada rahbar kadrlar zaxirasi bilan ishlash to‘g‘risidagi nizom
1.
Umumiy qoidalar
1.1.
Rahbar kadrlar zahrasini shakllantirish va u bilan muntazam ishlashni
tashkil etish korxona kadrlar siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.
1.2.
Zaxirani shakllantirishning asosiy maqsadi boshqaruv ishlari uchun va Shu
asosda korxonani boshqarish tizimining izchilligi, uzluksizligi, boshqaruv
samaradorligini oshirish, Shuningdek uning barqaror rivojlanishi uchun tayyorlangan
xodimlar guruhini shakllantirishdan iborat.
54
Zaxirani yaratish maqsadlari quyidagilardan iborat:
xodimni yangi lavozimga moslashtirish muddatini ixchamlashtirish;
xodimlarda korxona va uning jamoa a’zolariga nisbatan sadoqat tuyg‘ularini
shakllantirish va mustahkamlash;
avlodlar
o‘rtasidagi
munosabatlarda
nizolarsiz,
bosqichma-bosqich
o‘zgarishlarni amalga oshirib borish, natijada korxonadagi an’analar, urf-odatlar,
innovatsion texnologiyalarga intilish va jamoa madaniyatini saqlab qolish.
1.3.
Zaxira bilan ishlashning asosiy tamoyillari quyidagilardan tashkil topadi:
yuksak professional daraja, ishchanlik harakatlari, shaxsiy fazilatlar va yoshiga
doir zaxira tarkibidagi nomzodlarga ko‘rsatilgan talablarga mosligi;
zaxira tarkibidagi nomzodlarning zamonaviy sharoitlarda boshqaruv faoliyatiga
tayyorgarligi, kasbiy, ishchan, shaxsiy fazilatlarni atroflicha o‘rganish va
baholashning xolisonaligi;
nomzodlarni zaxira tarkibiga kiritishda kollegiallik va oshkoralik, mehnat
jamoasining fikrini hisobga olish;
ishning uzluksizligi va zaxira bilan ishlash jarayonini nazorat qilishning
muntazamligi;
zaxiradagilarni faol holatga keltirish;
real va qobiliyatli zaxirani tayyorlash uchun rahbar va uning o‘rinbosarlari
mas’uliyatliligi;
turli sabablarga, Shu jumladan, jinsi, millati, dini, oilaviy sharoitiga ko‘ra
zaxiradagilarni kamsitishga yo‘l qo‘yilmaslik.
1.4.
Korxonada rahbar kadrlar zaxirasi bilan ishlash to‘g‘risidagi nizom rahbar
kadrlar zaxirasi bilan ishlashning o‘ziga xos asosiy tarkibiy elementlari, tartibi va
izchilligini belgilaydi.
1.5. Rahbar kadrlar zaxirasi o‘z kasbiy darajasi, ishchanligi va shaxsiy fazilatlari
bilan eng yuqori darajali vakant rahbarlik lavozimlarini egallashga qodir, maxsus
shakllangan va tayyorlangan xodimlar guruhidir.
|