В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov


Tajribadan misol. Birinchi voqea



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/109
tarix04.08.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#138558
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   109
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta

 
Tajribadan misol. Birinchi voqea 
Aholi uchun keng iste’mol mollarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 


50 
mas’uliyati cheklangan jamiyati mahsulot assortimentini doimo kengaytirgan holda 
faoliyat yuritib kelmoqda. Korxonaning rivojlanish imiji, maosh miqdorining oshib 
borishi sezilarli darajada, ammo kadrlar qo‘nimsizligi so‘nggi paytlarda ko‘paydi, 
quyi va o‘rta bo‘g‘in menejerlari xodimlarning katta qismini tashkil etadi. Korxona 
rahbariyatini bu muammo xavotirga solmoqda, chunki menejerlarning tez-tez o‘zgarib 
turishi oddiy personalning ish sifatiga salbiy ta’sir eta boshladi.
Top-menejerlar rahbar kadrlar zaxirasi bilan ishlash muammosi bo‘yicha
maxsus yig‘ilishda to‘plandilar.
Muammolar bo‘yicha menejerlarga berilgan savollar quyidagicha: 
Korxonaning rahbar xodimlarida mavjud asosiy muammolar nimalardan 
iborat?
Sizning fikringizcha, rahbar kadrlar zaxirasi o‘zi nima? 
Rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish korxona kadrlar siyosatining ustuvor 
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadimi? 
Rahbar kadrlar zaxirasini yaratish maqsadlari qanday? Zaxira bilan ishlashning 
eng muhim prinsiplari nimalardan iborat? 
Korxonaning maqsad va strategiyalari, tashqi va ichki muhitidan kelib chiqib, 
birinchi navbatda qaysi lavozimlarga zaxira tayyorlash kerak? 
Zaxira bilan ishlash va uni tashkil etish hamda tezkor ishlashi uchun
javobgarlikni kimning zimmasiga yuklash kerak? 
Zaxiraning tuzilishi qanday bo‘lishi kerak va uning asosida nima bo‘ladi?
Muayyan lavozimlarga zaxirani shakllantirish manbalari qanday? 
Zaxira qanday lavozimlar uchun shakllanishi mumkin? 
Rahbarlik lavozimlariga qancha zaxira xodim tayyorlanishi kerak?
Zaxiraga nomzodlar bo‘yicha takliflarni kim kiritishi mumkin? 
Turli boshqaruv darajalarida yuqori lavozimlarga da’vogar bo‘lishi uchun 
xodimlar qanday fazilatlarga ega bo‘lishlari lozim? 


51 
Zaxira qanday shakllanishi kerak, uni shakllashtirishning asosiy bosqichlari 
nimalardan iborat?
Zaxiradagi shaxs qanday huquqlarga ega bo‘lishi kerak? 
Zaxiradagilarning rejalashtirilgan lavozimini egallashga tayyorgarlik darajasini 
qanday aniqlash mumkin? 
Zaxirani tayyorlashning asosiy shakllari qanday? 
Nomzod xodim zaxira tarkibida qancha vaqtgacha bo‘lishi mumkin?
Rahbar kadrlar zaxirasi bilan ishlash kim nazorat qiladi? 
Rahbar kadrlar zaxirasi bilan ishlash tartibi va izchilligini qaysi hujjatlarda 
belgilash kerak? Ular kerakmi o‘zi? 
Bundan keyin, korxonaning kadrlar bo‘limi rahbar kadrlar zaxirasiga 
bag‘ishlangan kadrlar siyosati to‘g‘risidagi hujjat bilan tanishib, muhokamaga 
tayyorlandi. Uni quyida keltiramiz. 
“Rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish” kadrlar siyosatining ustuvor yo‘nalishi 
hisoblanadi. Zaxirani shakllantirishning asosiy maqsadi boshqaruv ishlari uchun va Shu 
asosda korxonani boshqarishning izchilligi, uzluksizligi, samaradorligini belgilash, 
Shuningdek, uning barqaror rivojlanishi uchun tayyorlangan xodimlar guruhini 
shakllantirishdan iborat. Rahbar kadrlar zaxirasi o‘z professional, ishchanlik va shaxsiy 
fazilatlari bilan eng yuqori darajali bo‘sh rahbarlik lavozimlarini egallashga qodir, maxsus 
shakllangan va tayyorlangan xodimlar guruhidir. 
Zaxirani tuzish maqsadi quyidagilardan iborat: xodimni yangi lavozimga 
moslashtirish muddatini ixchamlashtirish; korxona xodimlari orasida sadoqat 
tuyg‘ularini shakllantirish; avlodlar o‘rtasida ziddiyatning asta-sekin o‘zgarishi, 
buning natijasida korxonadagi ishlab chiqarish texnologiyalari va madaniyatni 
saqlash imkoni bo‘ladi. Korxonaning strategiyasi ichki kadrlar hisobiga rahbar kadrlar 
zaxirasini tayyorlashga qaratilgan. 
Korxonaning rahbari zaxira bilan ishlash uchun shaxsiy javobgarlikni o‘z 
zimmasiga oladi, zaxira bilan ishlashni tashkil etish rahbarning o‘rinbosarlaridan 


52 
biriga topshiriladi. 
Aniq lavozim yoki ba’zi lavozim guruhlariga zaxirani shakllantirish manbalarini 
korxona rahbari (uning o‘rinbosarlari), tarkibiy bo‘linma boshliqlari, Shu jumladan, 
kadrlar xizmati boshlig‘i belgilaydi. Korxonadagi zaxira mutaxassis va rahbarlar 
sonidan, Shuningdek boshqa korxonalardagi boshqaruv xodimlarining quyi, o‘rta va 
yuqori bo‘g‘in lavozimlari hisobidan shakllanadi. 
Xodimlarning lavozim o‘sishi istiqbollariga qarab zaxira tezkor va strategik 
mo‘ljallarga bo‘linishi mumkin. Tezkor zaxirada rivojlanish salohiyati kamroq 
bo‘lgan va lavozim o‘sishi cheklangan xodimlar shakllantiriladi. Strategik mo‘ljalga
esa istiqbolda rivojlanish salohiyatiga ega bo‘lgan zaxiradagi xodimlar kiradi. 
Zaxira tarkibi, rejalashtirilgan lavozimni egallashga tayyorgarlik darajasiga 
ko‘ra, shartli ravishda uch turga bo‘linishi mumkin: tayyor mutaxassis, istiqbolli 
mutaxassis 
va 
maxsus 
lavozimlar 
uchun 
mutaxassis. 
Kadrlar 
xizmati 
zaxiradagilarning keyingi ta’lim tizimini ishlab chiqadi. 
Korxonada zaxiradagilardan doimiy rivojlanishga qaratilgan yuqori darajali 
manfaatini saqlab qolish uchun muayyan choralar ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim. 
Xodimlar faol zaxira tarkibidan, odatda,chiqarilmaydi, balki muayyan 
lavozimga faol zaxira bo‘lish muddati ishchan, maqsadga muvofiqligi, unga kiritilgan 
shaxslarni mansab pog‘onalaridan ko‘tarish va ma’lum yoshga erishish istiqbollari 
bilan belgilanadi. 
Zaxiradan qat’iy chiqarish harakatlari uchun asoslar quyidagicha:

zaxirada bo‘lgan shaxsni intizomiy, ma’muriy va axloqiy javobgarlikka tortish;

attestatsiya komissiyasining xodim egallab turgan lavozimiga mos emasligi 
to‘g‘risidagi xulosasi;

egallab turgan lavozim bo‘yicha ishining qoniqarsiz natijalari;

ishdan bo‘shatish, mansabli (xizmat) ishga o‘tish va zaxirada qolish imkonini 
bermaydigan boshqa holatlar. 
Xodimni zaxira tarkibidan chiqarish to‘g‘risidagi qaror korxona rahbari yoki 


53 
uning oliy kollegial organi – ishlab chiqarish va texnologik kengash, kengash, 
pedagogik kengash va h. (ko‘pchilik ovozi bilan) tomonidan qabul qilinadi.
Zaxira bilan ishlashni nazorat qilish doimiy ravishda amalga oshiriladi va
korxonaning kollegial organi yig‘ilishida korxona rahbarining o‘rinbosari, kadrlar 
xizmati rahbari, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari tomonidan tayyorlangan hisobotlarni 
tinglash yoki zaxira bilan ishlash to‘g‘risidagi analitik xatlar shaklida har yili 
jamoaga e’lon qilib boriladi». 
Korxonaning kadrlar siyosati to‘g‘risidagi hujjatda rahbar kadrlar zaxirasini 
shakllantirish to‘g‘risida bo‘limiga asosan kadrlar xizmati zaxira bilan ishlash 
to‘g‘risida alohida nizomni tayyorlaydi.
(Hujjatdan parchalar keltiramiz.) 

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin